NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA ULARGA G‘AMXO‘RLIK QILUVChI FUQAROLAR UCHUN QONUNCHILIKDA BELGILANGAN IMTIYOZLARNING YAGONA RO‘YXATI
№ |
Ijtimoiy imtiyozlarning turlari (to‘lov, kompensatsiya, subsidiya, moddiy yerdam, pensiya, nafaqa, ijtimoiy xizmatlar) |
Asoslovchi normativ-huquqiy hujjatlar |
Mas’ul vazirlik va idoralar |
Oluvchilar toifalari |
1. |
Soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyoz
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, oyiga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lash
|
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar |
2. |
Soliq to‘lovchilarning jami daromadini kamaytirish Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogiron bolani parvarish qilgan ota yoki ona soliq solishdan qisman ozod etiladi
|
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Urush nogironlari, ularga tenglashtirilganlar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, ota yoki ona |
3. |
Mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan Urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar mol-mulk soliqdan ozod etiladi
|
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar |
4. |
Mulkida bo‘lgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilish
Ushbu soliq imtiyozi mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk ob’ektiga tatbiq etiladi
|
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar |
5. |
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyoz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarori
|
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar |
6. |
Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqani (bola 18 yoshgacha) to‘lash Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasini tayinlashda rad etilmaydi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar,
|
7. |
Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash Nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qalayotgan oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda moddiy yordamni tayinlashda rad etilmaydi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan, shu jumladan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi bo‘lmagan holda otasiga), oila a’zosi hisoblangan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarni parvarish qilayotganlar |
8. |
Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash Moddiy yordam tayinlashda bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga- nogironlik bo‘yicha nafaqa, nogironlik bo‘yicha nafaqa summasi doirasidagi nogironlik pensiyasi, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa, nogironligi bo‘lgan |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
Nogironligi bo‘lgan shaxslari bor kam ta’minlangan oilalar |
9. |
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqalar va parvarish nafaqalarni tayinlash Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar va odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga to‘lanadigan nafaqalar hamda parvarishlash nafaqasi fuqarolardan qo‘shimcha hujjatlarni talab etmagan holda “proaktiv shakl”da tayinlanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 119-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
Nogironligi bo‘lgan |
10. |
Nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalar to‘lovi Nogironligi bo‘lgan shaxslarga va vafot etgan nogironligi bo‘lgan shaxsning qaramog‘idagi mehnatga layoqatsiz oila a’zolariga har oyda pensiya to‘lanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktyabrdagi 592-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, vafot etgan nogironligi bo‘lgan shaxsning qaramog‘idagi mehnatga layoqatsiz oila a’zolari |
11. |
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga qarab turgan va qarab turishga muhtoj bo‘lgan shaxs bilan birga yashagan davr qarovchining ish stajiga qo‘shiladi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 592-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga qarab turgan qarovchi shaxs |
12. |
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyasiga ustamalar berish Pensiyaga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 75 foizi; |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 592-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
1- va 2- guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar |
13. |
Nogironlik pensiya oluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyasi miqdorini qayta hisoblash I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, nogironligi bo‘lgan shaxsning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 592-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
Nogironlik pensiya oluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar |
14. |
Yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik ijtimoiy nafaqa to‘lovi Har oyda ijtimoiy nafaqa to‘lanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 martdagi 119-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalar |
15. |
Bolalikdan nogiron farzandi bor onalarga nafaqa to‘lovi Davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga har oylik nafaqalar tayinlanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 martdagi 119-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
Bolalikdan nogiron farzandi bor onalar |
16. |
