Rahbariyat

Musaev Bexzod Anvarovich
O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri
Telefon: + 998 (71) 239-41-21
Qabul kunlari: payshanba 09:00 dan 11:00 gacha

Musaev Bexzod Anvarovich O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi
2006-2010 уу
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi
2018-2020 yy
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
2020-2021 yy
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri
2021-2022 yy
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri
2022-h.v

Musaev Bexzod Anvarovich O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri

Xusanov Nozim Baxtiyorovich
Vazirning birinchi o'rinbosari
Telefon: + 998 (71) 239-41-21 (576)
Qabul kunlari: payshanba 09:00 dan 11:00 gacha

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o'rinbosari
1976-yil 19-sentyabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy

Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti
1997-y.
Toshkent moliya instituti
2002-y.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi
2007-y.
“Sa’dilla” jamoa korxonasi buxgalteri, bosh buxgalteri
1997-1998 yy.
“Tadbirkorbank” aksiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati boshqarmasi mutaxassisi
1998-1999 yy.
“Tadbirkorbank” aksiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati Keles bo‘limi bosh mutaxassisi, boshqaruvchi o‘rinbosari
1999-2002 yy.
“Tadbirkorbank” aksiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
2002-2002 yy.
“Tadbirkorbank” aksiyadorlik tijorat banki amaliyot boshqarmasi boshlig‘i
2002-2004 yy.
Toshkent shahar Markaziy bank bosh boshqarmasi emissiya-kassa amaliyoti boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
2004-2005 yy.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank emissiya-kassa operasiyalari departamenti direktori o‘rinbosari
2005-2010 yy.
Toshkent viloyati Markaziy bank bosh boshqarmasi boshlig‘i
2010-2011 yy.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi o‘rinbosari
2011-2013 yy.
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari
2013-2014 yy.
“Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi
2014-2016 yy.
Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
2016-2017 yy.
Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
2017-2018 yy.
Toshkent shahar Sergeli tumani hokimi
2018-2019 yy.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
2019 y. - 2022 yy.
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o'rinbosari
2022 yy. h-v

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri:

Vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, o‘z o‘rinbosarlarining hamda boshqa mansabdor shaxslarning Vazirlik faoliyatining alohida yo‘nalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan hamda tasarrufidagi tashkilotlar ishi yuzasidan shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

o‘z vakolatlari doirasida Vazirlik tizimi xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

zarurat bo‘lganda, Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida shtatlar jadvalini, shuningdek Vazirlik markaziy apparatining, o‘ziga qarashli tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Vazirlik tizimiga kiruvchi o‘ziga qarashli boshqa tashkilotlarning nizomlarini (ustavlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

Vazirlikning markaziy apparati xodimlarini hamda Vazirlikka qarashli tashkilotlar va hududiy bo‘linmalar rahbarlarini Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Muxitdiniv Erkin Madarbekovich
vazir o‘rinbosari
Telefon: + 998 (71) 239-41-21 ichki: 104
Qabul kunlari: chorshanba 09:00 dan 11:00 gacha

Tug‘ilgan yili: 30.07.1976
Tug‘ilgan joyi: Andijon viloyati
Millati: o‘zbek


rivojlanishini prognozlash va erkinlashtirish instituti Depozit siyosatini shakllantirish va pul resurslaridan samarali foydalanish guruhi boshlig‘i
2006-2008 yy. - Markaziy bank Monetar operasiyalar departamenti direktorining o‘rinbosari,
Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti direktorining o‘rinbosari
2008-2010 yy. - Vazirlar Mahkamasi Bandlikni va aholi turmush darajasini oshirish masalalari
bo‘yicha yetakchi mutaxassisi, Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi
2010-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha xizmati yetakchi konsultanti
2017-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha xizmati shoʻba mudiri
2017-2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari
2023 y. - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari

Aksiyadorlik-tijorat "Turon" banki Andijon filiali boshqaruvchisi
2001-2003 yy.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari:

aholi bandligini va mehnat bozori barqaror rivojlanishini ta'minlashga doir strategiyani ishlab chiqishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy-tadqiqot institutlari ishlarini muvofiqlashtirish;

Respublika va hududlarni demografik va iqtisodiy rivojlantirish prognozlaridan kelib chiqib, mehnat resurslari balanslarining asoslantirilgan prognoz parametrlarini, shuningdek, aholi bandligini ta'minlashga doir samarali kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqilishini tashkillashtirish;

Respublika va ma'muriy-hududiy tuzilmalar mehnat resurslari soni va tarkibini tahlil qilinishi va takomillashtirilishini tashkil etish;

aholi bandligi darajasini va tarkibini eng to‘liq va xolis baholash, mehnat bozoridagi tarkibiy mavjud nomutanosibliklar va ularning kelib chiqish sabablarini, ishga joylashtirilishi zarur shaxslarni aniqlash maqsadida mehnat bozori rivojini tahlil qilish va shu asosda tarmoqlar va hududlar bo‘yicha yangi ish o‘rinlari tashkil etish uchun yillik buyurtmalarni shakllantirilishini tashkillashtirish;

ish kuchi va mehnat migratsiya jarayonlari, tashqi mehnat migratsiyasi sabablari va omillarini ni tahlil qilinishini tashkillashtirish;

aholini ish bilan ta'minlash, bandlikning samarali shakllarini rivojlantirish hududiy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishning tizimli muvofiqlashtirib borilishini ta'minlash;

mehnat bozorida vaziyat tang bo‘lgan mintaqalarda ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqishni muvofiqlashtirish hamda manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ularni ishlab chiqishda ishtirok etish;

bandlik va ish o‘rinlarini tashkil etish hududiy dasturlarini ishlab chiqishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga metodik va amaliy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish;

bandlikning yangi shakllarini joriy etishga va an'anaviy shakllarini kengaytirishga qaratilgan aholi bandligini kengaytirishning uslubiy va normativ-huquqiy asoslarini ishlab chiqishni tashkillashtirish;

tashqi mehnat migratsiyasini kompleks tahlil qilish va shu asosda tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishni tashkil etish;

mehnat va bandlik sohasida yagona texnik siyosat olib borish, tarmoqning axborot tizimlarini yaratishda yagona usullar va vositalarni qo‘llash sohasida axborot tizimini shakllantirish va rivojlantirishni ta'minlash;

mehnat va aholini ish bilan ta'minlash masalalari bo‘yicha axborot-ma'lumotnoma tizimlari va interaktiv xizmatlarning yanada rivojlanishini ta'minlash;

mehnatni normalash va ishchi kasblarining hamda mutaxassislar va xizmatchilar lavozimlarining tarif-malaka tavsifnomalarini ishlab chiqish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishchilarning asosiy kasblari bo‘yicha ishchilarga malaka razryadlari berish masalalariga doir ishlarni muvofiqlashtirish;

xodimlarning mehnat sohasida ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;

xizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining klassifikatorini, tarmoqlararo xarakterga ega bo‘lgan alohida lavozimlar va kasblar bo‘yicha kasbiy-malakaviy tasniflarni ishlab chiqilishini tashkillashtirish;

mehnatni normalash, zamonaviy mehnat standartlarini joriy etish, mehnatga haq to‘lashni tashkil etish, ishlar, kasblar va lavozimlarning tarif-malaka ma'lumotnomalarida aks ettirilmagan lavozimlar va ishlarni tarif setkasining tegishli razryadlariga kiritish masalalarida amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish;

iqtisodiyotning alohida tarmoqlari va sektorlari uchun xodimlar sonining va mehnatga haq to‘lash fondining minimal normativlarini ishlab chiqilishini tashkil etish;

mehnatni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini va mehnatga haq to‘lashni tartibga solish usullarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

xalqaro hamkorlik, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan mehnat va bandlik sohasida samarali hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish hamda takomillashtirish sohasida takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;

mehnat va bandlik masalalari yuzasidan Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarda belgilangan tartibda hamkorlik qiladi va O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari bo‘yicha ish ko‘radi;

Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining, mehnat va bandlik masalalari bo‘yicha tuzilgan boshqa xalqaro shartnomalar bajarilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish;

bandlik va mehnat munosabatlari sohasida xalqaro shartnomalar tuzish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;

mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish jarayonlarini tartibga solish va ularning mehnat huquqlarini ta'minlash masalalari bo‘yicha chet davlatlarning vakolati organlari bilan hamkorlik qilish;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish orqali ularning mehnat faoliyatiga doir huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;

xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida tazyiqqa uchragan, majburiy mehnatga majbur qilingan va tahqirlangan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun mablag‘siz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qiladi, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasiga qaytarishga ko‘maklashishni tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha yuridik shaxslar faoliyatini litsenziyalash jarayonini tashkil etish;

sohaga doir masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar hamda normativ hujjatlar ishlab chiqilishi va qayta ko‘rib chiqilishida bevosita ishtirok etish;

jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, ularning murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini tashkil etish.

Abruyev Jamshid Ismailovich
vazir o‘rinbosari
Telefon: +998 (71) 239-41-21, ichki: 105
Qabul kunlari: juma 09:00 dan 11:00 gacha

1979-yil 02-iyul Toshkent shahrida tug‘ilgan
Ma'lumoti — oliy


1999 y. Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti,
2004 y. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i
2019-2020 yy.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari
2020-2023 yy.
O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari
2023y. – h.v.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari:

ishsizlar va ishga joylashishga muhtoj aholi hisobga olinishini tashkil etish;

mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun kvotalar (ish o‘rinlarining eng kam sonini) belgilash bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularni ishga joylashtirish uchun ish beruvchilar tomonidan belgilangan miqdorda ish o‘rinlari ajratilishini nazorat qilish;

bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar to‘planishini va tahlil qilinishini tashkil etish;

aholini ishga joylashtirish jarayonlari va mehnat bozori holati ustidan muntazam monitoring o‘tkazilishini hamda aholi bandligini oshirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish;

ish izlab murojaat qilgan fuqarolarning ishga joylashtirilishini tashkil etish;

vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta'minlash markazlari faoliyatini tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishsizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlashni ta'minlashni tashkil etish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda jamoat ishlarining hajmlari va turlarini aniqlash hamda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi jamoat ishlarida, yo‘l va uy-joy-kommunal infratuzilma ob'ektlarini qurish, ta'mirlash va rekonstruksiya qilishda, shaharlar va tumanlarni obod qilishda, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida vaqtincha band bo‘lmagan fuqarolarning ishtirokini tashkillashtirish;

kasanachilikni, oilaviy tadbirkorlikni, hunarmandchilik faoliyatini va aholining o‘zini o‘zi band qilishning boshqa shakllarini rag‘batlantirishni tashkil etish;

kasanachilikdan foydalanishni kengaytirish, shu jumladan yirik korxonalar va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish asosida kengaytirish masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga ko‘maklashishni tashkillashtirish;

nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlari yaratishda va ularni ishga joylashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga ko‘maklashish;

ishga muhtoj shaxslarni, ayniqsa, band bo‘lmagan yoshlarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va ishsizlarni iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozorining real ehtiyojlaridan kelib chiqib, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish;

malakani baholash Milliy tizimi faoliyatini tashkil etadi;

mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan ishsiz fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa toifalarini kasbga o‘qitish va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etishda ishtirok etish;

ishsizlarni va mehnat bozorida teng sharoitlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslarni kasbga o‘qitishni tashkil etish masalalarida davlat-xususiy sheriklikning samarali mexanizmlarini shakllantirishda ko‘maklashish;

tayanch kasb-hunar kollejlari (kasbga qisqa muddatli o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlar orqali) va nodavlat ta'lim muassasalari negizida ishsizlar va band bo‘lmagan aholining kasbga o‘qitilishini va malakasi oshirilishini tashkil etish;

oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilarini keyinchalik ishga joylashtirish uchun muayyan ish beruvchilarga biriktirib qo‘yish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishda ishtirok etish;

bandlikning yangi shakllarini joriy etishga va an'anaviy shakllarini kengaytirishga qaratilgan aholi bandligini kengaytirishning uslubiy va normativ-huquqiy asoslarini ishlab chiqishni tashkillashtirish;

mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirishda ko‘maklashish;

mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar, shuningdek fuqarolarning munosib va xavfsiz mehnat sharoitlariga bo‘lgan huquqlarini ta'minlash bo‘yicha takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

mehnat va bandlik masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani kompleks va tizimli tahlil qilish asosida aholi bandligi oshishini ta'minlash uchun mavjud to‘siq va g‘ovlarni aniqlash hamda ularni yengib o‘tish choralarini ishlab chiqish;

mehnat va bandlik sohasida yagona texnik siyosat olib borish, tarmoqning axborot tizimlarini yaratishda yagona usullar va vositalarni qo‘llash sohasida axborot tizimini shakllantirish va rivojlantirishni ta'minlash;

aholini ish bilan ta'minlash masalalari bo‘yicha axborot-ma'lumotnoma tizimlari va interaktiv xizmatlarning yanada rivojlanishini ta'minlash;

ishga joylashtirish va aholini ish bilan ta'minlash sohasida aholiga xizmat ko‘rsatishda nodavlat sektorni rivojlantirishga va uning rolini kuchaytirishga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari negizida ishga joylashtirish sohasida «bir darcha» prinsipi bo‘yicha kompleks xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy ofislar tashkil etilishini ta'minlash;

bandlik va ishga joylashtirish muammolarini hal qilish bo‘yicha fuqarolarning va ish beruvchilarning fikrlari, takliflari va qonuniy talablarini o‘rganish hamda tahlil qilish va shu asosda ularni hal qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini ta'minlash;

kadrlarning qayta tayyorlanishini va malakasi oshirilishini tashkil etish;

sohaga doir masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar hamda normativ hujjatlar ishlab chiqilishi va qayta ko‘rib chiqilishida bevosita ishtirok etish;

jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, ularning murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini tashkil etish.

