Korrupsiyaga qarshi kurashish

  •  Kambag‘allikni qisqartirish

    va bandlik vazirining

    2023-yil “20” iyuldagi

    121-son buyrug‘iga

    2-ilova

     

     

     

    Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, hududiy va tasarrufiy tashkilotlarga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish

    REGLAMENTI

     

    1-bob. Umumiy koidalar

     

    1. Mazkur Reglament Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, hududiy va tasarrufiy tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda - Tashkilot) korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va tegishli ta’sir choralarini ko‘rishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
    2. Mazkur Reglament Tashkilotdagi aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar haqida kelib tushgan xabarlar bilan ishlashning asosiy tamoyillari, shuningdek, xabarlarni qabul qilish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish, shuningdek, Tashkilot rahbariga hisobot taqdim etish tartibini belgilaydi.
    3. Mazkur Reglament maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

    Ishonch telefoni – Tashkilotga telefon orqali kelib tushadigan murojaatlarni markazlashgan holda qabul qilish, tasniflash va tizimlashtirish, shuningdek, o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini monitoring qilish imkonini beruvchi tizim;

    murojaatchi – aloqa kanallari orqali Tashkilotdagi korrupsiyaviy
    xatti-harakatlar to‘g‘risida axborot berish uchun murojaat qilgan har qanday jismoniy va (yoki) yuridik shaxs, xodim;

    manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;

    korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

    korrupsiyaviy harakatlar – xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora beruvchi manfaatlari yo‘lida harakat yoki harakatsizlik uchun moddiy manfaatdor bo‘lishi, shu jumladan pul, qimmatbaho qog‘oz, boshqa ko‘rinishdagi mulk va mulkiy huquqlar, mulkiy xarakterdagi xizmatlar olish, talab qilish, undirish, taklif qilish yoki berish, pora berish va/yoki olish yoki bunda vositachilik qilishda, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlar undirish (pora olish) va boshqa noqonuniy maqsadlarda o‘z xizmat vazifalaridan noqonuniy foydalanish;

    korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

    korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi – amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlarni korrupsiyaviy jihatdan buzilishini bartaraf etish, Tashkilot xodimlari tomonidan yuqori darajada kasbiy va axloqiy faoliyat olib borishlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui;

    korrupsiyaviy xavf-xatar – xodimlar yoki uchinchi shaxslar tomonidan Tashkilot nomidan va (yoki) ularning manfaatlarini ko‘zlab korrupsiyaviy harakatlarni sodir etish xavfi;

    taaluqli xabar – Tashkilotdagi korrupsiyaviy harakatlar va (yoki) manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi axborotdan iborat bo‘lgan xabar;

    xodim – Tashkilot bilan mehnat munosabatlariga kirishgan shaxs;

    xodimning shaxsiy manfaatdorligi – xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarishi chog‘ida o‘zi yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yo‘lida xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy boyliklar, boshqa mol-mulk va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijoriy yoki notijoriy manfaatlari).

    1. Tashkilot korrupsiyaviy harakatlar haqida axborot berishga mo‘ljallangan aloqa kanallarining ishini quyidagi tamoyillar asosida tashkil etadi:

    Konfedensiallik va xavfsizlik – aloqa kanallaridagi xabarlardan foydalanishga ruxsat berilgan Tashkilotning barcha vakolatli shaxslari ushbu xabarlarni vakolatga ega bo‘lmagan shaxslarga berish (oshkor qilish) ga haqqi yo‘q. Agar murojaatchi o‘z xabarini yuborganligi xaqida boshqa xodimlarga yoki uchinchi shaxslarga o‘z xohishiga ko‘ra, jumladan, extiyotsizligi natijasida oshkor qilgan bo‘lsa, Tashkilot uning oshkor bo‘lishiga javobgar bo‘lmaydi;

    qonuniylik – Tashkilot aloqa kanallariga kelib tushadigan xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, qayta ishlash va ko‘rib chiqish qat’iy ravishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari va ushbu Reglamentga muvofiq amalga oshiriladi;

    murojaatchining ta’qib qilinmasligi – aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy harakatlar haqida o‘z xohishiga ko‘ra xabar bergan jismoniy va yuridik shaxs, xususan Tashkilot xodimi xabarning mazmunidan qat’i nazar biron-bir javobgarlikka tortilmaydi;

    murojaatchi bilan majburiy tartibdagi qayta aloqa – agar xabar anonim bo‘lmasa, uni ko‘rib chiqish natijalari Tashkilot tomonidan murojaatchiga yetkazilishi lozim;

    ta’sir choralarini qo‘llashning majburiyligi – korrupsiya fakti tasdiqlangan taqdirda, Tashkilot aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq harakat qiladi.

     

    2-bob. Korrupsiyaga oid harakatlar haqida axborot berish uchun aloqa kanallari

     

    1. Taaluqli xabar quyidagi aloqa kanallaridan yuborilishi mumkin:

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (https://pm.gov.uz/) orqali;

    Tashkilotning rasmiy veb-sayti yoki elektron pochtasi orqali;

    Tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari  (misol uchun Facebookdagi rasmiy sahifasi (https://www.facebook.com/_______)) orqali;

    Tashkilotning telefon raqamlari orqali (ishonch va boshqa ish telefon raqamlari orqali);

    Tashkilotning telegram boti (@______ _bot)

    Tashkilotga og‘zaki (shaxsan) murojaat qilish;

    huquqni mahofaza qiluvchi organlar orqali;

    mazkur Reglamentda ko‘rsatilmagan boshqa aloqa kanallari.

    1. Tashkilot aloqa kanallari to‘g‘risidagi axborotni rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqdagi sahifa va kanallariga joylashtiradi, shuningdek, xodimlarga davriy ravishda yuboriladigan elektron xatlar tarqatmalariga va o‘quv materiallariga kiritadi, Tashkilot binosida joylashtiriladigan tematik plakatlar va hokazolarda aks ettiradi.

     

    3-bob. Aloqa kanallari orqali kelib tushayotgan taaluqli xabarlarni qabul qilish

     

    1. Tashkilotning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi (keyingi o‘rinlarda – Ichki nazorat tuzilmasi) Tashkilotning aloqa kanallaridan kelib tushgan taaluqli xabarlarni ko‘rib chiqishga mas’ul hisoblanadi.
    2. Tashkilotning quyidagi aloqa kanallaridan kelib tushgan taaluqli xabarlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom va Tashkilotning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablarida nazarda tutilgan tartibda ro‘yxatga olinadi va rezolyutsiya uchun Tashkilot rahbariga chiqariladi:

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali;

    Tashkilotning rasmiy veb-sayti yoki elektron pochtasi orqali;

    Tashkilotning telefon raqamlari orqali (ishonch va boshqa ish telefon raqamlari orqali);

    Tashkilotga og‘zaki (shaxsan) murojaat qilish;

    huquqni muhofaza qiluvchi organlar orqali.

    1. Tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari hamda telegram boti orqali kelib tushadigan xabarlarni qabul qilish uchun Ichki nazorat tuzilmasi mas’ul xodimi tayinlanadi.

    Bunda, taaluqli xabar kelib tushganda Ichki nazorat tuzilmasi mas’ul xodimi murojaatchi bilan elektron yozishma yo‘li bilan yoki telefon orqali bog‘lanib zarur axborotni aniqlashtiradi, xabarni Reestrda ro‘yxatga oladi va ma’lumotni Tashkilot rahbariga kiritadi.

    Ichki nazorat tuzilmasi mas’ul xodimi kelib tushadigan xabarlarni dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 18:00 ga qadar tahlil qiladi. Agar xabar ish vaqtidan tashqari paytda kelib tushsa, bu xabar navbatdagi ish kunida aniqlashtirish uchun saqlanadi.

    1. Agar murojaatchi o‘z xabarini tasdiqlash uchun qo‘shimcha materiallarga, masalan, fotomateriallar, hujjatlar, audio va videoyozuvlarga ega bo‘lsa, murojaatni qabul qilishga mas’ul xodim ularni taqdim etish bo‘yicha foydalaniladigan aloqa kanallarini (telegram boti yoki elektron pochtasi)ni ko‘rsatadi va taqdim etiladigan ma’lumotni konfedensialligini bildiradi. Mazkur ma’lumotlar taaluqli xabarga ilova sifatida rasmiylashtiriladi.
    2. Tashkilot rahbari taaluqli xabarni tezkorlik bilan tahlil qilish
      va ko‘rib chiqish uchun Tashkilotning Ichki nazorat tuzilmasiga topshiriq tushiradi.
    3. Tashkilotning Ichki nazorat tuzilmasi taaluqli xabarni olgandan keyin
      1 (bir) soat ichida uni ilovaga muvofiq shaklda Tashkilotda korrupsiyaga oid harakatlar haqidagi xabarlarni qabul qilish reestrida (keyingi o‘rinlarda – Reestr) ro‘yxatga olishi va ushbu Reglamentning 4-bobiga muvofiq ko‘rib chiqishi lozim.
    4. Tashkilot murojaatchilarga xodim tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy xarakatlar to‘g‘risida anonim xabarlar qoldirish imkoniyatini beradi.

    Anonim xabar kelib tushgan taqdirda Tashkilotning ma’sul xodimi, imkon mavjud bo‘lgan taqdirda, quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

    Tashkilotga kelib tushgan xabarga javob berish uchun murojaatchi bilan bog‘lana olmasliklari mumkinligi haqida ma’lum qilishi;

    qo‘shimcha zarur ma’lumot olish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda xabarni to‘liq va har tomonlama o‘rgana olmasliklarini bildirishi;

    murojaatchiga u bilan bog‘lanish uchun anonim aloqa kanali tashkil qilishni taklif qiladi (shaxs ko‘rsatilmagan elektron pochta manzili, Telegramdagi maxfiy chat va.b.);

    Murojaatchi o‘z arizasidan voz kechmagan taqdirda, mazkur Reglamentda nazarda tutilgan tartibda xabarni qabul qilishi shart.

    1. Tashkilot xodimlari tomonidan olingan xabarlarni ko‘rib chiqish jarayonida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etishning sabab va sharoitlari ham tahlil qilinadi va kelgusida ularning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi.
    2. Olingan xabarlar bo‘yicha barcha taaluqli materiallar, hujjatlar
      va ma’lumotlar (shu jumladan, qabul qilingan qarorlar va murojaatchilarga yuborilgan javoblar) Murojaatlar bilan ishlash tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddatga, shu bilan birga 10 yildan kam bo‘lmagan muddatga saqlanishi kerak.
    3. Taaluqli xabar tashkilotning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarga kelib tushgan taqdirda, uni qabul qilgan mas’ul xodimlar zudlik bilan yozma shaklda hududiy (tarkibiy) bo‘linma rahbari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ulni (mavjud bo‘lsa) kelib tushgan xabar to‘g‘risida xabardor qiladi, ular o‘z navbatida ushbu xabarni Tashkilotning markaziy apparatidagi Ichki nazorat tuzilmasiga yuboradi. Ichki nazorat tuzilmasi olingan xabarni 11-bobida bayon etilgan tartibga muvofiq ko‘rib chiqadi.
    4. Tashkilotning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari o‘zlarining Reestrini yuritadi.

     

    4-bob. Korrupsiyaviy harakatlar haqidagi xabarlarni ko‘rib chiqish

     

    1. Ichki nazorat tuzilmasiga kelib tushgan barcha taaluqli xabarlar ushbu tuzilmaning mas’ul xodimlari yoki Tashkilot rahbari topshirig‘iga asosan boshqa bo‘linmalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
    2. Korrupsiyaviy harakatlari to‘g‘risidagi xabarlarni ko‘rib chiqish jarayoniga, harakatlari ustidan taaluqli xabar kelib tushgan yoki ko‘rib chiqish jarayonida manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xodimlarni jalb qilish man etiladi.
    3. Taaluqli xabar kelib tushganda Ichki nazorat tuzilmasi xodimi dastlabki tekshirish o‘tkazib, uning taaluqliligini tahlil qiladi, ya’ni xabarda ko‘rsatilgan ma’lumotning Tashkilot tizimiga taaluqli korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka va (yoki) manfaatlar to‘qnashuviga tegishliligini tekshiradi.

    Dastlabki tekshirish taaluqli xabar Ichki nazorat tuzilmasiga kelib tushgan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    1. Mazkur Reglamentning 19-bandida nazarda tutilgan dastlabki tekshirish natijalaridan qat’i nazar, bu haqdagi axborot Reestrga kiritiladi.
    2. Agar Ichki nazorat tuzilmasi xodimi xabar taaluqli emas degan xulosaga kelsa, bu xabar bir ish kuni ichida Tashkilotning tegishli tuzilmasiga bildirgi asosida o‘tkazilishi lozim.
    3. Agar xabarda korrupsiyaviy harakatlar va (yoki) manfaatlar to‘qnashuvi haqida ma’lumot hamda xizmat tekshiruvini o‘tkazish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, Ichki nazorat tuzilmasi xodimi ichki idoraviy hujjatda belgilangan tartibda xizmat tekshiruvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi.
    4. Taaluqli xabarlarni mazmunan ko‘rib chiqish Tashkilotga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oy ichida, tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari, tashkilotning rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga
      (anonim murojaatlardan tashqari) xabar qilinadi.
    5. Murojaatga javob Ichki nazorat tuzilmasi tomonidan tayyorlanib, tashkilot rahbari imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
    6. Taaluqli xabarlarni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra o‘rganish natijalari
      va qo‘llanilgan ta’sir choralari ko‘rsatilgan javob xati tayyorlanadi va belgilangan tartibda murojaatchiga yuboriladi.
    7. Ijtimoiy tarmoqdagi kanal va sahifalar va telegram-bot orqali kelib tushgan taaluqli xabarga javob murojaatchiga elektron shaklda ijtimoiy tarmoqdagi kanal va sahifalar yoki telegram-bot orqali yuboriladi.

     

    5-bob. Hisobdorlik

     

    1. Reestrdan Ichki nazorat tuzilmasi xodimlari, xabarlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etgan tegishli boshqa davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari
      (faqat shunday xabarlarga doir), Tashkilot rahbari yoki rahbarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishini nazorat qiluvchi o‘rinbosari foydalanishi mumkin.
    2. Reestr ma’lumotlari asosida Ichki nazorat tuzilmasi har chorakda Tashkilot rahbariga qabul qilingan korrupsiyaviy harakatlar to‘g‘risidagi xabarlarga taalluqli bo‘lgan hisobotni taqdim etadi va unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

    kelib tushgan taaluqli xabarlar va ko‘rib chiqilgan taaluqli xabarlar soni;

    korrupsiyaviy harakatlar, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari tasdiqlangan taaluqli xabarlar soni;

    ko‘rib chiqish muddatlari buzilgan taaluqli xabarlar soni;

    taaluqli xabarlarni ko‘rib chiqishning o‘rtacha muddati;

    murojaatchilar tomonidan eng ko‘p foydalaniladigan aloqa kanallari va boshqa statistik ma’lumotlar.

     

    6-bob. Yakuniy qoida

     

    1. Mazkur Reglament talablarini buzish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
    2. Mazkur Reglament, murojaatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqilishi lozim.……………………………………………………………………

     

    Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, hududiy va tasarrufiy tashkilotlarga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy
    xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish hamda ko‘rib chiqish reglamentiga ilova

                                                                                                                                                                                    

    Tashkilotda korrupsiyaga oid harakatlar haqidagi xabarlarni qabul qilish

    REESTRI

     

    T/r

    Xabar kelib tushgan sana

     

    Hudud

     

    Xabarning toifasi (korrupsiyaviy xatti-harakat, manfaatlar to‘qnashuvi)

    Murojaatlar bilan ishlash tizimida ro‘yxatga olingan sana va raqami

    Xabar yuboril-gan aloqa kanali

    Murojaatchi ma’lumotlari (jismoniy yoki yuridik shaxs, qayta aloqa ma’lumotlari)

    Xabarning qisqacha mazmuni

    Xabar taaluqli bo‘lgan tuzilma

    Ko‘rib chiqish natijalari

    qanoatlantirildi/ tushuntirish berildi/ ko‘rmasdan qoldirildi

    Murojaatchiga javob yuborilgan sana va xat raqami

    Ijrochi

     

    Xabarni ko‘rib chiqqan tuzilma rahbari

    Izoh

    1.

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

    2.

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

    ...

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

    09.01.2024
    Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, hududiy va tasarrufiy tashkilotlarga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish REGLAMENTI
  • Kambag‘allikni qisqartirish

    va bandlik vazirining

    2023-yil “20” iyuldagi

    121-son buyrug‘iga

    1-ilova

     

     

    O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida

    NIZOM

     

    1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish
      va bandlik vazirligi (keyingi o‘rinlarda “Vazirlik” deb yuritiladi) ning sohadagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishning nazorat qilinishini ta’minlash, aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish, vazirlik va uning quyi organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalariga ko‘ra hujjatlarni rasmiylashtirish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilish tartibini belgilaydi.
    2. Vazirlik va uning quyi organlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 322 va 326-moddalariga muvofiq nazorat tadbirlari natijasiga ko‘ra jinoyat alomatlari tarkibi aniqlangan taqdirda bunday materiallarni, dalolatnoma yoki ma’lumotlarni ular rasmiylashtirilgandan so‘ng 30 kundan kechiktirmasdan tegishli mansabdor shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilishi lozim.
    3. Quyidagilar jinoyat tarkibi alomatlarni aniqlash mezoni hisoblanadi:

    bila turib, noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatish, shundan qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, ayolni hamiladorligi yoki yosh bolani parvarish qilayotganlarni bila turib, uni ishga olishdan g‘ayri qonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo‘shatish holatlari bo‘yicha;

    voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki
    odob-axloqiga ziyon yetkazilishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, shundan qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etish;

    qonunda nazarda tutilgan xollardan tashqari, mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, shunday qilmishlar uchun ma’umuriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etish;

    texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir tan jarohati yetkazilishi, o‘lim va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘yilishi;

    aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilishni bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ortiq miqdorda hamda ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda sodir etish;

    mansab soxtakorligi va hujjatlarni qalbakilashtirish;

    mansabdor shaxslarning harakatlarida Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi alomatlari mavjud bo‘lgan boshqa hollar.

    1. Vazirlik va uning quyi tizimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuboriladigan hujjatlar ro‘yxati:
    2. a) quyidagilarni majburiy ko‘rsatgan holda dalolatnoma yoki ma’lumotnoma;

    nazorat obyektining to‘liq nomi, nazorat tadbiri bilan qamrab olingan davr uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor (mas’ul) shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;

    qonun hujjatlarning buzilgan normalarini aniq ko‘rsatgan holda taftish, tekshirish va o‘rganish paytida aniqlangan qoidabuzarliklar va kamchiliklar faktlari (o‘qilganda qonun hujjatining qaysi talabi, moddasi va bandlari buzilganligini aniq tushunish bo‘lishi uchun kamchilik yoki qoidabuzarlikning har bir turi yetarli darajada aks ettirilgan holda bayon etilishi hamda dastlabki aniqlangan qoidabuzarliklar summasini matematik usulda hisoblash imkoni bo‘lishi kerak);

    1. b) mas’ul shaxs bilan tuzilgan to‘liq moddiy javobgarlik haqidagi shartnomalarning tegishli tarzda tasdiqlangan nusxalari (mavjud bo‘lgan taqdirda);
    2. v) nazorat obekti ustavining (nizomining) nusxasi;
    3. g) qonun hujjatlarini buzilganligini tasdiqlovchi moliya-buxgalteriya, to‘lov
      va boshqa hujjatlarning asli yoki tegishli tarzda tasdiqlangan nusxalari (hujjatlarning asli yoki tasdiqlangan nusxalarini taqdim qilish imkoniyati bo‘lmaganda hujjatlarning ko‘chirma nusxalari taqdim qilinadi);
    4. d) mansabdor (mas’ul) shaxslarning ularga qo‘yilgan qonunbuzilishlar mazmuni bo‘yicha nazorat tadbiri davomida (yakuni bo‘yicha) taqdim etgan yozma tushuntirishlarining (e’tirozlarining) asl nusxalari yoki nazorat obyekti mansabdor (mas’ul) shaxslarining aniqlangan qonunbuzilish faktlari bo‘yicha tushuntirish berishdan bosh tortganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar;
    5. y) nazorat obyektining mansabdor (mas’ul) shaxsi tomonidan keltirilgan vajlari (yozma e’tirozlari), qonunbuzilishlar fakti bo‘yicha tuzilgan mansabdor shaxs (shaxslar)ning xulosasi;
    6. j) nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma yoki ma’lumotnomalarning bir nusxasi nazorat obyekti mansabdor shaxsi ushbu hujjatlarni imzolashdan yoki qabul qilishdan bosh tortgan hollarda nazorat obyektiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat.

    Shuningdek, nazorat tadbirida aniqlangan qoidabuzarlik va kamchiliklar faktlarini tasdiqlash maqsadida hujjatlarga boshqa materiallar ham ilova qilinishi mumkin.

    1. Nazorat tadbiri materiallari huquqni muhofaza qiluvchi organlariga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri yoki uning o‘rinbosarlari, hududiy bosh boshqarmalar, tasarrufiy tashkilotlar hamda tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari tomonidan aloqa xati bilan yuboriladi.
    2. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va uning quyi tizimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari so‘roviga ko‘ra nazorat tadbiriga taaluqli bo‘lgan boshqa hujjatlar ham taqdim qilinadi.
    3. Mazkur Nizom talablariga so‘zsiz rioya etilishiga Kambag‘allikni qisqartirish
      va bandlik vazirining o‘rinbosarlari (tegishli holat bo‘yicha), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tasarrufiy tashkilotlar rahbarlari, tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari shaxsan mas’uldir.
    4. Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish sohasida:

    Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

    zimmasiga qonun hujjatlari bilan yuklatilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar yuboradi va ularning so‘rovlariga javob berishda ishtirok etadi;

    korrupsiyaviy jinoyatlarni bartaraf qilish yoki tergov qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi vakolatli organlar vakillariga ko‘mak beradi.

                                         

    20.07.2023
    Ўзбекистон Республикаси Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлигининг ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар билан ҳамкорлик қилиш тартиби тўғрисида НИЗОМ
    yuklab olish:
  • 24.08.2022
    Korrupsiya qarshi kurash
  • 24.08.2022
    Korrupsiya umr zavoli
fikr almashish: