Korrupsiyaga qarshi kurashish


馃椆 Xodimlar xatti-harakatiga oid korrupsiyani oldini olish bo‘yicha murojaat

Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi, 2003-y.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi "O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5729-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-2752-son Qarori

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘RQ-419-son Qonuni

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zR 22.09.1994 y. 2012-XII-son Qonuni bilan tasdiqlangan)

 

«Korrupsiyaga befarq bo‘lmasligimiz kerak», — AOKA direktori

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev "Facebook"dagi sahifasida Bosh prokuraturada Korrupsiyaga qarshi kurashda idoralararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi haqida post qoldirdi.

«Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurash e始lon qilganda, ayrimlar hayolida yana katta minbarda aytilgan umumiy gap, degan fikr paydo bo‘ldi, ayrimlar esa buni oxirgi ogohlantirish sifatida jiddiy qabul qilmadi. Lekin oxirgi yil natijalari, korrupsiyaga qarshi e始lon qilingan kurash — Yangi O‘zbekiston — ochiq O‘zbekiston amaliyotiga to‘liq mos kelishini ko‘rsatdi. Davlat tashkilotlari hamda tadbirkorlikning barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib borilayotganligi namoyon etildi.

Qancha rahbarlar va tadbirkorlar o‘zlarining qilmishlariga yarasha jazo oldilar va eng muhimi (!!!) bu holatlar ochiqdan ochiq OAV orasida keng muhokama qilinishi boshlandi. Bundan bir necha yil oldin bunaqa qing‘ir ish uchun jazo belgilanganda bu ishlar oshkor qilinmasdan yopdi-yopdi bilan o‘tib ketardi va natijada xalq nima uchun u yoki bu rahbar, tadbirkor ishdan ketganiga turli taxminlarni bildirardi.

Lekin bu kurashda biz ham befarq bo‘lishimiz kerak emas. Yangicha fikrlashga tezroq o‘tishimiz kerak, korrupsiyaga undovchi omillarni ochiqchasiga muhokama qilib biz ham umumiy kurashga qo‘shilishimiz kerak. Maishiy korrupsiyaga befarq bo‘lmasligimiz zarur. Nima uchun yangicha fikrlash muhim — yoshlarimizda hashamatli uy-joy va mashinani “amallagan”, dabdabali to‘y-hashamlarni ko‘z-ko‘z qiladigan va ishga-o‘qishga kirishda “tanklar” borligidan faxrlanishlariga chek qo‘ymog‘imiz kerak.

Endi vaziyat o‘zgardi. Ochiqlik prinsipi e始lon qilindi. Endi aybdorlar nafaqat jinoiy javobgarlikka tortilyapti, balki butun xalq oldida ismi va kirdikorlari oshkor etilib, tegishli bahosi berilyapti. Ushbu jinoyatlarni ochiqdan-ochiq e始lon qilib, korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlarni yakuniga yetkazish hamda ularning ildizlariga bolta urish uchun davlat rahbarimizda katta istak va kuchli siyosiy iroda mavjudligi ko‘ryapmiz», — deb yozgan AOKA rahbari.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020 yil 21 oktyabrdagi

195-ICH-son buyrug‘iga

1-ilova

 

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish

S I Y O S A T I

 

1-bob. Umumiy qoidalar

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati (keyingi o‘rinlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati deb yuritiladi) xodimlar orasida hamda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish maqsadida mehnat organlarining yuqori axloqiy me始yorlarga sodiqligini, shuningdek, mehnat organlarining xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslikni aks ettiradi.

2. Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari – Foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablarini inobatga olgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va yetakchi xalqaro amaliyot asosida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.

3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik deb yuritiladi) hududiy va tarkibiy tuzilmalari ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati faoliyatining ahamiyatini hisobga olgan holda qabul qilishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini, mavjud bo‘lgan korrupsiya xavfi, tajribasi va mavjud manbalari asosida ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari lozim.

4. Vazirlikning markaziy apparati, hududiy va TASARRUFIY tashkilotlarda (keyingi o‘rinlarda – mehnat organlari va TASARRUFIY tashkilotlar deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

mehnat organlari va TASARRUFIY tashkilotlarda korrupsiyani tubdan yo‘qotishga erishish;

aholining bandlik va mehnat munosabatlari sohasidagi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish;

mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini ta始minlash.

5. Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati Vazirlikning ichki hujjati sifatida yuqorida ko‘rsatilgan asosiy maqsadlarga erishish uchun mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatida korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga barham berishga qaratilgan asosiy talablar va tamoyillarni belgilab beruvchi asos hisoblanadi.

6. Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatning talablari egallab turgan lavozimi va bajaradigan vazifa va funksiyalaridan qat始iy nazar Vazirlik bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan barcha xodimlarga, shu jumladan, hududiy mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlariga tadbiq etiladi.

7. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarga ishga qabul qilinayotgan har qanday shaxs ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati bilan imzo qo‘ygan holda tanishishga va uning qoidalariga rioya qilishga majbur.

8. Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qo‘llaniladi:
ish jarayonidagi mehmondo‘stlik belgilari – mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari manfaatlarida faoliyat davomida hamkorlik o‘rnatish va (yoki) qo‘llab-quvvatlashga aloqador xarajatlar, 
shu jumladan, ishbilarmonlik bilan bog‘liq kechki ovqat, transport va yashash xarajatlarini qoplash bilan bog‘liq xarajatlar va h.k.;
korrupsiyaga qarshi kurashish talablari buzilganligi to‘g‘risida vijdonan xabar berish – mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimi tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etilganligi 
(sodir etishga suiqasd qilinganligi) to‘g‘risida ruxsat etilgan aloqa kanallari orqali asosliligiga ishonch hosil qilgan holda yo‘llagan murojaat;
kontragent (shartnomaviy sherik) – mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) 
kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs;
korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi,
xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaviy harakatlar – xodim tomonidan pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali porani ya始ni pul, 
qimmatbaho qog‘ozlar, boshqa mol-mulkni, mulkiy tusdagi xizmatlarni, boshqa mulkiy huquqlarni olish, talab qilish, taklif qilish, va始da qilish va berish, shuningdek, pora berish va (yoki) olishda
vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, xodim tomonidan pora olish yoki huquqqa xilof boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya belgilariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi – qo‘llaniladigan amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlarni korrupsiyaviy jihatdan buzilishini bartaraf etish, mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar
xodimlari tomonidan yuqori darajada kasbiy va axloqiy faoliyat olib borishlarini ta始minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui;
korrupsiyaviy xavf-xatar – mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari yoki uchinchi shaxslar tomonidan mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar nomidan va (yoki) 
ularning manfaatlarini ko‘zlab korrupsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etish ehtimoli va xavfi;
manfaatlar to‘qnashuvi – mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi, uning xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta始sir 
ko‘rsatayotgan yoxud ta始sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda xodimning shaxsiy manfaatdorligi bilan mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga
kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;
rasmiyatchilikni soddalashtirish uchun to‘lovlar – belgilangan tartib-taomillar bajarilishini ta始minlash yoki tezlashtirish, tegishli qonunchilik, normalar va qoidalarda nazarda tutilmagan 
harakatlar sodir etish uchun g‘ayriqonuniy ravishda beriladigan pul mablag‘lari, mol-mulk, mulkiy huquqlar, xizmatlar va boshqa moddiy yoki nomoddiy naf;
xodimning shaxsiy manfaatdorligi – mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimi tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar 
tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta始sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa mol-mulk,
boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlari);
xodim – mehnat organi bilan mehnat munosabatlariga kirishgan shaxs;
yaqin qarindoshlar – ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar va opa-singillar, er (xotin), farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolar, buvilar, nevaralar, 
shuningdek erning (xotinning) ota-onasi;

2-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari

9. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi:

qonuniylik – mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jahonda tan olingan amaliyotni hisobga olgan holda hamda Vazirlik tizimining belgilangan ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;

korrupsiyaga toqatsizlik – mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar o‘z faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning har qanday shakllari va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatda bo‘ladi. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning xodimlariga korrupsiyaviy xavf-xatar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan faoliyatda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish taqiqlanadi;

ochiqlik va shaffoflik – Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari
va kontragentlarini, keng jamoatchilikni xabardor qilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning preventivligi, tizimliligi va o‘zaro bog‘liqligi – mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishiga va korrupsiyaviy xavf-xatarlarga ko‘maklashuvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va tartib-taomillar aniqlangan xavf-xatarlar darajasiga muvofiq keladi hamda mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning barcha funksiyalari va yo‘nalishlariga integrasiya qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga birlashtirilgan;

korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi – korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan Vazirlik tizimi xodimlari o‘zining maqomi va egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar Vazirlikning ichki hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar;

texnika taraqqiyotining yutuqlaridan foydalanish – mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratishda ilm-fan taraqqiyotining so‘nggi yutuqlaridan, shu jumladan, integrasiyalashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanishga intiladi;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyatga murojaat qilish – Vazirlik tizimining har bir xodimi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganligi to‘g‘risida ishonchli va asosli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda belgilangan choralarni ko‘rish uchun to‘sqinliksiz idora rahbari va Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga murojaat qilishi mumkin;

fuqarolik jamiyati vakillari bilan o‘zaro hamkorlik – mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar o‘zlariga yuklatilgan funksiyalarni bajarishda faoliyatini halollik, xolislik va mustaqillik asosida mustaqil nazorat qilish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillarini jalb etadilar;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish – korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini monitoring va nazorat qilish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni amalga oshirish natijalariga ko‘ra mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligini to‘xtovsiz ravishda kuchaytirish choralarini ko‘radilar.

 

3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimning elementlari

10. Korrupsiyaga “mutlaqo toqatsizlik” tamoyiliga tayangan holda mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning barcha xodimlariga korrupsiya bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarda ishtirok etishi, ya始ni pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat qilishi yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora, ya始ni pullar, qimmatbaho qog‘ozlar, boshqa mol-mulk, mulkiy tusdagi xizmatlarni berishni talab qilish, tovlamachilik qilish, va始da berish va pora berish, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, shaxs tomonidan pora olish yoki g‘ayriqonuniy boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanishi qat始iyan taqiqlanadi.

11. Quyidagilar mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosiy elementlari hisoblanadi:

a) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy ichki hujjatlar mavjudligi, ya始ni mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosini:

Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarining odob-axloq qoidalari;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizomda aks ettirilgan tamoyillar va talablarni tashkil etadi;

b) “Yuqoridan quyiga munosabat” – Yuqori darajada rahbarlik namunasi:

mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari o‘ziga bo‘ysunuvchilar, fuqarolar
va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda halol, adolatli va mustaqil xulq-atvor namunasi bo‘lishlari kerak;