Turdiboyeva Ra'no Eshovna
vazir o‘rinbosari
Telefon: + 998 (71) 2030170 ichki 109
Qabul kunlari: seshanba 09:00 dan 11:00 gacha

1970-yil 09-avgust Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on shahrida tug‘ilgan
Ma'lumoti — oliy
1994 y. Toshkent davlat pedagogika instituti (kunduzgi)

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
2022-2023 yy.
O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari
2023-y. - h.v

mehnat bozorining barqaror va mutanosib ravishda rivojlanishini ta'minlash, aholi bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq maqsadli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini moliyalashtirish ishlarini tashkil etish;

ishsizlarni, ish izlashda qiyinchiliklarga duch kelayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni amalga oshirishni moliyalashtirishni tashkillashtirish;

ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni ijtimoiy himoya qilishga hamda mehnat organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga doir sifatli xizmatlarning ishsizlar va band bo‘lmagan aholiga, birinchi navbatda, yoshlarga, xotin-qizlarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilishini tashkil etishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirishni tashkil etish;

mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini, ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta qilinishini, shu jumladan noqulay va o‘ziga xos mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar to‘g‘ri va o‘z vaqtida berilishini davlat tomonidan nazorat qilinishini tashkillashtirish;

xodimlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlash, biror-bir shaklda majburiy mehnatdan foydalanish ehtimollarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalari amalga oshirilishini nazorat qilish;

ayniqsa faol qishloq xo‘jaligi ishlari vaqtida xodimlar huquqlari va manfaatlariga rioya etish bo‘yicha davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat organlari faoliyatining tizimli monitoringini tashkil etish;

korxonalar, muassasalar, ishlar va kasblar, lavozimlar hamda imtiyozli shartlar asosida pensiya, qo‘shimcha ta'til, qisqartirilgan ish kuni olish huquqini beruvchi ko‘rsatkichlar ro‘yxatlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari takliflari bo‘yicha xulosalar berilishini tashkil etish;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy infratuzilma ob'ektlaridan to‘sqinliksiz foydalanishi, shuningdek barcha transport turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy aloqa va axborot vositalaridan foydalanishi uchun shart-sharoit yaratishga doir qismiga rioya etilishini davlat tomonidan nazorat qilinishini tashkil etish;

mehnat, aholini ish bilan ta'minlash va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnat munosabatlari sub'ektlari huquqlari doimiy monitoringi va himoyasini amalga oshirishni tashkillashtirish;

jamoa shartnomalar va bitimlarda nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borilishini tashkil etish;

fuqarolarning munosib mehnat shart-sharoitlariga doir huquqlarini ta'minlash va xodimlarning huquqiy himoyalanganligini kuchaytirish bo‘yicha takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqilishini ta'minlash;

mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;

ish joylarining mehnat shart-sharoitlariga mosligini attestatsiyadan o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi, ish joylarining mehnat shart-sharoitlariga mosligini attestatsiyadan o‘tkazishda uslubiy yordam berilishini tashkil etish;

davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish va ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq ravishda uning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni maxsus tekshirishni o‘tkazishni yoki o‘zining vakillarini bunday tekshirishlarda qatnashishini hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga olishni belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta'minlash;

mehnat sharoitlari, ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari bo‘yicha va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish materiallarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va tegishli xulosa berilishini ta'minlash;

tashkilotlarda mehnat muhofazasi holati bo‘yicha monitoring yuritilishini tashkil etish;

ishlab chiqarishda jarohatlanish sabablarini tahlil qilish va davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga ularning oldini olish bo‘yicha takliflar kiritilishini ta'minlash;

tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bajarayotgan ishlari holatini o‘rganishni tashkil etish;

tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlariga mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berish va xodimlarining malakasini oshirilishini tashkillashtirish;

sohaga doir masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar hamda normativ hujjatlar ishlab chiqilishi va qayta ko‘rib chiqilishida bevosita ishtirok etish;

jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, ularning murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini tashkil etish;

kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar to‘lanishi yuzasidan tizimli monitoring olib borilishini tashkil etish;

kam ta'minlangan oilalarni muhtojlikdan xalos qilish, ularni oilaviy tadbirkorlikka va hunarmandchilikka jalb qilish, shuningdek o‘zini o‘zi band qilishning turli shakllarini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha yakka tartibdagi dasturlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tijorat banklari, aholini ijtimoiy himoya qiluvchi va unga yordam ko‘rsatuvchi boshqa davlat organlari, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirilishini tashkillashtirish.