Nizom
Mehnat bozori va mehnat migratsiyasini tahlil qilish yig‘ma axborot-tahlil departamenti to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1.1. Mehnat bozori va mehnat migratsiyasini tahlil qilish yig‘ma axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda - Departament) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining (keyingi o‘rinlarda - Vazirlik) markaziy apparati tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Departament faoliyati vazirlikni markaziy apparatining boshqarmalari, bo‘limlari, sektorlari va quyi tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.
1.2. Departamentning boshqaruvi va bo‘ysunishi
1.2.1 bo‘limni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug‘i bilan tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq boshqaradi.
Departament boshlig‘i qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i bilan ishga tayinlanadi va ishda ozod etiladi.
Departamentni faoliyatini Departament boshlig‘i boshqaradi.
1.3. Departament tarkibi
1.3.1. Departamentning strukturasi va shtat birligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3913-son qarori bilan tasdiqlangan.
1.3.2. Departamentning shtat birligi 4 ta xodim bilan iborat:
- boshliq (1-ilova);
- bosh mutaxassis (2-ilova);
- kichik mutaxassis (3-ilova);
- 1-toifali demograf (4-ilova).
1.3.3. Ishlab chiqilgan lavozim yo‘riqnomalariga asosan xodimlar orasida ish vazifalarini Departament boshlig‘i taqsimlanadi.
1.3.4. Departament xodimlarini ishga qabul qilish va boshqa lavozimlarga o‘tkazilishi Departament boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra vazirning buyrug‘i bilan amalgan oshiriladi.
1.4. Departament faoliyatining me'yoriy-huquqiy xujjatlar bazasi.
1.4.1. Departament o‘z faoliyatida qo‘yidagi xujjatlar bilan ishlaydi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; Kodekslar: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Kodeksi.
Qonunlar: O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta'minlash” qonuni, “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”, “Oilaviy tadbirkorlik tug‘risida”,
“Dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risida”, “Ma'muriy tartib-qoidalar haqida” va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Vazirlikning nizomi, vazirlikning buyruqlari va boshqa ma'muriy hujjatlari, va mazkur tasdiqlangan Nizom.
II. Departamentning maqsadlari, fazifalari va funksiyalari
2.1. Departamentning asosiy maqsadlari qo‘yidagilardan iborat:
Departamentning samarali ishini tashkil etish, shuningdek mehnat bozorida va mehnat migratsiyasi sohasida vazirlikning markaziy apparati boshqarmalari, bo‘limlari, sektorlari va tasarufiy tashkilotlarinining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish;
normativ-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
ishsizlar va mehnat bozori to‘g‘risidagi materiallarni shakllantirish;
mehnat bozorini rivojlantirish tendensiyalari, aholi bandligi darajasi va tarkibi, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari va mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilish;
vazirlik faoliyatining asosiy sohalarini tahlil qilish uchun an'anaviy va elektron shaklda axborot to‘plash va to‘plashni tashkil etish, uni tizimlashtirish;
vazirlik tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga statistik va boshqa hisobot doirasida taqdim etiladigan ma'lumotlarni shakllantirishni muvofiqlashtirish.
vazirning topshirig‘iga binoan mehnat bozori va mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha zarur axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash;
2.2. Departamentning asosiy vazifalari:
vazirlik faoliyatini yagona axborot-tahliliy ta'minlashni tashkil etish va Markaziy apparatning boshqarmalari, bo‘limlari va sektorlari tomonidan axborotni o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish;
bandlik va mehnat munosabatlari sohasidagi tendensiyalar va tarkibiy o‘zgarishlar mamlakatdagi mehnat bozorining haqiqiy holati va mehnat migratsiyasini chuqur va kompleks tahlil qilish;
ishsizlik va norasmiy ish bilan band bo‘lganlarni darajasini va tarkibini tahlil qilish, shu jumladan aholi va ish beruvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlarni tahlil qilish;
demografik omillarni va iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda, bandlikning progressiv shakllarini joriy etishga yo‘naltirilgan ish bilan bandlikni oshirish, ijtimoiy himoya dasturlarini shakllantirish, aholi turmush darajasi va farovonligini oshirish va yangi ish o‘rinlarinining dasturini ishlab chiqishda qatnashish,
vakolat doirasida mehnat va aholini ish bilan ta'minlash sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilishni ta'minlaydi.
2.3. Departamentning asosiy funksiyalari:
mehnat bozorini va mehnat migratsiyasini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etadi;
aholi bandligi darajasini va tarkibini to‘liq va ob'ektiv baholashni ta'minlash uchun mehnat bozorining ahvolini monitoring qilishda qatnashadi;
Departament vakolatlari doirasida aholini ish bilan ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi hududiy dasturlar bo‘yicha takliflar va materiallarni tayyorlash;
Vazirlikning markaziy apparati boshqarmalari, bo‘limlari, sektorlari va ta'sarufiy tashkilotlarini samaradorligini baholash;
Axborot-tahlil yo‘nalishida Departament xodimlarini malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish.
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek, uning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonunlarning buzilishini bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.
III. Departamentning huquq va majburiyatlari
3.1. Departament qo‘yidagi huquqlarga ega:
belgilangan tartibda Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari va bo‘lim tarkibidagi boshqa tashkilotlar tomonidan vazirlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur materiallar va axborotlarni so‘rash va olish;
markaziy iqtisodiy organlari xodimlari, tadqiqot markazlari va institutlari, mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida axborot-tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun ekspert guruhlarini tashkil etish;
vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va uchrashuvlarda, shuningdek, axborot-tahliliy tadqiqotlar sohasida xalqaro loyihalarda ishtirok etish;
axborot va tahlilni tayyorlash bo‘yicha vazirlikning markaziy apparati va quyi tashkilotlarining boshqarmalari, bo‘limlari, sektorlari mutaxassislarini jalb qilish;
Vazirlikning markaziy apparati va unga bo‘ysunuvchi tashkilotlari boshqarmalari, bo‘limlari va tarmoq rahbarlari va mutaxassislari shaxslari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Departament vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat organlari, shuningdek boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, shu jumladan kasaba uyushmalari bilan vazirlik nomidan belgilangan tartibda vakillik qilish;
zarur materiallar va ma'lumotlarni taqdim etish, shuningdek hujjatlarni qayta ishlash bo‘yicha departamentning talablari o‘z vaqtida bajarilishi lozim, agar vazirlik rahbariyati topshiriqlarida boshqa ijro muddatlari belgilanmagan bo‘lsa:
departamentga taqdim etiladigan ma'lumotlar belgilangan shaklda to‘liq yoki ishonchli bo‘lmagan taqdirda, ma'lumotni taqdim etgan boshqarma, bo‘lim, sektor yoki tizim tashkilotlari rahbarlariga tegishli intizomiy javobgarlik choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;
3.2. Departament majburiyatlari:
mehnat qonunchiligi, mahalliy normativ-huqukiy hujjatlar, jamoa shartnoma, mehnat shartnomalari shartlarini o‘z ichiga olgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
vazirning buyruq va topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash.
ichki mehnat tartib qoidalari, mehnat va ishlab chiqarish intizomi, mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta'minlash talablariga rioya qilish;
Ish beruvchi tomonidan departament faoliyati uchun berilgan mol-mulkini ehtiyotkorlik bilan ishlatish;
departament faoliyatini ushbu Nizom talablariga qat'iy muvofiq rioya etish.
IV. Departament javobgarligi
4.1. Departament tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarish uchun javobgarlik.
4.2. Departament boshlig‘iga qo‘yidagi shaxsiy javobgarlik yuklatiladi:
Departamentga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish departamenti faoliyatini tashkil etish;
departamentda hujjatlarni tezkor va sifatli tayyorlash va ijro etishni tashkil etish, amaldagi qoidalar va yo‘riqnomalarga muvofiq ish yuritishni ta'minlash;
mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish;
Departament xodimlarini tanlash, joylashtirish va ularning lavozim majburiyatlarini ajratish;
Xodimlarning javobgarligi ishlab departament tomonidan ishlab chiqilgan lavozim yo‘riqnomalarda belgilanadi;
V. Yakuniy qoyidalar
5.1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
5.2. Mazkur Nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishga vazir huquqga ega.
5.3. Ushbu Nizom rahbariyat tomonidan imzolangan kundan boshlab amal qilishni boshlaydi.
5.4. Mazkur Nizom amal qilish muddati 5 yil.