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, vazir o‘rinbosarlari, mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar rahbarlari korrupsiyaga qarshi kurashish samarali tizimni yaratish va amalga oshirishda quyidagilar orqali yetakchilikni namoyish etadilar:

mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatining xavf-xatarga ega funksiyalari (yo‘nalishlari)ga korrupsiyaga qarshi kurashish samarali chora-tadbirlar va tartiblarni joriy etish, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi/yo‘l xaritasini ishlab chiqish va uning ijrosini nazorat qilish orqali ko‘maklashish;

o‘z mansab majburiyatlarini bajarish doirasida, mehnat organlari
va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarida korrupsiyaning barcha shakllari
va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik normalari va qabul qilingan ichki hujjatlarga rioya qilish va axloqiy xulq-atvor yuzasidan shaxsan namuna sifatida namoyon bo‘lish;

v) korrupsiyaviy xavf-xatarni aniqlash va baholash:

mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar funksiyalarining xususiyati, tashkiliy tuzilmasi, jamiyat va boshqa shaxslar bilan o‘zaro faoliyat olib borishiga hamda boshqa ichki va tashqi omillarga bog‘liq holda o‘z faoliyatiga xos bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanadi va baholanadi;

korrupsiyaviy xavf-xatarni aniqlash va baholash doirasida mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatining barcha sohalari korrupsiyaviy xavf-xatarga ko‘proq uchraydigan funksiyalarni aniqlash maqsadida tahlil qilinadi, ularda mavjud bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilishning barcha shakllari va tartib-taomillari aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish uchun yetarliligi jihatidan tahlil qilinadi. Xavf-xatarlarni aniqlash va baholash jarayonida Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” sho驶basi (keyingi o‘rinlarda - “Komplayens nazorat” sho驶basi deb yuritiladi)ning faol qo‘llab-quvvatlashi va nazorati ostida mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning tegishli rahbarlari, korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi shaxslar ishtirok etadi;

mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning korrupsiyaviy harakatlarga “mutlaqo toqatsizlik”ni hisobga olgan holda mehnat organlari korrupsiyaviy xavf-xatarlarning yuzaga kelish ehtimoli va ta始sir qilish darajasidan qat始i nazar ularni boshqarish zaruratini tan oladi;

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash yiliga kamida bir marta amalga oshiriladi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri va mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi shuningdek, aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlar va tartib-taomillar mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarida aks ettiriladi.

g) korrupsiyaga qarshi kurashish uchun mas始ul shaxslar va bo‘linmalar:

Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tizimni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlikning markaziy apparatida korrupsiyaga qarshi kurashishni shakllantirish va nazorat qilish jarayoni uchun mas始ul bo‘lgan alohida tarkibiy tuzilma – “Komplayens nazorat” sho驶basi tashkil etilgan;

“Komplayens nazorat” sho驶basi vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda yetarli darajada mustaqillikka va muhim resurslarga ega bo‘lib, bevosita Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga bo‘ysunadi va o‘z faoliyatini vazir tomonidan tasdiqlangan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” sho驶basi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni samarali
va o‘z vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun  hududiy va tasarrufiy tashkilotlarda ruxsat etilgan lavozimlarga korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish funksiyasi yuklatilishi mumkin. Korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish funksiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari hamda bo‘ysunuvdagi muassasalarda yuqori darajada korrupsiyaviy xavf-xatarga ega bo‘lmagan, shuningdek, yetarli darajada mustaqil bo‘lgan xodimiga yuklatiladi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari hamda bo‘ysunuvdagi muassasalarning korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchilari korrupsiyani bartaraf etish choralarini ko‘radi, shu bilan birga, o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida “Komplayens nazorat” sho驶basi bilan hamkorlik qiladi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning Kadrlar ishlariga mas始ul tuzilma (boshqarma, bo‘lim/inspektor) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalariga muvofiq belgilangan tartibda va hajmda xodimlar va aloqador shaxslarning yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma始lumotlarni o‘z vaqtida va tizimli yig‘ish, tahlil qilish va yangilab borish uchun javobgar bo‘ladi;

Bundan tashqari, mehnat organining odob-axloq komissiyalari xodimlar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Kadrlar ishlariga mas始ul tuzilma (boshqarma, bo‘lim/inspektor)dan kelib tushgan ma始lumotlarni ko‘rib chiqadi va (manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinmagan hollarda) uni hal qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi yoki aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning yetarliligi yoxud yetarli emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek, mehnat organlari
va tasarrufiy tashkilotlar tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi masalalarini ko‘rib chiqadi. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish doirasida Kadrlar ishlariga mas始ul tuzilma (boshqarma, bo‘lim/inspektor) va Odob-axloq komissiyalari (yoki shunga o‘xshash komissiyalar) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom asosida ish yuritadi;

d) aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarni minimallashtiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashish choralari:

mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar o‘z faoliyati
va funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarli yo‘nalishlarda umumiy nazorat muhitini va korrupsiyaga qarshi kurashish nazorat hamda tartib-taomillarni o‘z ichiga oluvchi korrupsiyaga qarshi kurashishning komplayens tizimini joriy etadilar.

Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish va tartib-taomillarning samaradorligi, jumladan, ularning aniqlangan xavf-xatar darajasiga mutanosibligi, mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari uchun qat始iyligi
va aniqligi, fuqarolik jamiyati uchun shaffofligini ta始minlashga intiladilar;

Amalga oshiriladigan tadbirlar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha nazorat choralari va tartib-taomillar mehnat organlari
va tasarrufiy tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi/rejasi/yo‘l xaritasida aks ettiriladi hamda tegishli ichki hujjatlarda belgilanadi;

e) axborotlashtirish, kommunikatsiya va maslahat berish:

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish va mehnat organlari
va tasarrufiy tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillari va talablari haqida jamiyatning xabardorligini oshirish maqsadida, mazkur Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati va mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari to‘g‘risidagi asosiy ma始lumotlar ularning Internet tarmog‘idagi rasmiy veb saytlariga joylashtiriladi.

Bundan tashqari, mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish amaldagi qonun hujjatlari normalari
va korrupsiyaga qarshi kurashish joriy etilgan tamoyillar va talablar haqida mehnat organlari xodimlari va boshqa manfaatdor shaxslarni xabardor qilish va tushuntirish bo‘yicha quyidagilar orqali barcha oqilona xatti-harakatlarni amalga oshiradi:

mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarini yiliga kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish asoslari bo‘yicha doimiy va tizimli o‘qitish, shu jumladan, ishga yangi qabul qilinayotgan xodimlarni ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha boshqa ichki hujjjatlar bilan majburiy tartibda tanishtirish bilan birgalikda ularni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha majburiy kurslarda o‘qitish. Korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar uchun mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha ta始lim dasturlari belgilanadi. O‘tkazilgan o‘qish/treninglar haqidagi ma始lumotlar Kadrlar boshqarmasi (bo‘limlari)da qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanadi;

mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari va fuqarolarning korrupsiyaga murosasiz munosabatini shakllantirish bo‘yicha va korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan tematik audio- va videoroliklar hamda boshqa axborot ma始lumotlaridan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlar o‘tkazish;

mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganligi, gumonlar yoki faktlar, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va boshqalar (korrupsiya faktlari haqida xabar berilishi mumkin bo‘lgan usullari to‘g‘risidagi batafsil ma始lumot mazkur Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatining 4-bobida nazarda tutilgan) haqida xabar berilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanallari bilan ta始minlash;

mazkur Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati qoidalarini qo‘llash yoki “Komplayens nazorat” sho驶basi/korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari va tartib-taomillarni amalga oshirish bilan bog‘liq savollar kelib chiqqanda mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlariga maslahatlar berish;

mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarining mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalarni kiritish;

tasdiqlangan rejaga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas始ul shaxs tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish xulq-atvor yuzasidan tashviqotlar o‘tkazish;

kontragentlarni korrupsiyaga qarshi kurashish qabul qilingan talablar va tamoyillar haqida, shu jumladan, ular bilan tuziladigan shartnomalarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus shartlarni kiritish to‘g‘risida xabardor qilish va h.k.;

g) monitoring, nazorat va hisobot:

“Komplayens nazorat” sho驶basi Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilgan chora-tadbirlarning yetarliligi, mutanosibligi va samaradorligini baholaydi hamda doimiy monitoringini olib boradi. O‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarda monitoring
va nazorat qilishning quyidagi tartib-taomillari amalga oshiriladi:

mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar faoliyati
va funksiyalaridagi o‘zgarishlar, ularning tashkiliy-funksional tuzilmasidagi o‘zgarishlar hamda boshqa ichki va tashqi omillarning mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga ta始sirini, mazkur tizimga o‘zgartirish kiritish zaruriyatini tahlil qilish, shu jumladan, uni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta始minlash;

tasdiqlangan rejaga muvofiq samarasiz nazorat va tartib-taomillarni aniqlash uchun ularni to‘g‘rilash va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ishonchliligi va samaradorligini ta始minlash maqsadida tanlov asosida vazirlik tizimidagi funksiyalar va ichki jarayonlarni monitoring qilish;

ichki va (yoki) tashqi tekshiruvlarni o‘tkazish jarayonida mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talablarga rioya qilinishini nazorat qilish;

“Komplayens nazorat” sho驶basi/korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi va boshqa tarkibiy tuzilmalarga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va tegishli tartibda amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish va h.k.

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini nazorat qilish va monitoringi bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari vazir, Vazirlik hay始ati va Vazirlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining yillik hisobotlarida o‘z aksini topadi.

z) huquqbuzarliklarga nisbatan munosabat bildirish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish:

Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatiga amal qilish va Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarga rioya qilish har bir xodim uchun o‘z xizmat majburiyatlarini bajarilishi doirasida majburiydir. Xodimlar belgilangan talab va tartib-taomillarning buzganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar. Bundan tashqari, bevosita rahbarlar o‘z bo‘ysunuvidagi xodimlar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etilganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar;

korrupsiyaga qarshi kurashishga oid belgilangan talablar
va tamoyillarni buzgan mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va asoslarda intizomiy, ma始muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortililadilar;

xodimlar ularni korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarlikni sodir etishga undovchi shaxslarning har qanday murojaatlari to‘g‘risida, shuningdek, boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida o‘ziga ma始lum bo‘lgan har qanday faktlar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” sho驶basiga xabar berishlari shart; 

korrupsiyaga mutlaqo toqatsizlik tamoyilini hisobga olgan holda, Vazirlik tizimida mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etishlari bilan bog‘liq har qanday asosli shubha bo‘yicha xizmat tekshiruvlari O‘zbekiston Respublikasi konunchiligi talablariga muvofiq va ichki hujjatlarda belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini va (yoki) mazkur Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati va mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning boshqa ichki hujjatlarida belgilangan korrupsiyaga qarshi talab va tartib-taomillarni buzgan xodimlar, ularning lavozimi, xizmat muddati va boshqa omillardan qat始iy nazar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida hamda mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan doirada va asoslarda javobgarlikka tortiladilar;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar, ularning sodir etilish sabablari
va shart-sharoitlarini tahlil qiladilar va doimiy asosda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtiradilar;

Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va tekshirish uchun boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat organlari bilan hamkorlik qiladilar.

4-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari

 

§ 1. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish

12. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish va (yoki) mehnat organlari manfaatlarini ifodalash doirasida vijdonlilik va halollik tamoyillariga amal qilishi, shaxsiy manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zlarining xizmat mavqeidan va (yoki) mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning mol-mulkidan foydalanmaslik va manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan vaziyatlardan saqlanishlari lozim.

Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarining o‘zlarining xizmat majburiyatlarini lozim darajada va xolis bajarishlariga, jumladan, xolis qaror qabul qilishga hamda mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning huquqlari, qonuniy manfaatlari, mol-mulki va (yoki) nufuziga ta始sir qiladigan yoki ta始sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatda manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga keladi.

