Xalqaro hamkorlik

Mehnat munosabatlari sohasidagi xalqaro hamkorlik Vazirlik hamda uning barcha tarkibiy bo‘linmalari va xorijiy sheriklari bilan o‘zaro aloqalarining keng doirasiga ega. Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarining umumiy tizimida muhim o‘rin egallaydi. Xususan, sheriklik aloqalarini o‘rnatish, rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha Vazirlik quyidagilar bilan maqsadli ishlarni amalga oshirmoqda:

Bandlik, mehnat munosabatlari, migrasiya va ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan xorijiy idoralar;
Xalqaro tashkilotlar;
Xalqaro moliya institutlari.
Bugungi kunga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xorijiy sheriklar bilan xalqaro hamkorligini tartibga soluvchi 28 ta hamkorlik shartnomalari va o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Rossiya Federasiyasi, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSH, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlarining mehnat vazirliklari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.

BMT agentliklari va xalqaro institutlar bilan yaqin hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Vazirlik Xalqaro mehnat tashkilotining asosiy milliy sheriklaridan biri hisoblanadi. Shunga binoan O‘zbekiston Respublikasi unga 1992 yildan buyon a’zo bo‘lib kelmoqda. Qabul qilingan paytdan boshlab hozirgi kunga qadar O‘zbekiston XMTning 15 ta konvensiyasini ratifikasiya qildi.

2017 yil 28 fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv Memorandumini imzolash marosimi – 2017-2020 yy. “Munosib mehnat davlat dasturi” ijrosi muddatini uzaytirishga qaratilgan.

Munosib mehnat davlat dasturi doirasida mehnat qonunchiligini takomillashtirish, aholining mehnat huquqlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish hamda aholining huquqiy madaniyatini ko‘tarish va mehnat qonunchiligini buzilishlariga tezkor javob berishga qaratilgan qayta aloqa mexanizmini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlik doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekistonda yoshlarning bandligini faol ravishda targ‘ib qilishga bag‘ishlangan loyihani amalga oshirmoqda.

Loyihaning asosiy qismlari: faol mehnat bozori siyosati orqali yoshlarni ish bilan ta’minlanishini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, yoshlar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va biznes-startaplarni boshlash, shuningdek, yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

YUNISEF aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida Vazirlikning asosiy sheriklaridan biri hisoblanadi.

2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi va YUNISEFning 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va YUNISEF o‘rtasidagi hamkorlikning qo‘shma rejasi imzolangan.

Ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: 1) ijtimoiy himoya tizimini baholash; 2) ijtimoiy himoya dasturlarini ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholash bo‘yicha milliy salohiyatni oshirish; 3) Ijtimoiy himoya siyosati va tizimli islohotlarni ishlab chiqish; 4) Ijtimoiy himoya tizimi uchun yagona registrni / integrasiyalashgan boshqaruv axborot tizimini (IMS) ishlab chiqish.

Shuningdek, vazirlik Xalqaro Migrasiya Tashkilotining strategik sheriklaridan biridir.

27-noyabr kuni Jenevada BMTning migrasiya masalalari agentligi XMT Kengashining 109-sessiyasida O‘zbekistonning XMTga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi arizasi qo‘llab-quvvatlangan. Shunday qilib, O‘zbekiston Xalqaro Migrasiya Tashkilotining (XMT) 173-a’zosi bo‘ldi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan o‘zaro aloqalar faol ravishda olib borilmoqda. Xususan, "O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini rivojlantirish" loyihasi birgalikda amalga oshirilmoqda. Uning doirasida Toshkent shahri va Respublika viloyatlarida kasb-hunarga o‘qitish markazlari barpo etilmoqda.

Bexato, [18.06.2022 15:47]
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari va ishsiz fuqarolarni mehnat bozorida talab qilinadigan kasblarga o‘qitish maqsadida 2012 yilda Toshkentda KOICA ko‘magi bilan birinchi kasb-hunarga o‘qitish markazi ochildi. O‘tgan yillar davomida unda 2500 dan ortiq o‘g‘il-qizlar o‘qitilib, ular o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlandi.

2015 yilda xuddi shunday markazni Samarqandda tashkil etish ishlari boshlandi. Loyiha doirasida o‘quv laboratoriyasi va yordamchi binolar, ustaxona hamda yotoqxonalar qurildi. Ushbu markaz avtoulovlarga texnik xizmat ko‘rsatish, chilangarlik ishlari va payvandlash, elektrotexnika, elektronika, shuningdek, axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan.

2019 yil fevral oyida Samarqand kasb-hunar ta’limi markazining loyihasi qo‘shma biznes-inkubator va startaplar uchun o‘quv dasturlarining ishga tushirilishi bilan to‘ldirildi. Bu albatta, viloyat aholisi uchun qo‘shimcha ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini yaratadi.

Ayni paytda Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida ham shunday markazlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

2018-2021 yillarda O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi mamlakatning biznes-rejasiga muvofiq zamonaviy iqtisodiyot uchun 100 million AQSH dollar miqdoridagi ko‘nikmalarni rivojlantirish loyihasi ko‘zda tutilgan.

Mazkur loyiha mehnat bozori va kasb-hunar ta’limi tizimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, ishsizlar va yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish sifatini oshirish, kasb-hunar ta’limi tizimini boshqarishni takomillashtirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

2016-2020 yillarda O‘zbekiston bilan Jahon banki o‘rtasidagi mamlakatlarning sheriklik dasturiga ko‘ra, 2019 yilda 50 million AQSH dollari miqdorida ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish bo‘yicha loyiha yaratish ko‘zda tutilgan.

Loyiha odamlarning yagona ijtimoiy reyestrini yaratish orqali aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning samarali dasturini joriy etadi va mehnat bozorida ishsizlarga barqaror ish joylarini faol taqdim etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Shuningdek, Vazirlik, Xalqaro moliya korporasiyasining O‘zbekistondagi ijtimoiy mas’uliyatli va barqaror paxta ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihasining sheriklaridan biri bo‘lib, Maslahat kengashi a’zosi hisoblanadi.

Ushbu loyiha ijtimoiy mas’uliyatli va ekologik jihatdan barqaror paxtani majburiy mehnatga ehtiyoj sezmasdan ishlab chiqarish va yig‘ib olishning amaliy misollarini yaratmoqda.


  Amalga oshirilishida vazirlik ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

35 СОГЛАШЕНИЕ меиеду Правительством Республики Узбекистан
и Правительством Российской Федерации о взаимном учреяедении представительств компетентнмх органов в сфере миграции
Yuklab olish
36 СОГЛАШЕНИЕ
между Правительством Республики Узбекистан
и Правительством Российской Федерации об организованном наборе и привлечении граждан Республики Узбекистан для осуодествления временной трудовой деятельности
на территории Российской Федерации
Yuklab olish
37 СОГЛАШЕНИЕ
МЕЖДУ ФЕДЕРАЛЬНОЙ СЛУЖБОЙ ПО ТРУДУ И ЗАНЯТОСТИ (РОССИЙСКАЯ ФЕДЕРАЦИЯ)
и
АГЕНТСТВОМ ПО ВОПРОСАМ ВНЕШНЕЙ ТРУДОВОЙ МИГРАЦИИ ПРИ МИНИСТЕРСТВЕ ЗАНЯТОСТИ И ТРУДОВЬТХ ОТНОШЕНИЙ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН ОБ ОБМЕНЕ ИНФОРМАЦИЕЙ
Yuklab olish
38 МЕМОРАНДУМ
о сотрудничестве между Министерством занятости и трудових отношений Республики Узбекистан и Министерством труда и социальной зашить! Российской Федерации в социально-трудовой сфере
Yuklab olish
39 ПОЛОЖЕНИЕ
о Рабочей группе по вопросам реализации Соглашения между Правительством Российской Федерации и Правительством Республики Узбекистан об организованном наборе и привлечении граждан Республики Узбекистан для осушествления временной трудовой деятельности на территории Российской Федерации от 5 апреля 2017 года
         Yuklab olish
40 СОГЛАШЕНИЕ о сотрудничестве в сфере подготовки, оценки квалификации и аттестации специалистов сварочного производства          Yuklab olish
41 Соглашение
между Комитетом по труду и занятости населения Санкт-Петербурга (Российская Федерация) и Министерством занятости и трудовьгх отношений Республики Узбекистан о сотрудничестве в сфере труда, занятости населения и трудовой миграции
          Yuklab olish
42 СОГЛАШЕНИЕ МЕЖДУ ПРАВИТЕЛЬСТВОМ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И ПРАВИТЕЛЬСТВОМ РОССИЙСКОЙ ФЕДЕРАЦИИ Yuklab olish
43 ПРОТОКОЛ
заседания Рабочей группь! по вопросам реализации Соглашения между Правитсльством Республики Узбекистан и Правительством Российской Федерании об организовапном наборс и привлечении граждан Республики Узбскистан для осушсствлепия врсмениой трудовой деятельности на территории Российской Федерации
от 5 апреля 2017 года (далее- Рабочая группа)
Yuklab olish
44 Меморандум о взаимопонимании
между
Моноцентром по оказанию услуг незанятому населению - «Ишга мархамат», при Министерстве занятости и трудовмх отношений Республики Узбекистан.
а также
Yuklab olish
45 МИНИСТЕРСТВО НАУКИ И ВБ1СШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ РОССИЙСКОЙ ФЕДЕРАЦИИ
ФЕДЕРАЛЬНОЕ ГОСУДАРСТВЕННОЕ АВТОНОМНОЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЕ УЧРЕЖДЕНИЕ ВБ1СШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ
Российский университет об дружбу народов (РУДН)
Yuklab olish
46 ПЛАН совместнмх мероприятий Министерства занятости и трудовшх отношений Республики Узбекистан и Министерства труда и социальной загцить! Российской Федерации на 2019-2021 годь! по реализации Меморандума о сотрудничестве между Министерством труда и социальной зашитм Российской Федерации и Министерством занятости и трудовмх отношений Республики Узбекистан в социально-трудовой сфере Yuklab olish
47 МЕМОРАНДУМ О СОТРУДНИЧЕСТВЕ между Акционерным обвшеством «НИПИгазпереработка», ООО «Ренейссанс Хэви Индастрис» и АК «Ямата Ятьфьвм» Российской Федерации и Агентством по внешней трудовой миграции при Министерстве занятости и трудовых отношений Республики Узбекистан Yuklab olish
  Германия Yuklab olish
  Туркия Yuklab olish
Yuklab olish
  Ж.Корея  Yuklab olish
Yuklab olish
Yuklab olish
Yuklab olish
Yuklab olish
Yuklab olish

  Япония Yuklab olish
Yuklab olish
  Хитой Yuklab olish
Yuklab olish
Yuklab olish
  Қозоғистон Yuklab olish
Yuklab olish
  ЮНИСЕФ Yuklab olish
Yuklab olish
Yuklab olish
  КОЙКА Yuklab olish
Yuklab olish
Yuklab olish
Yuklab olish
Yuklab olish
  IFC Yuklab olish
Yuklab olish
  ПРООН Yuklab olish
Yuklab olish

  АБР Yuklab olish
Yuklab olish
  Ворлд Скилс РОссия Yuklab olish
  РАИТ Yuklab olish
  МОМ Yuklab olish
  ТУМО Yuklab olish
  Конрад Аденауэр Yuklab olish
  Венгрия Yuklab olish
  Тожикистон Yuklab olish
Yuklab olish
  МОТ Yuklab olish
  МОТ Yuklab olish

fikr almashish: