Qishloq xo‘jaligi kooperativi ko‘plab yoshlarni ish bilan ta'minlamoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5953-sonli Farmonini ijrosin ta'minlash maqsadida Sirdaryo viloyatida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, viloyatdagi barcha tumanlar hokimlarining qishloq xo‘jaligi kooperativi tashkil qilish uchun tegishli qarorlari qabul qilindi.
Bunga birgina misol, Xovos tumanida tashkil etilgan “Hamza-Husniobod” ma'suliyati cheklangan jamiyatida 20 nafar kam ta'minlangan va ishsiz fuqarolarga 50 sotixdan ekin maydonlari ajratib berildi.
Xovos tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaligi kooperativga a'zo bo‘lgan har bir oila uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jami 44,6 mln.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratib berildi.
Bugungi kunda ushbu ajratilgan yer maydoniga birinchi ekin sifatida supurgi ekilib, 20 nafar kam ta'minlangan va ishsiz fuqarolar tomonidan dastlabki ishlov berish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, ikkinchi ekinga mosh va uchinchi ekinga to‘qsonbosti piyoz va chesnok mahsulotlari ekish rejalashtirildi.