1 va 2-guruh nogiroonligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy nafaqa to‘lovi Qonunchilikka asosan nogironlik pensiyasiga huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 martdagi 119-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
Nogironlik pensiyasiga huquqi bo‘lmagan shaxslar |
17. |
Boquvchisini yo‘qotganlik ijtimoiy nafaqa to‘lovi Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnat qobiliyatiga ega bo‘lmagan oila a’zolari |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 martdagi 119-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari |
18. |
18 yoshdan katta shaxslarga nafaqa to‘lovi Bolalikdan nogironligi bor , nogironligi bolalikdan boshlangan 18 yoshdan oshgan 1- va |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 martdagi 119-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar |
19. |
18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa to‘lovi 18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan OITS va orfan kasalliklarga chalingan shaxslarga ijtimoiy nafaqa tayinlanadi va to‘lanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 martdagi 119-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar |
20. |
Kasallikka chalingan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bola deb topilgan bolalarning qonuniy vakiliga parvarishlash nafaqasini to‘lash Parvarishlash nafaqasi qonuniy vakilga u pensiya yoki nafaqa olishidan qat’i nazar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan har bir 18 yoshgacha bolaning parvarishi uchun alohida tayinlanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 fevraldagi PF-74-son Farmoni |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
Nogironligi bo‘lgan |
21. |
Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasini va pensiyani to‘lash 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarga nogironlik nafaqasi ular boshqa pensiyalar va nafaqalar olishidan qat’i nazar, 18 yoshga to‘lguniga qadar tayinlanadi va to‘lanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 martdagi 119-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar |
22. |
Bola tug‘ilganda bir martalik "suyunchi" puli to‘lovi Murojaatiga binoan har bir tug‘ilgan bola uchun bir marta to‘lanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar |
23. |
Shaxsning vafoti munosabati bilan bir martalik dafn etish nafaqa to‘lovi Dafn etish uchun nafaqa to‘lovi miqdori o‘lim sodir bo‘lgan kundagi, asosli sabablarga ko‘ra (marhumni qidirish, jasadni xorijiy davlat hududidan olib kelish va boshqalar) marhum o‘lim aniqlangan kundan kech dafn etilgan hollarda ushbu holatni tasdiqlaydigan hujjatlar asosida dafn etish kunida belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining to‘rt baravari miqdorida to‘lanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 89-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar |
24. |
Uy-joy-kommunal xizmati to‘lovi o‘rniga pullik kompensatsiyalar to‘lovi 1941- 1945 yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar -50% |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
|
25. |
1941-1945 yillardagi urush nogironlarni rag‘batlantirish Har yilgi bir martalik pullik to‘lov. 9 may umumxalq bayrami - Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi munosabati bilan urush nogironlariga mukofot |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilgi Farmonlari |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
1941-1945 yillar urushi nogironlari |
26. |
Pensiya va nafaqalarga har oylik qo‘shimcha to‘lov Xar oyda bepul yetkazib beriladigan meyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari va gigiena vositalari o‘rniga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida pensiya va nafaqalarga qo‘shimcha to‘lovlar |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 iyundagi PQ-274-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
1941 - 1945 yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz 1- va 2- guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar |
27. |
Bepul ta’minlanadigan zarur kiyim kechak va poyabzal o‘rniga ularni sotib olish uchun kompensatsiya to‘lovi Har yilning avgust oyida bepul yetkazib beriladigan zarur kiyim-kechak va poyabzallar o‘rniga kiyim-kechak xaridi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida kompensatsiya to‘lanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 iyundagi PQ-274-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
Nogironligi bor |
28. |
To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalarga kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun nafaqa to‘lash To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ta’lim muassasalarini bitirib, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun nafaqa to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 35 baravari miqdorida pul nafaqasi (bitiruv nafaqasi) beriladi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 noyabrdagi 739-son qarori |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar (shu jumladan nogironligi bo‘lgan bolalar) |
29. |
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida xarbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi nogironligi bulgan shaxslarga soglomlashtirish uchun xar yili bir yula beriladigan moddiy yordam
Yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarga salomatlikni tiklash uchun 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga - bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida; 3-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga- bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yillik bir yo‘la moddiy yordam to‘lanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002- yil 30-maydagi PF-3079-son Farmoni |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Mudofaa vazirligi |
1-, 2- va 3-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar |
30. |
Har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til berish davomiyligi
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga yoshi va sog‘lig‘ining holati hisobga olingan holda har yilgi asosiy uzaytirilgan - o‘ttiz kalendar kun ta’til beriladi
|
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
1- va 2- guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar |
31. |
Birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilini berish tartibi
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolg‘iz ota-onaga va I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga olti oy o‘tguniga qadar xohishiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili beriladi |
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolg‘iz ota-onaga va I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga |
32. |
Xodimning talabiga ko‘ra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga - har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha; o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) - har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha xohishiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til majburiy tartibda beriladi |
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biri (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxs) |
33. |
Tungi ishlardan, ish vaqtidan tashqari ishlardan, dam olish kunlaridagi va bayram kunlaridagi ishlardan yoki xizmat safaridan voz kechish
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs) faqat o‘z yozma roziligi bilan tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinishi, shuningdek xizmat safariga yuborilishi mumkin |
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs) |
34. |
Qo‘shimcha dam olish kuni
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni beriladi |
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biri (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxs) |
35. |
Oilaviy vazifalarni bajarish uchun to‘liqsiz ish vaqti belgilash
Ish beruvchi o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning), parvarishlashni amalga oshirayotgan shaxsning iltimosiga ko‘ra tibbiy xulosaga muvofiq to‘liqsiz ish vaqti belgilaydi
|
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxs |
36. |
Oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarga yillik mehnat ta’tillarini berish navbatini belgilashdagi imtiyozlar
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan yolg‘iz otaga, yolg‘iz onaga (beva erkaklarga, beva ayollarga, nikohdan ajrashganlarga, yolg‘iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik mehnat ta’tillari, ularning xohishiga ko‘ra, ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda beriladi
|
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Yolg‘iz ota, yolg‘iz ona (beva erkaklar, beva ayollaa, nikohdan ajrashganlar, yolg‘iz onalar) va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlari |
37. |
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) beriladigan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi
|
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) |
38. |
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning) ish haqi saqlanmagan holda ta’til olish
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga), ularning xohishiga ko‘ra, har yili ish haqi saqlanmagan holda davomiyligi kamida o‘n to‘rt kalendar kun bo‘lgan ta’til beriladi |
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) |
39. |
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan ish o‘rinlarining eng kam soni hisobidan zaxiradagi ish o‘rinlariga mahalliy mehnat organlari yo‘llanmasiga ko‘ra ishga joylashish kafolatlanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar |
40. |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan ularga sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma bo‘lgan ishlarda foydalanishni taqiqlash
Nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan ularga sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma bo‘lgan ishlarda foydalanish taqiqlanadi. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘liqsiz ish vaqti rejimi to‘g‘risidagi, yuklamani kamaytirish haqidagi va mehnatning boshqa shart-sharoitlari to‘g‘risidagi tavsiyalari ish beruvchi tomonidan bajarilishi majburiydir
|
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar |
41. |
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning majburiy tibbiy ko‘riklari
Nogironligi bo‘lgan shaxslar faqat dastlabki majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin ishga qabul qilinadi va keyinchalik har yili majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turilishi lozim. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning majburiy tibbiy ko‘riklari ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi |
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar |
42. |
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin olti kunlik ish haftasida - olti soatdan, besh kunlik ish haftasida - yetti soatu o‘ttiz daqiqadan ortib ketmasligi kerak |
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar |
43. |
Vaqtincha masofadan turib ishlashga o‘tish yoki o‘tkazish uchun ustuvor huquq beriladigan xodimlar
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarishlayotgan xodimlar tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, shuningdek yong‘inlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalar ro‘y bergan taqdirda hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda ish beruvchida tegishli texnik va tashkiliy imkoniyatlar mavjud bo‘lganda vaqtincha masofadan turib ishlashga o‘tishga haqli |
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarishlayotgan xodimlar |
44. |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘z tanloviga ko‘ra sertifikat berish tizimi orqali istalgan ishlab chiqaruvchidan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini bepul oladi va foydalanadi. Foydalanish muddati: 1. Qo‘l protezlari: 5. Ko‘krak bezi ekzoprotezi - 12 oy |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 411-son qarori |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
1-, 2- va 3- guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar |
45. |
Sanator-kurort yo‘llanmalar bilan bepul ta’minlash Urush nogironlari va urush nogironlarga tenglashtirilgan shaxslarga har yilda bir marta bepul sanator yo‘llanmalar ajratiladi, bunda ChAES nogironlariga har yilda bir marta sanator yo‘llanma ajratiladi, 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ikki yilda bir marta sanator yo‘llanmalar bepul navbat asosida ajratiladi. Ko‘zi ojiz 1 guruh nogironni kuzatib boruvchi shaxsga ham bitta yo‘llanma bepul ajratiladi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 693-son qarorlari |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, |
Urush nogironlari va urush nogironlarga tenglashtirilgan shaxslar, 1 va 2 gurux nogironligi bo‘lgan shaxslar |
46. |
Sanator-kurort yo‘llanmasidan foydalanmasa o‘rniga kompensatsiya puli to‘lovi
Urush nogironlarga bepul sanator yo‘llanma o‘rniga kompensatsiya to‘lanadi, ChAES nogironlariga sanator yo‘llanmadan foydalanmasa kompensatsiya puli to‘lanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 693-son qarorlari |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Urush nogironligi bo‘lgan shaxslar, ChAES nogironligi bo‘lgan shaxslar |
47. |
"S’hovat" internat uylarida hamda Urush va mehnat fahriylari uchun Respublika pansionatida yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslarga pensiya to‘lovi
To‘liq davlat ta’minotida yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun tayinlangan oylik pensiya miqdorining 20 foizi to‘lanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 martdagi PF-6195-son Farmoni |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, "Saxovat" internat uylari, Urush va mehnat fahriylari uchun Respublika pansionati |
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar |
48. |
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari tomonidan fuqarolarga nogironlik guruhini belgilash
Yangi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Bunda nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan shaxslarga ularning ishtirokisiz sirtdan nogironlik muddatsiz davrga belgilanadi |
O‘ zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 fevraldagi PF-74-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 noyabrdagi 22-son qarori |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi, 130 ta bosh TIEK va birlamchi hamda pediatrik, ixtisoslashtirilgan TIEK |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar |
49. |
Ijtimoiy-maishiy xizmatlarni ko‘rsatish uchun uyda xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim biriktiriladi Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga uyida parvarish qilish bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi, jumladan- oziq-ovqat mahsulotlarini, zarur sanoat tovarlarini va dori-darmonlarni sotib olish va uyiga yetkazib berishni, ovqatlar tayyorlashda va uyni yig‘ishtirish-tozalash, gigiena ishlarida ko‘maklashish
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
|
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari |
1. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz 1- va 2- guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar; 2. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashaydigan 1- va 2- guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar
|
50. |
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralarini amalga oshirish
Nogironligi bo‘lgan shaxs yoki nogironligi bo‘lgan bolaning reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq belgilangan muddatlarda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya ichiga doim kiritiluvchi choralar belgilanadi |
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni protezlash va reabilitatsiya qilish milliy markazi va uning hududiy markazlari
|
1-, 2- va 3- guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalar
|
51. |
Ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga subsidiya ajratish
Ish o‘rinlari va sharoitlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha; bir martalik |
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2019 yil 31 mayda 3163-raqam bilan ro‘yxatga olingan Nizom |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Ish qidiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’ektlar |
52. |
Kvotalangan ish joylari uchun subsidiya to‘lovi (kvotalangan ish o‘rinlari uchun)
Ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni - nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota yoki ona, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq to‘lanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2019 yil 31 mayda 3163-raqam bilan ro‘yxatga olingan Nizom |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tashkilotlar |
53. |
Temir yo‘lda bepul va havo yoki shaharlararo avtomobil transportida bir yilda bir marotaba (borish- kelish) 50 foizli chegirma berilishi
Bir yilda bir marotaba Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kirgan davlatlar hududi bo‘yicha (5 yillik talon-varaqalari asosida) |
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 1993 yil 12 martdagi Bitimi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Transport vazirligi |
1941-1945 yillar urushi 1- va 2- guruh nogironlari hamda ularga tenglashtirilganlar nogiron shaxslar |
54. |
Temir yo‘l, havo yoki shaharlararo avtomobil transportida bir yilda bir marotaba (borish- kelish) yo‘l haqiga 50 foizli chegirma berilishi
Bir yilda bir marotaba Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kirgan davlatlar xududi bo‘yicha (5 yillik talon-varaqalari asosida) |
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 1993 yil 12 martdagi Bitimi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Transport vazirligi |
1941-1945 yillar urushi 3- guruh nogironlari hamda ularga tenglashtirilganlar nogiron shaxslar |
55. |
Temir yo‘l, havo yoki shaharlararo avtomobil transportida bir yilda bir marotaba yo‘l haqiga 50 foizli chegirma berilishi
Bir yilda bir marotaba Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kirgan davlatlar xududi bo‘yicha (5 yillik talon-varaqalari asosida) |
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 1993 yil 12 martdagi Bitimi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Transport vazirligi |
Ikkinchi jahon urushi 1 guruh nogironlarni hamda ularga tenglashtirilgan nogiron shaxslarni safar vaqtida kuzatuvchi shaxs |
56. |
Hamma turdagi shahar yo‘lovchi tashish transportlarida (taksidan tashqari), o‘zi yashab turgan ma’muriy tuman doirasidagi qishloq joylardagi umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida, shuningdek, shahar atrofiga qatnaydigan temir yo‘l transportida, shahardan tashqaridagi marshrutlarda qatnaydigan avtobuslarda bepul yurish, yiliga bir marta (borish va kelish) temir yo‘lda bepul yurish, temir yo‘li bo‘lmagan tumanlarda esa havo, suv yoki shaharlararo avtomobil transportlarida birinchi navbatda chiptalar sotib olish
Bir yilda bir marotaba O‘zbekiston Respublikasi xududi bo‘yicha imtiyozli ravishda yo‘lovchi transportlardan foydalanish (5 yillik talon-varaqalari orqali amalga oshiriladi |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengash Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 apreldagi |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Transport vazirligi |
ChAES falokatini bartaraf etishda 1-, 2- va 3- guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar |
57. |
Ayrim toifa fuqarolarni ambulator davolanishda bepul dori vositalari bilan ta’minlash
O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar, 1941 - 1945 yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar ambulator davolanishda bepul dori vositalari bilan ta’minlanadi
|
O‘zbekiston Respublikasi Varirlar Mahkamasining 204-son qarori |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush nogironlar va ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES falokati oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar |
58. |
Shahar yo‘lovchilar transportidan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) bepul foydalanish
Imtiyozli transport kartasi asosida O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida shahar yo‘lovchilar transportida bepul yurishadi |
O‘zbekiston Respublikasining 996 yil 30 avgustdagi |
Transport vazirligi |
1941 – 1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs; |
59. |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ta’til berilgan davrida chipta sotib olish imtiyozi
Yo‘lovchi oqimi hajmi va xususiyatiga ko‘ra vokzallarda nogironligi bo‘lgan shaxslar yo‘llanma bo‘yicha ketayotgan yo‘lovchilar (yoz mavsumida), ta’til berilgan davrida - temir yo‘lchilar va talabalar uchun ixtisoslashtirilgan chipta kassalari ajratiladi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 apreldagi 109-son qarori |
Transport vazirligi |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar |
60. |
Temir yo‘llarda chipta kassalarida navbatsiz chipta olish
Urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan nogiron shaxslar hamda Chernobil AES oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar navbatsiz chipta olish qulayligi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 apreldagi 109-son qarori |
Transport vazirligi |
1941-1945 yillar urush nogironlar va ularga tenglashtirilganlar, Chernobil AESda avariya oqibatlarini bartaraf etish natijasida nogiron bo‘lgan shaxslar |
61. |
Temir yo‘l chiptalar qaytarilishi holatlarida, qaytarish operatsiyasi uchun yig‘im undirilmaydi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 apreldagi 109-son qarori |
Transport vazirligi |
1941-1945 yillar urush nogironlar va ularga tenglashtirilgan shaxslar |
62. |
Temir yo‘llarda dam olish xonalarida joylarni birinchi navbatda taqdim qilish |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 apreldagi 109-son qarori |
Transport vazirligi |
1941-1945 yillar urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan nogiron shaxslar |
63. |
Temir yo‘l tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy berish
Doimiy, birga olib ketayotgan bola (bolalari) yo‘lovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bolalar ketayotgan bo‘lsa, ulardan biri yo‘l haqi to‘lanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 apreldagi 109-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori |
Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ |
Yo‘lovchi-nogironligi bo‘lgan shaxs bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bolalar |
64. |
Temir yo‘l tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy berish
Yo‘lovchi birga olib ketayotgan bola 5 yoshdan Yo‘lovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bolalar ketayotgan bo‘lsa, ulardan biri yo‘l haqi to‘lanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy beriladi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 apreldagi 109-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori
|
Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ |
Yo‘lovchi, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxs, bilan bittadan ortiq |
65. |
Temir yo‘l va avia yo‘lovchilar chiptalarini 50 foizlik imtiyozli sotish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2022 yil 15 sentyabrdan boshlab doimiy ravishda temir yo‘l va avia yo‘lovchilar chiptalarini sotish 50 foizlik imtiyozli tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 avgustdagi PF-213-son Farmoni |
Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar |
66. |
Avtomobil transportida shahardagi va shahar atrofi yo‘nalishlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning aravachalarini o‘zi bilan birga bepul olib yurish
Avtomobil transportida shahardagi va shahar atrofi yo‘nalishlarida tashilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachalarini bepul olib yurishadi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori
|
Transport vazirligi |
Arvachalarda yuradigan nogironligi bo‘lgan shaxslar |
67. |
1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalarga stipendiya to‘lovlarini amalga oshirish
1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan, jumladan, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talabalarga stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan o‘zlashtirayotgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Davlat oliy ta’lim muassasalarining nogironligi bo‘lgan talabalari (xorijiy talabalardan tashqari) |
68. |
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilgan imtiyoz
Oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda ikki foizli kvota ajratiladi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi 417-son qarori |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar |
1- va 2- guruh nogironligi nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek nogironligi bo‘lgan bolalar |
69. |
Oliy ta’lim muassasalariga ro‘yhatdan o‘tish jarayonida
Nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslardan davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun to‘lov undirilmaydi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 iyundagi PQ-4319-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 iyundagi 468-son qarori |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi
|
1- va 2- guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek nogironligi bo‘lgan bolalar |
70. |
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha Test sinovlariga ro‘yhatga o‘tish jarayonida
1- va 2- guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 fevraldagi 73-son qarori
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi
|
1- va 2- guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek nogironligi bo‘lgan bolalar
|
71. |
Oliy ta’lim muassasalariga ko‘zi ojiz abiturientlarni o‘qishga qabul qilishda imtiyoz
Oliy ta’lim muassasalariga ko‘zi ojiz abiturientlarni o‘qishga qabul qilish chog‘larida kirish imtihonlarini ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari uchun belgilangan fanlar majmuasiga mos keluvchi ko‘p balli yoki ularga keltirilgan besh balli baholash tizimi bo‘yicha, an’anaviy uslubda topshiradilar. Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abiturientlar Davlat komissiyasi qarori asosida tanlovsiz, alohida ajratilgan o‘rinlarga davlat grantlari asosida qabul qilinadilar
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20 -iyundagi 393-son qarori
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
Ko‘zi ojizlar toifasiga quyidagi abiturientlar kiradi: maxsus maktab-internatlar tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yetuklik attestatiga ega; imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan diplom; 9 yillik ko‘zi ojizlar maxsus maktab internatida o‘qigan va umumiy o‘rta ta’lim |
72. |
Oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga o‘qishga qabul qilishda xorijiy tilni bilish sertifikat talab etilmasligi bo‘yicha imtiyoz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 oktyabrdagi “O‘zbek imo-ishora tili va brayl alifbosini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-407-son qaroriga muvofiq 2023 yil 1 yanvardan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga o‘qishga qabul qilishda ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktyabrdagi PQ-407-son qarori |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
Ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar |
73. |
Abiturientlar turar joylariga imtiyozli ravishda ustivorlik bilan joylashtiriladi
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalari talabalar Talabalar turar joylariga imtiyozli ravishda ustivorlik bilan joylashtiriladi. |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2019-yil 1-noyabrdagi 1019-son buyrug‘igi |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalari (xorijiy talabalardan tashqari) |
74. |
Imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul yo‘llanma (order)lar ajratish
Barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktyabrdagi PF-5216-son Farmoni |
Sog‘liqni saqlash vazirligi |
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalar; I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar; Urush nogironlari va ularga tenglashtirilganlar; Chernobil AES falokatini bartaraf etish oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar |
75. |
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanish, dam olish imtiyozlari
Nogironligi bo‘lgan shaxslar sport inshootlari ob’ektlaridan, dam olish ob’ektlaridan, shuningdek turistik ob’ektlardan foydalanishadi, shu jumladan bepul asosda foydalanishadi |
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktyabrdagi O‘RQ-641-son Qonuni
|
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlar Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar
|
76. |
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga o‘qishga kirish uchun Milliy paralimpiya qo‘mitasi tavsiyasiga asosan nogironligi bo‘lgan o‘quvchi-sportchilar uchun qo‘shimcha kvotalar belgilash Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga o‘qishga kirish uchun Milliy paralimpiya qo‘mitasi tavsiyasiga asosan nogironligi bo‘lgan o‘quvchi-sportchilar uchun o‘qishga qabul qilinish jarayonida 10 foizgacha qo‘shimcha kvotalar belgilanadi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qarori
|
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
|
Nogironligi bo‘lgan o‘quvchi sportchilar
|
77. |
Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarga subsidiya ajratish
Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarga ish faoliyati davrda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun va nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratiladi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PQ–57-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qarori
|
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
|
Nogironligi bo‘lgan yoshlar
|
78. |
Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov- kontrakt asosida ta’lim olayotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab berish
Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga to‘lov-kontrakt mablag‘larining 50 foizgacha bo‘lgan (bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha) miqdori to‘lab beriladi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 310-son qarori
|
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
Nogironligi bo‘lgan talabalar
|
79. |
“Imkon ta’lim” granti orqali nogironligi bo‘lgan yoshlarni axborot texnologiyalari yo‘nalishlarda grant asosida bepul o‘qitish
“Imkon ta’lim” granti orqali nogironligi bo‘lgan yoshlarni axborot texnologiyalari sohasining “Veb dasturlash”, “Grafik dizayn”, “Sotsial media marketing” va shu kabi yo‘nalishlarda grant asosida bepul o‘qitiladi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-sentyabrdagi 550-son qarori |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
|
Nogironligi bo‘lgan yoshlar
|
80. |
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yoshlarga bir martalik moddiy yordam berish, o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash, subsidiya ajratish hamda olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlarini qoplab berish
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bir martalik moddiy yordam berish, yoshlarga zamonaviy kasbni egallash, axborot texnologiyalarini o‘rganish va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash hamda ilmfan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi o‘quv kurslari uchun subsidiya ajratish va ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari qoplab beriladi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qarori
|
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
|
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yoshlar |
81. |
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun Nogironligi bo‘lgan shaxslarga subsidiya to‘lash
Ipoteka krediti olish jarayonida uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badali va foizlarning hamda yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi, birinchi guruh nogironligi bo‘lgan yoshlarga qo‘shimcha tuman tibbiyot birlashmasi xulosasi bilan 10 ball beriladi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori
|
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
|
I guruh nogironligi bo‘lgan yoshlarga
|