“Zamonaviy iqtisodiyot uchun malakalarni rivojlantirish” loyihasi
Yaratilayotgan tizimni yana-da takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini zamonaviy uskunalar jihozlash orqali takomillashtirish, shuningdek, kasblarga o‘qitish bo‘yicha eng ilg‘or jahon tajribasini jalb qilish maqsadida, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oliy va O‘rta maxsus taʼlim, Osiyo taraqqiyot bankining ishtirokida "Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish" loyihasini amalga oshirmoqda. Osiyo taraqqiyot bankining direktorlar kengashi tomonidan ushbu loyihani amalga oshirish uchun 2020 yil 11 dekabrda qarz miqdorida 93 million AQSH dollari ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Ushbu loyiha Osiyo Taraqqiyot Banki vitse-prezidentining 2019 yil 13-14 noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni aks ettirgan"Yo‘l xaritasi" va O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi 2018-2021 yillar uchun biznes-rejasini asosida amalga oshirilmoqda.
Loyihaning maqsadi mehnat bozori va kasb-hunar taʼlimi tizimi o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, ishsizlar va yoshlarni kasbga tayyorlash sifatini oshirish, kasb-hunar taʼlimi tizimini boshqarishni takomillashtirish va ish bilan taʼminlashga ko‘maklashishdan iborat.
Loyiha Bandlik vazirligi huzuridagi 14 ta kasb-hunar taʼlimi markazini va Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi 6 ta kollej va texnik maktablarni jihozlash, rekonstruksiya qilish va yangilashni hamda Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish markazini jihozlashni moliyalashtirishni, hamda Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi va Oliy taʼlim vazirligi o‘oshidagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash institutini jihozlashga qaratilgan.
“Zamonaviy iqtisodiyot uchun malakalarni rivojlantirish” loyihasi bozor talablariga javob beradigan malakaga ega bo‘lgan ishchilar sonini ko‘paytirishga yordam beradi. Loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri kamida 10 000 kollej o‘quvchilari va 48 000 ishsizlar (shu jumladan, 500 nogironligi bo‘lgan shaxslar), 600 o‘qituvchi va o‘quvchi, tanlangan Kasb-hunarga o‘qitish markazlari va kollejlarining 100 rahbarlari va xodimlari va 1200 ta ish bilan taʼminlangan davlat xizmatchilarini bevosita qamrab oladi. Loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish, AKT, to‘qimachilik va kiyim-kechak, shuningdek mashinalarni (yaʼni qishloq xo‘jaligi mashinalari, avtomobillar va maishiy texnika) taʼmirlash va ularga xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda ustuvor bo‘lgan kasblarni rivojlantirishga yordam beradi.
Loyihani amalga oshirish muddati 6 yildan iborat (2021-2027). OTB mablag‘lari hisobidan 47,4 million AQSH dollari miqdorida o‘quv uskunalari, dasturiy taʼminot va o‘quv yurtlarini jihozlash, 60 mingga yaqin kishini o‘qitishni tashkil qilish uchun sarflanadigan materiallar sotib olish - 6,6 million dollar, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda xalqaro tajribaga asoslangan o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish, shuningdek mahalliy kadrlarni tayyorlash - 9,3 million dollar, konsalting xizmatlari va chet yellik mutaxassislarni jalb qilish - 12,3 million dollar, mahalliy o‘qituvchilarni tayyorlash va xorijdagi xodimlar - 4 million dollar, mehnat va maʼmuriy xarajatlar - 2,9 million dollar va boshqalarni moliyalashtirish rejalashtirilgan.
O'zlashtirilgan mablag'lar:
Erishilgan natijalar: