Nizom
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari
NIZOMI
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining (keyingi o‘rinlarda-Mehnat vazirligi deb yuritiladi) Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari (keyingi o‘rinlarda-Respublika kurslari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat xuquqlarini himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3913-son Qarori bilan tashkil etilgan.
2. Respublika kurslari Mehnat vazirligi tizimidagi mehnat organlari, vazirlik va xokimliklarni rahbar va mutaxassislarini mehnat iqtisodi, mehnat munosabatlari va mehnat huquqi masalalari bo‘yicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning xududlardagi bo‘limlari rahbar va xodimlarini, davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarini, davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha tashkilotlardagi kadrlar bilan ishlash bo‘limi rahbar va mutaxassislarini va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha mutasaddi rahbar va mutaxassislarni malakasini oshirishini va qayta tayyorlashni ta'minlovchi davlat muassasasi hisoblanadi.
3. Respublika kurslari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda Mehnat vazirligining buyruqlari, yo‘riqnomalari, ko‘rsatmalari hamda ushbu Nizomga asosan amalga oshiradi.
4. Respublika kurslari Mehnat vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil tuzilmasi bo‘lib, o‘z balansiga, Moliya vazirligi G‘aznachiligida va tijorat banklarida ochilgan hisob raqamlariga, halqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida o‘zining valyuta hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhriga hamda o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa belgilar va rekvizitlarga ega bo‘ladi.
5. Respublika kurslarining ta'sischisi Mehnat vazirligi hisoblanadi. Respublika kurslarining bino va moddiy boyliklarini, pullik xizmatlardan tushadigan moliyaviy daromad va sof foydani Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda taqsimotini amalga oshirish huquqiga ega.
6. Respublika kurslarining nomi:
davlat tilida – Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari;
ingliz tilida – Republican courses for advanced training of the employees of labor authorities;
rus tilida – Respublikanskie kursы povыsheniya kvalifikatsii rabotnikov organov po trudu.
7. Respublika kurslarining manzili – Toshkent shahar, Sergeli tumani, Lutfikor ko‘chasi, 33-uy.
II. Respublika kurslarining maqsadi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
8. Mehnat vazirligi tizimidagi mehnat organlari, vazirlik va xokimliklarni rahbar va mutaxassislarini mehnat iqtisodi, mehnat munosabatlari va mehnat huquqi masalalari bo‘yicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning xududlardagi bo‘limlari rahbar va xodimlarini, davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarini, davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha tashkilotlardagi kadrlar bilan ishlash bo‘limi rahbar va mutaxassislarini va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha mutasaddi rahbar va mutaxassislarni malakasini oshirishini va qayta tayyorlashni ta'minlash Respublika kurslarining asosiy maqsadi hisoblanadi.
9. Quyidagilar Respublika kurslarining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda mehnat organlari rahbar va xodimlarini malakasini oshiradi;
hududiy bandlik boshqarmalari va Aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlariga ishga qabul qilingan yangi xodimlar Respublika kurslari negizida bir haftalik davomiyligi 36 soatdan kam bo‘lmagan kurslardan, Davlat mehnat inspeksiyasiga ishga qabul qilingan yangi xodimlar ikki haftalik davomiyligi 72 soatdan kam bo‘lmagan malaka oshirish kurslari kunduzgi o‘qish shaklida, ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.
Mehnat vazirligi tizimidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning xududlardagi bo‘limlari rahbar va xodimlarini;
davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarini malakasini oshiradi;
davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha tashkilotlardagi kadrlar bilan ishlash bo‘limi rahbar va mutaxassislarini shartnoma asosida pullik malaka oshirish va qayta tayerlash kurslarini tashkil qiladi;
davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha mutasaddi rahbar va mutaxassislarni shartnoma asosida pullik malaka oshirish va qayta tayerlash kurslarini tashkil qilishni ta'minlovchi davlat muassasasi hisoblanadi.
xorijiy tillarga o‘qitish va axborot resurs markazini tashkil qiladi;
mehnat organlari xodimlarini malakasini oshirish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar ta'lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
III. Respublika kurslarining huquqlari
10. Respublika kurslarining o‘z maqsadi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish maqsadida Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda quyidagi huquqlarga ega:
- mehnat organi rahbar va xodimlarining, Mehnat vazirligi tizimidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning hududlardagi bo‘limlari raxbar va xodimlarini malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni belgilangan tartibda tashkil qilish va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- o‘quv-uslubiy, ilmiy-amaliy va aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish yuzasidan hamkorlik qilish maqsadida Mehnat vazirligi tizimi tashkilotlari,oliy ta'lim muassasalari hamda xorijiy davlatlar muassasalari bilan shartnomalar tuzish;
- ajratilgan davlat bandlik jamg‘armasi mablag‘lari hamda o‘z mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda zarur jihoz va anjomlarni sotib olish;
- xo‘jalik hisobi faoliyatidan tushgan mablag‘laridan, homiylar, homiy tashkilotlar tomonidan va boshqa manbalardan (byudjet mablag‘laridan tashqari) shakllangan mablag‘lar hisobidan muassasaning direktor fondi tashkil etilishi mumkin;
- o‘quv dasturlari, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar to‘plamlarini nashr qilish;
- tejab qolingan mablag‘larni, shuningdek shartnoma asosida pullik xizmatlardan tushadigan mablag‘larni o‘zining moddiy-texnika bazasini yaxshilashga, yangi darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlar sotib olishga, nashr etishga, xodimlarni rag‘batlantirishga sarflash;
- o‘quv-uslubiy ishlarga turli oliy o‘quv yurtlaridan professor-o‘qituvchilar, Mehnat vazirligi va idoralarning yetakchi mutaxassislari, shuningdek Respublika va xorijdan yetakchi olimlar va tajribali amaliyotchilarni o‘rindoshlik yoki shartnoma asosida jalb qilish;
-O‘zbekiston Respublikasidagi turli oliy o‘quv yurtlaridan shuningdek Toshkent davlat Iqtisodiyoti universitetining Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilarini xo‘jalik shartnomalari asosida o‘quv jarayonini tashqil qilish;
- Mehnat vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturlariga asosan mustaqil ravishda o‘quv rejalarini tuzish, professor-o‘qituvchilar tarkibini belgilash;
- o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun modernizatsiya va yangi texnologiyalar, ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish mablag‘larini shakllantirish;
- xalqaro konferensiya, simpozium, seminar va anjumanlarni tashkil qilish hamda ularda ishtirok etish.
Respublika kurslari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
IV. Respublika kurslari tuzilmasi va boshqaruv organlari
11. Respublika kurslari faoliyatiga direktor rahbarlik qiladi.
Respublika kurslari direktori ikkita o‘rinbosarga ega: o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosar hamda xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosar.
12. Respublika kurslari direktori va uning o‘rinbosarlari belgilangan tartibda Mehnat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
13. Respublika kurslari direktori o‘z vakolati doirasida qonun hujjatlariga muvofiq buyruqlar chiqaradi va ularning bajarilishini nazorat kiladi.
Direktor qonun xujjatlari va mazkur Nizomga muvofiq:
Respublika kurslari nomidan ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning huquqlarini himoya qiladi;
Direktor o‘rinbosarlari va bo‘limlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda ajratilgan mablag‘lar va ish haqi fondi doirasida lavozim maoshlari sxemasini, shtatlar jadvalini, shuningdek respublika kurslari ta'minoti harajatlari tizimini, maxsus mablag‘lar smetasini, shu jumladan tinglovchilarga turli pullik xizmatlar ko‘rsatish harajatlarini tasdiqlaydi hamda ularga o‘zgartirishlar kiritadi;
xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;
Respublika kurslari xodimlari uchun oylik maosh tizimi va rag‘batlantirish uchun mablag‘larni taqsimlaydi;
Respublika kurslari mol-mulki, mablag‘larini tasarruf qiladi;
shartnomalarni imzolaydi, ishonchnomalar beradi, O‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarida Respublika kurslari hisob raqamlarini ochadi;
yuqori malakali professor-o‘qituvchilarga, mutaxassislar va boshqa xodimlarga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hisobidan tarif stavkasining ikki yuz foizigacha mikdorda oylik ustama belgilaydi;
Respublika kurslari xodimlarini mukofotlaydi va zarur hollarda ularga nisbatan intizomiy choralar ko‘radi;
Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda ichki mehnat tartibini belgilaydi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shimcha ta'til muddatini belgilaydi;
ilmiy kengashlar, konferensiya, simpozium, seminar va anjumanlarda respublika kurslari nomidan qatnashadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
14. Respublika kurslari direktorining o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari:
Respublika kurslari O‘quv-uslubiyot bo‘limi, Ta'lim sifatini nazorat qilish va innovatsion g‘oyalar bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
o‘quv jarayonini tashkil qilishga bevosita rahbarlik qiladi;
tinglovchilarni o‘qitish taqsimot-rejalari loyihalarini tayyorlaydi;
o‘quv rejalarini ishlab chiqadi;
o‘quv-uslubiyot bo‘limi xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning ishini nazorat qilib boradi;
xorijiy davlatlar ta'lim muassasalari bilan aloqa o‘rnatish va ular bilan hamkorlik qilish ishlariga javob beradi;
Respublika kurslari o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlari bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi;
Direktor xizmat safari paytida vaqtincha direktor vazifasini bajaradi;
Direktorning topshirig‘iga ko‘ra boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Respublika kurslari direktorining xo‘jalik va umumiy tashkiliy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
Respublika kurslarining Axborot texnologiyalar markazi va Ma'muriy-ho‘jalik bo‘limiga rahbarlik qiladi;
xo‘jalik ishlarini tashkil etadi;
Respublika kurslari faoliyati bir maromda borishi uchun uni kerakli jihozlar bilan ta'minlaydi;
Respublika kurslari binolaridan talab darajasida foydalanish, binolarni zarur ta'mirlash va kapital qurilish ishlarini tashkil qiladi hamda ularning bajarilishini ta'minlaydi;
Respublika kurslarining xo‘jalik shartnomalari majburiyatlari bajarilishini ta'minlaydi;
Respublika kurslarining moliya-xo‘jalik ishlari to‘g‘risidagi rejalari va hisobotlarini tayyorlashga boshchilik qiladi;
direktor va direktorning birinchi o‘rinbosari xizmat safari paytida vaqtincha direktor vazifasini bajaradi;
direktorning topshirig‘iga ko‘ra boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
16. Respublika kurslari bo‘limlari va boshqa tarkibiy tuzilmalari direktor tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida ish olib boradi.
V. Respublika kurslari faoliyatini moliyalashtirish
17. Respublika kurslari faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi manbaalar hisobidan amalga oshiriladi:
Mehnat vazirligining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan markazlashgan holda ajratiladigan mablag‘lar;
shartnoma asosida pullik o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy dasturlarni maqsadli moliyalashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari buyurtmasi bo‘yicha tanlov asosida bajariladigan ishlar uchun ajratiladigan mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
18. Respublika kurslarining xodimlari va o‘qituvchilarining mehnatiga haq to‘lash shartlari bo‘yicha respublika oliy ta'lim muassasalarining xodimlari va o‘qituvchilariga tenglashtirilganligi sababli amaldagi shartlariga muvofiq tarif stavkalari belgilanadi.
Xo‘jalik shartnomalar bo‘yicha pul tushumini, o‘qish jarayonini faol tashkillashtirgan xodimlarga umumiy summaning eng kamida 10 foiz miqdorida Respublika kurslari direktori tomonidan buyruq asosida qo‘shimcha mukofotlanadi.
VI. O‘quv jarayonini tashkil qilish
19. Respublika kurslari ta'lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy hayotining zamonaviy talablari, jamiyat hayotini yanada taraqqiy ettirish va yangilash, shuningdek jahon fani va madaniyati yutuqlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan, mehnat organi xodimlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga javob beradigan namunaviy o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari asosida amalga oshiradi.
20. Respublika kurslarining o‘quv rejalari mehnat organlari rahbar va xodimlarini, Mehnat vazirligi tizimidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va hududiy bo‘limlari raxbar va xodimlarini malakasini oshirish, davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar barcha tashkilotlardagi kadrlar bilan ishlash bo‘limi rahbar va mutaxassislarning hamda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha mutasaddi rahbar va mutaxassislarni malakasini oshirishga va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablari va namunaviy o‘quv dasturlariga asosan ishlab chiqiladi:
o‘quv jarayonida o‘qitishning zamonaviy shakllari va uslublaridan, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetining Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi bilan innovatsion korparativ hamkorlik doirasida Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshiradi;
o‘quv kurslari interfaol usullar va o‘qitish shakllari, jumladan “keys stadi”, “aqllilar hujumi”, “guruhda ishlash”, “davra suhbati”, “o‘yin-modellashtirish”, bilim va ko‘nikmalarining boshqa zamonaviy shakllari orqali o‘tkaziladi.
21. Respublika kurslarida tinglovchilarni malakasini oshirish davomiyligi 60 soatdan kam bo‘lmagan o‘quv dasturlari asosida yo‘nalishlar kesimida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanib, kunduzgi o‘qish shaklida, ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.
22. Respublika kurslari o‘qishga yuboriladigan xodimlar kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan holda o‘qitiladi, ularning o‘qish vaqti va muddati Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan taqsimot-rejalarga muvofiq belgilanadi.
O‘qishga yuborilgan xodimlarning Respublika kurslariga yetib kelishi taqsimot-rejalarga asosan tegishli tashkilotlar tomonidan ta'minlanadi.
23. Respublika kurslarida tinglovchilarni o‘qitish:
Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasiga asosan amalga oshiradi.
mehnat organlari xodimlari xar uch yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi;
24. Mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishi bo‘yicha davomiyligi 18, 36 va 72 soat malaka oshirish va davomiyligi 288 soat qayta tayyorlash o‘quv dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanib, tijorat shartnomasi asosida o‘tkazilib Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 27 apreldagi 246-son Karorining 3-ilovasida ko‘rsatilgan sertifikat va diplom namunasi shaklida tinglovchilarga berilishi kuzda tutilgan.
25. Davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha tashkilotlardagi kadrlar bilan ishlash bo‘limi rahbar va mutaxassislarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv dasturi Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlanib, kurslarini shartnoma-to‘lov asosida tinglovchilarni o‘qitish muddati buyurtmachi tashkilot bilan Respublika kurslari o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida belgilanadi.
26. Malaka oshirish bo‘yicha ta'lim dasturlarini muvaffaqiyatli ravishda o‘zlashtirgan hamda Respublika kurslari talablarini to‘liq bajargan tinglovchilarga Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunadagi sertifikat beriladi;
27. Malaka oshirish o‘quv kurslarini moliyalashtirish yo‘nalishlari va hajmlari, shuningdek malaka oshirishga jalb qilingan mehnat organlari xodimlari soni Mehnat vazirligi tomonidan belgilanadi, bunda bir o‘quv guruhidagi tinglovchilar soni 20 kishidan kam bo‘lmagan va 30 kishidan oshmagan holda darsga kelmagan va uzoq vaqt sababsiz (25 foizdan ortiq miqdoridagi soat) mashg‘ulotlarga qatnashmagan yoki ichki tartib-qoidalarni buzgan takdirda, ularni tinglovchilar safidan chiqaradi va bu hakda Mehnat vazirligi va ularning ish joyiga ma'lumot yuboradi hamda malakasini baholash sinovidan o‘ta olmagan xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rish to‘g‘risida hududiy organlarga takliflar yuborilishini ta'minlaydi.
28. O‘qish muddati mobaynida tinglovchilarning asosiy ish joylaridagi o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Respublikaning boshqa hududlaridan Respublika kurslariga o‘qishga kelgan tinglovchilarga xizmat safari harajatlari o‘qishga yo‘llagan tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
29. Respublika kurslari malaka oshirish bo‘yicha mehnat organlari rahbar va xodimlarini, Mehnat vazirligi tizimidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning hududiy bo‘limlari rahbar va xodimlarini va davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarini malakasini oshirish harajatlari har bir tinglovchi uchun Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda aniqlanadi va har yili Mehnat vazirligining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan pul o‘tkazish yo‘li bilan qoplanadi.
Davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha tashkilotlardagi kadrlar bilan ishlash bo‘limi rahbar va mutaxassislarni, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar korxona va tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha mutasaddi rahbar va mutaxassislarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha va boshqa soha mutaxassislarining mehnat munosabatlari va mehnat muxofazasi masalalarida bilimlarini oshirish bo‘yicha shartnoma asosida pullik xizmatlar tashkil etish.
VII. Respublika kurslarining xalqaro aloqalari
30. Respublika kurslari Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda xodimlarni malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish, xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar tuzish, tegishli xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda o‘zaro manfaatli asosda axborotlar almashish ishlarini yo‘lga qo‘yadi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro aloqalarni amaliga oshiradi.
Respublika kurslari tinglovchilar uchun o‘quv jarayonining muayyan qismini va xodimlarning tajriba orttirishini yetakchi xorijiy o‘quv markazlarida va xalqaro tashkilotlarda tashkil etishi mumkin. Shuningdek bandlik, mehnat munosabatlari va mehnatni muxofaza kilish masalalarida mehnat organlari xodimlarini, shu jumladan davlat mehnat inspektorlarini Xalqaro Mehnat Tashkilotiningning Turin (Italiya)da joylashgan Xalqaro o‘quv markazida xamda boshqa xalqaro oliy talim muassasalari va tashkilotlarida malakasini oshirish xamda amaliyot o‘tashni tashkil etishi mumkin.
31. Respublika kurslari Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarning xorijiy davlatlardagi o‘quv ishlari, tajriba orttirishi xalqaro shartnomalar, davlat organlari o‘rtasida tuzilgan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
VIII. Yakunlovchi qoidalar
32. Respublika kurslari faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
33. Ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyrug‘i bilan kiritiladi.