Bandlik

#Hududlardan_xabarlar_Sirdaryo 

Xotin-qizlar o'rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi оrgаnlаr va keng jamoatchilik bilan hamkorlik 2021-2022 yillarda amalga oshiriladigan kompleks сhоrа-tаdbirlаr dasturidа Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ham topshiriqlar yuklatilgan. 
Tegishli bandlar ijrosi yuzasidan Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

2021yilning yanvar-avgust oylari davomida jazoni ijro etish muassasalaridan 6 nafar xotin-qizlar ozod etilgan. Shundan 3 nafari ABKM tomonidan korxona va tashkilotlarda mavjud bo’sh ish o’rinlariga, 2 nafari haq to’lanadigan jamoat ishlariga, 1 nafari o’z xohishi bilan ishlash istagini rad etdi.

_________________________________________________________________________________________________________________

#Hududlardan_xabarlar_Buxoro

Yuqoridagi chora- tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan mahallalarda huquqbuzarliklar sodir etishga moyil yoki sodir etgan, ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turgan, oila-turmush, axloq-odob doirasida muntazam ravishda huquqbuzarliklar sodir etuvchi va boshka g’ayriijtimoiy xulq-atvorga ega bulgan xotin-qizlar to’g’risida ma’lumotlar shakllantirilib, ish bilan band bo’lmagan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borildi.

2021-yil 7 oyida markazlar tomonidan jazo muassasalaridan ozod qilingan 3 nafar xotin-qizlar ro’yxatga olingan. Ulardan bir nafari keyinchalik Toshkent shahriga kuchib ketgan, 2 nafari norasmiy tarzda mehnat faoliyatini boshlagan. Norasmiy ishlayotgan xotin-qizlarga mehnat munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirishlari, tadbirkorlik faoliyatlarini davom ettirishlari uchun imtiyozli kredit mablag’laridan foydalanishlari to’g’risida maslahatlar berildi.

Shuningdek, Narkologiya dispanseri ro’yxatidagi xotin-qizlar bandligini ta’minlash nazoratga olingan. U yerda 2 nafar ayol bo’lib, 1 nafari davlat korxonasida, 1 nafari norasmiy mehnat faoliyati bilan band.