13. Vazirlik tizimining xodimlari ishga qabul qilinishida, boshqa lavozimga o‘tkazilishida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorligi haqidagi ma始lumotlarni har yili va tegishli vaziyatlar/holatlar yuzaga kelishiga qarab oshkor qilishga majburdirlar. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma始lumotlarni oshkor qilish va uni hal qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.

 

§ 2. Sovg‘alar va ish jarayonida mehmondo‘stlik belgilari

14. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlariga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda jismoniy va yuridik shaxslardan biron-bir sovg‘a yoki ish jarayonida mehmondo‘stlikning belgilari, qarz, kafolatlar, kafilliklar, mukofotlar shaklida rag‘batlantirish vositalarini, naqd pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti, qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida moddiy yordam qabul qilish ta始qiqlanadi.

15. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari tomonidan rasmiy delegatsiyalar tarkibida, rasmiy tadbirlarda, jumladan, xorijda olingan har qanday sovg‘alar summasidan qat始iy nazar mehnat organlari yoki tasarrufiy tashkilotlarning mulkiga o‘tkaziladi.

16. Mehnat organlari xodimlariga ularning shaxsi bilan bog‘liq bayramlar (tug‘ilgan kun, bolaning tug‘ilishi, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni)da berilgan, xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sovg‘alar xodimning shaxsi bilan bog‘liq sovg‘alar deb tan olinadi.

17. Bunday sovg‘alarni berishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:

sovg‘alar mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning kamida uch nafar xodimlari ishtirokida berilishi;

sovg‘a berish jaryoni tabrik nutqi bilan birga bo‘lishi, unda sovg‘a berishga sabab bo‘lgan voqea o‘zining aniq ifodasini topgan bo‘lishi;

sovg‘aning umumiy qiymati (barcha soliqlar va yig‘imlarni hisobga olgan holda) 5 (besh) bazaviy hisoblash miqdoridan oshmasligi;

mehnat organining bitta xodimi boshqa xodimga sovg‘a uchun sarflaydigan xarajat summasi, har bir holatda 1 (bitta) bazaviy hisoblash miqdordan oshmasligi kerak.

18. Shubhalar paydo bo‘lmasligi uchun boshqa davlat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari, sheriklar va kontragentlar, ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatining 15 va 16-bandlarida ko‘rsatilmagan boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan har qanday bayram (tug‘ilgan kun, farzand tug‘ilishi, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni va h.k.ni inobatga olgan holda, biroq bu bilan cheklanmasdan) bilan bog‘liq holda olinadigan, ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatining 14-bandida sanab o‘tilgan sovg‘alar va boshqa moddiy boyliklarni olish taqiqlanadi.

19. Vazirlik nomidan xalqaro konferensiyalarda, simpoziumlarda
va boshqa ishbilarmonlik (xizmatga oid) yig‘ilishlarda sovg‘alar berish Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri (yoki uning o‘rinbosarlari)ning buyrug‘i/xarajatlar smetasi bilan amalga oshiriladi.

20. Sovg‘ani qabul qilishning qonuniyligi to‘g‘risida shubha tug‘ilgan har qanday hollarda mehnat organi xodimi “Komplayens nazorat” sho驶basiga maslahat so‘rab murojaat qilishi lozim.

 

§ 3. Xodimlarni tanlash, lavozimdan lavozimga o‘tkazish, moddiy rag‘batlantirish

21. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarini tanlash, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va faoliyatini baholash, shu jumladan mukofot pullarini to‘lash, ustama haqlar va boshqa turdagi mukofotlarni belgilash jarayoni barcha xodimlar uchun shaffof, teng va xolis bo‘lib, ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatining asosiy tamoyillari va talablariga muvofiq keladi.

22. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarda ularning rahbarlari, shuningdek, boshqarma va bo‘lim boshliqlarini mukofotlashga asos bo‘lib xizmat qiladigan, ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini baholash tartibi va mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Ushbu ko‘rsatkichlar xolis, oshkora hamda mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.

 

§ 4. Tekshirishlarni o‘tkazish hamda davlat organlari va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatini o‘rganish

23. Turli xil tekshirishlarni o‘tkazish hamda davlat organlari
va tasarrufiy tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda – “Tekshirish obyektlari”) faoliyatini o‘rganishda vakolatli mehnat organlari xodimlari:

manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi;

obyektni tekshirish bir xodim tomonidan (yakka tartibda) amalga oshirilmasligi;

sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni soxtalashtirish uchun tekshirish obyekti vakillarining savodsizligidan foydalanib qonun hujjatlari normalarini noto‘g‘ri talqin qilmasligi, tekshirilayotgan obyekt xodimlarini aniqlangan faktlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish bilan qo‘rqitmasligi;

tekshirilayotgan obyektning xodimlariga tahdid qilmasligi;

tekshirish predmetiga kirmaydigan masalalar bilan qiziqmasliklari va hujjatlarni so‘ramasliklari.

Vakolatli mehnat organi xodimlari tekshirish davomida aniqlangan har bir huquqbuzarlik holatlariga qonuniy va professional baho berishlari;

agar tekshirish obyekti vakillari vakolatli mehnat organi xodimlariga aniqlangan qonunbuzarliklarni yashirish uchun pora va (yoki) biron-bir moddiy qimmatlik yoki xizmatlarni taklif qilsa, tekshirish guruhi rahbarini darhol xabardor qilishlari;

tekshirish obyekti vakillariga vakolatli mehnat organi xodimlarining axloqiy xulq-avtor tamoyillariga muvofiq xolis munosabatda bo‘lishlari shart.

24. Xizmat majburiyatiga davlat organlari va tashkilotlarini tekshirish kiradigan mehnat organining tarkibiy tuzilmalarida o‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha vakolatli mehnat organi (yoki xodimlari) tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan nizolashish uchun apellyatsiya instansiyalari tashkil etiladi.

