Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri AQSh Savdo vakili yordamchisi bilan uchrashdi

01.02.2020

30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Xusanov AQSh Savdo vakili ofisida AQSh Savdo vakili yordamchisi K.Ulson bilan uchrashdi.

111111

 

Muzokaralar davomida AQSh vakillariga bandlik va mehnatni muhofaza qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mamlakatda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi. Xususan, milliy qonunchilikda xalqaro mehnat standartlarini joriy etish, Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatining samarali mexanizmlari, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining faoliyati to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etildi.

222222

Uchrashuv davomida K.Ulson AQSh hukumati O‘zbekistonning majburiy mehnatga barham berish borasida erishgan yutuqlarini, ayniqsa mehnat to‘g‘risidagi qonunlarni takomillashtirish va qishloq xo‘jaligida tarkibiy islohotlarni amalga oshirish borasidagi faoliyatini yuqori baholayotganini ta'kidladi.

333333