 

5-§. Kontragentlar va uchinchi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar 

25. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatining tamoyillari va talablariga zid bo‘lgan har qanday to‘lovlar va (yoki) shu kabi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun mahsulot yetkazib beruvchilarni, pudratchilarni va boshqa uchinchi tomonlarni jalb qilmaydilar.

26. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar kontragentlar bilan munosabatlarda o‘z faoliyatini amalga oshirishida qonuniylik
va shaffoflik tamoyillariga amal qiladilar. Mehnat organlari
va tasarrufiy tashkilotlar tanlashning xolis mezonlaridan foydalanishga asoslangan, mahsulot yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa kontragentlarni tanlab olishning haqqoniy, ochiq va shaffof jarayonini hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi
va sotib olinadigan mahsulotning Vazirlik tizimining ichki hujjatlari bilan tartibga solinadigan bahosini aniqlashning shaffof tartibini ta始minlaydilar.

27. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar kontragent bilan o‘zaro hamkorligida:

ehtimoli yuqori bo‘lgan kontragentning ishonchliligini, shu jumladan o‘tmishda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganligi, mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar davlat xaridlari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi normalari doirasida Vazirlik tizimi xodimlari bilan manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligini tekshiradilar;

ehtimoli yuqori bo‘lgan kontragentni (tanlov, tender g‘olibini
va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid kontragentini) o‘zining korrupsiyaga qarshi tamoyillari va talablari haqida ular bilan tuziladigan shartnomalar matniga korrupsiyaga qarshi maxsus shartlarni qo‘shgan holda xabardor qiladilar.

 

§ 6. Xayriya va homiylik faoliyati 

28. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar qonchilikda nazarda tutilgan hollarda xayriya va homiylikni qabul qilishlari mumkin. Bunday yordamni olgan paytda mehnat organlari manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, mablag‘larni qonunda va (yoki) shartnomada belgilangan maqsadlar uchun samarali sarflanishini ta始minlash, shuningdek Internet tarmog‘idagi o‘zining rasmiy veb-saytlarida yoritish bo‘yicha imkon qadar barcha choralarni ko‘rishlari mumkin.

 

§ 7. “Sirli mijoz” tadbiri

29. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati va tezligini, shuningdek haqqoniy va ochiq tanlov natijalariga ko‘ra tanlab olingan mustaqil tashkilotlar tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga moyilligini aniqlash uchun xizmatlarning haqiqiy oluvchilari sifatida alohida nazorat tadbirlari o‘tkaziladi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida jalb etilgan mustaqil tashkilotlar bunday xizmatlarning sifati, muddatlari, shartlarini, shuningdek, vazirlik tizimi xodimlarining belgilangan axloq qoidalariga, shu jumladan xodimning pora olishga moyilligini belgilab boradi.

30. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar o‘tkazilgan “sirli mijoz” tadbirlari to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqadilar
va korrupsiya xavfi aniqlangan taqdirda xizmat tekshiruvi tayinlash haqidagi tashabbus bilan chiqadilar.

 

§ 8. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatini videotasvirga olish va translyatsiya qilish

31. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarining faoliyatini nazorat qilish uchun mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xonalarida video va audio yozuv kameralari joylashtiriladi, ularning yozuvlari mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning mas始ul xodimlari tomonidan doimiy ravishda kuzatib boriladi.

32. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning rasmiy veb-saytlariga korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan ayrim jarayonlar joylashtiriladi (xususan, xodimlar bilan suhbat o‘tkazish va ularni sinovdan o‘tkazish, komissiya yig‘ilishlari va boshqalar).

 

§ 9. Ichki hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizasi

33. Ichki xujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda hujjatlarda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon yaratadigan korrupsiyaviy omillar kelib chiqishini oldini olish, aniqlash va istisno qilish maqsadida ham ekspertiza o‘tkaziladi.

 

§ 10. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlariga maslahat berish

34. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarida korrupsiyaga qarshi amaldagi qonun hujjatlari talablari, ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati qoidalari yoki mehnat organlarida korrupsiyaga qarshi boshqa chora-tadbirlar va tartib-taomillar bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday savollar bo‘lsa, ular o‘zlarining tarkibiy bo‘linmasi/mehnat organi va (yoki) “Komplayens nazorat” sho驶basiga hamda “+99871-200-06-00” ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

 

5-bob. Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berish

35. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari va boshqa shaxslar, agar ular Vazirlik tizimi xodimlari xatti-harakatlarining qonuniyligi va (yoki) odob-axloqqa muvofiqligi to‘g‘risida shubha tug‘ilsa, korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlari sodir etilishiga gumon yoki sodir etilganligi faktlari bo‘lsa, ular bu haqda vazirlikning foydalanish mumkin bo‘lgan aloqa kanallari orqali xabar berishlari mumkin.

36. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar o‘z vakolatlari
va mavjud imkoniyatlari doirasida huquqbuzarlik to‘g‘risida ishonchli ma始lumot bergan shaxsning maxfiyligini ta始minlaydilar (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).

37. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar o‘z xodimlarining manfaatlarini himoya qiladilar va qasos olishga qaratilgan harakatlarga, shu jumladan ishdan bo‘shatish, lavozimni pasaytirish, kamsitish, bosim o‘tkazish, vazirlik tizimining boshqa xodimlarining shubhali harakatlari yoki ular tomonidan ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatining korrupsiyaga qarshi talablarini buzish ehtimoli haqida xabar bergan shaxslarni ta始qib qilinishiga yo‘l qo‘ymasligini kafolatlaydilar.

38. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni quyidagi aloqa kanallari orqali berish mumkin:

“+99871-200-06-00” telefon raqami va mehnat organlari
va tasarrufiy tashkilotlar tomonidan o‘rnatilgan boshqa telefon raqamlar;

Mehnat vazirligining “t.me/mehnatvazirligi” Telegram kanali;

mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan shakllar;

mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning elektron pochta manzillari;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqni muhofaza qilish organlariga.

39. Vazirlik tizimining aloqa kanallariga kelib tushgan barcha xabarlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va mehnat organlari
va tasarrufiy tashkilotlarning ichki hujjatlariga muvofiq Vazirlik tizimining mas始ul bo‘linmasi yoki xodimi tomonidan xolis tarzda va o‘z vaqtida ko‘rib chiqiladi.

40. Anonim ravishda (faqat mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning Telegram kanallari orqali) yuborilgan xabarlar ham ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. O‘z nomini oshkor qilinmasligini istagan ariza beruvchi bunday holatda quyidagilarni tan oladi:

mehnat organlari xabarga javob berish uchun murojaat etuvchi shaxs bilan bog‘lana olmaydi;

mehnat organlari zarur qo‘shimcha ma始lumotlarni olishning imkoniyati yo‘qligi sababli xabarni to‘liq va har tomonlama tekshirishni amalga oshira olmaydi.

41. Mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar tomonidan kelib tushgan xabarga javob berish uchun murojaat etuvchi shaxs bilan quyidagi holatlarda bog‘lanilmaydi:

to‘liq va keng qamrovli tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma始lumotlarning yo‘qligi;

mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar xodimining qasddan yolg‘on ma始lumotni taqdim etishi ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatini buzilishi va axloqsiz xulq-atvorning namunasi sifatida qaralsa, bunday shaxs esa O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va vazirlikning ichki hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin.

42. Vazirlik tizimida korrupsiya faktlari to‘g‘risida vijdonan xabar bergan mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning xodimlari, agar bu ma始lumotlar tasdiqlangan bo‘lsa, ichki hujjatlarga muvofiq rag‘batlantiriladi.

 

6-bob. Qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar kiritish tartibi

43. Ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati quyidagi hollarda qayta ko‘rib chiqilishi va tuzatilishi kerak:

amaldagi Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati va tartib-taomillarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini keltirib chiqaradigan holda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi o‘zgarganda;

korrupsiyaga qarshi kurashish samarasiz nazorat va tartib-taomillar aniqlanganda va mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirishga zarurat tug‘ilganda;

vazirlik tizimining tashkiliy tuzilmasi va (yoki) mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar tomonidan o‘z vazifalarini bajarishi xususiyatlari va boshqalar o‘zgarganda.

 

 

 

 

***

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining

2020 yil 21 oktyabrdagi

195-ICH-son burug‘iga

2-ilova

 

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish

D A S T U R I

Birinchi bo‘lim. Dasturning asosiy maqsadi va vazifalari

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish Vazirlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

  2. Vazirlik tizimida qonuniylikni ta始minlash, xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta始minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish Dasturning asosiy maqsadidir.

  3. Quyidagilar Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

korrupsiyaga qarshi kurashishda mehnat organlari tuzilmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorligini ta始minlash;

korrupsiyani keltirib chiqaruvchi xavfni baholash va boshqarish;

mehnat organlari xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, tizimda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga, ularni oldini olishga va chek qo‘yishga, oqibatlarini, shuningdek ushbu illatlarga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta始minlash;

korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;

korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni ta始minlash.

Ikkinchi bo‘lim. Dasturning asosiy yo‘nalishlari

2-bob. Vazirlik tizimining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar

  1. Mehnat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi mezonlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish.

  2. Mehnat organlari xodimlarining faoliyatini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan onlayn tartibda baholash tartibini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

  3. Mehnat organlari faoliyatida korrupsiya keltirib chiqarish xatarlari mavjud bo‘lgan sohalarni aniqlash maqsadida fuqarolar o‘rtasida Vazirlikning telegram kanalida va “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida “Korrupsiyani birga yengamiz” mavzusida ijtimoiy so‘rovni o‘tkazish va so‘rov natijalarini tahlil qilib uning omillarini bartaraf etishga qaratilgan “yo‘l xaritalarini” ishlab chiqish.

  4. Vazirlik tizimida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi xavfni aniqlash va boshqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

  5. Vazirlik saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda mehnat organlaridagi vakant ish o‘rinlari hamda nomzodlarga qo‘yilgan talablar haqida ma始lumotlar joylashtirib borilishini ta始minlash.

  6. Mehnat organlari xodimlarining attestatsiyadan o‘tkazilish jarayonida jamoatchilik vakillari ishtirokini, shuningdek, videoyozuv tarzda o‘tkazilishini joriy qilish orqali shaffoflikni ta始minlash.

  7. Mehnat organlarida ishlayotgan xodimlarni joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha masalalarni qayta ko‘rib chiqish. Bunda uzoq vaqt davomida bitta lavozimda ishlab samarali faoliyat olib borayotgan xodimlarni aniqlash
    va ularni kamida bir pog‘ona yuqoriroq lavozimlarga o‘tkazish amaliyotini qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlash.

  8. Mehnat organlari xodimlarining ijtimoiy ahvolini o‘rganib borish tizimini joriy etish. Bunda kam ta始minlangan, nogironligi bo‘lgan va ko‘p bolali xodimlar ro‘yxatini shakllantirish va ularning holidan xabar olib turish hamda zaruriyatga ko‘ra, moddiy jihatdan ta始minlash choralarini ko‘rib borish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

  9. Mehnat organlarida tovar-moddiy boyliklarning adolatli taqsimlanishini ta始minlash mexanizmlarini ishlab chiqish. Bunda xodimlarning ish hajmi va ehtiyojidan kelib chiqib, xizmat avtomobillari va boshqa moddiy boyliklardan foydalanish tartibini belgilash.

  10. Davlat xaridlari bo‘yicha har bir tovar pozitsiyasi kesimida xarid narxlarini viloyatlar va respublika bo‘yicha tahlil qilib borish, narxlarni eng maqbul bo‘lishiga erishish.

  11. Mehnat organlari tizimida xodimlarga haq to‘lash va hisob-kitoblarning to‘g‘riligini monitoring qilish imkoniyatini yaratish, xodimlar uchun shikoyatlar berish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

  12. Mehnat vazirligi va uning tarkibiy bo‘linmalarining
    moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq ma始lumotlarni (davlat xaridlari bilan bog‘liq shartnomalar ro‘yxatini) vazirlik hamda mehnat organlari veb-saytlarida e始lon qilib borish.

  13. Mehnat organlari faoliyatida, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida takliflar tayyorlash.

  14. Mehnat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish
    va tahlil qilish. Bunda murakkab bo‘lgan davlat xizmatlarini soddalashtirish, korrupsiyaviy bo‘shliqlari mavjud bo‘lgan normalarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

3-bob. Vazirlik tizimida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish

  1. Vazirlik tizimida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan, xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va tarqatish.

  2. Mehnat organlari xodimlariga korrupsiyaning jamiyat
    va mamlakat ravnaqi uchun o‘ta salbiy illat ekanligini targ‘ib qilishga qaratilgan o‘quv materiallari tayyorlash va tarqatish.

  3. Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusi doirasida ijtimoiy videoroliklar tayyorlash hamda korrupsiya, halollik, to‘g‘rilik, qonunga hurmat, adolat tantanasi mavzularida targ‘ibot materiallari, didaktik materiallar, multiplikatsion filmlar tayyorlash.

  4. Mehnat organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlarini tashkil qilish.

 

4-bob. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish hamda imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta始minlash

  1. Vazirlikning veb-saytida xodimlar ustidan shikoyat qilish imkonini beruvchi maxsus sahifa ochish, kelib tushgan shikoyatlarni muntazam tahlil qilish va natijalari bo‘yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish.

  2. Mehnat organlari ma始muriy binolarida jismoniy va yuridik shaxslar yoki ularning vakillarini qabul qilishda video va audioga yozib olish tizimini joriy etish orqali shikoyatlar kelib tushishini oldini olish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

  3. Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida korrupsiyaning holatini, uning jihatlarini, ko‘lamini, o‘sish sur始atlarini hamda tendensiyalarini, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini Vazirlik markaziy apparat, hududiy va tasarrufiy tashkilotlar kesimida o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish.

  4. Mehnat organlarida mansabi yuqoriroq bo‘lgan xodimning shaxsiy ishlarini (ko‘chadagi ishlarni bitirtirishi, farzandini ta始lim muassasasidan olib keltirishi va h.k.) amalga oshirishi uchun o‘zidan pastroq lavozimda bo‘lgan xodimga ko‘rsatma berganligi yuzasidan monitoring o‘tkazish rejasini ishlab chiqish va natijasi bo‘yicha tegishli mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish.

  5. Vazirlikka tizimidagi “Ishga marhamat” band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Monomarkaz” va o‘quv muassasalariga hujjatlarni qabul qilishning elektron tizimni yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

  6. Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha tinglovchilar o‘rtasida mashg‘ulotlarni olib borgan professor-o‘qituvchilar haqida anonim so‘rovnomalar o‘tkazish.

  7. Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazida olib borilayotgan tadqiqotlar sifatini o‘rganish hamda bosqichma-bosqich shifrlash (kod) tartibini joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

  8. Mehnat organlariga murojaat etishda elektron navbat tizimini joriy etish.

  9. Mehnat organlariga murojaat qiluvchilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmat sifatini baholash tizimini joriy etish.

  10. Hududiy va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari bilan har chorakda kamida bir marta Vazirlik tomonidan profilaktik suhbatdan o‘tkazish tartibini joriy etish.

  11. Mehnat organlarida xizmatlarning maxfiyligini saqlagan holda real vaqt rejimidagi masofaviy markazlashtirilgan audio va videokuzatuv tizimini joriy etish.

  12. Mehnat organlari mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid xatti-harakatlar haqida xabar bergan shaxslarni mukofotlash tartibini joriy etish.

  13. Vakolatli mehnat organlari tomonidan boshqa tashkilotlarda o‘rganish o‘tkazishda odob-axloq qoidalarini yana-da takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash. Bunda o‘rganish o‘tkazilayotgan tashkilot xodimlari bilan birga umumiy ovqatlanish joylariga borishni taqiqlashni nazarda tutish.

  14. Xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarni belgilangan tartibda qoplashning qat始iy mexanizmini belgilash. Bunda hududiy va tasarrufiy tashkilotlarga kompleks tekshirish uchun yuborilgan hodimlarga hizmat safari harajatlari uchun ajratiladigan mablag‘larni ko‘paytirish hamda yo‘l harajatlari, mehmonhona va ovqatlanishga ishlatilgan mablag‘larni faqatgina hodimning plastik kartochkasidan to‘langanligini tasdiqlovchi cheklar taqdim etilganda ushbu harajatlarni qoplab berish tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish.

Uchinchi bo‘lim. Dasturning qabul qilinishidan kutilayotgan natijalar

36.  O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish dasturini amalga oshirishdan quyidagi natijalar kutilmoqda:

Vazirlik tizimida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa huquqbuzarliklarning oldi olinishi;

Vazirlik tizimidagi tashkilotlar faoliyatining ochiqligiga erishilishi va zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosiga nisbatan xodimlar mas始uliyatining yana-da ortishi;

mehnat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari faoliyati samaradorligi yangi mezonlar asosida baholanishi;

mehnat organlari xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-axloqining yuksalib borishi;

mehnat organlarining faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning samaradorligini ta始minlash.

fikr almashish: