Toshkent shahrida ham karantin va cheklov tadbirlari davomida aholi vaqtinchalik haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilmoqda

24.04.2020

COVID-19 pandemiyasi davrida Toshkent shahri bo‘yicha 2 809 nafar ishsiz fuqaro vaqtinchalik haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

Ularning 1 ming 400 dan ortig‘i obodonlashtirish ko‘kalamzorlashtirish ishlariga jalb etilgan bo‘lsa, 27 nafar fuqaro karantinga olingan oila va xonadonlarga yordamchi posbon sifatida biriktirilgan.

photo_2020-04-24_13-27-07

288 nafar fuqaro dezinfeksiya ishlari bilan band. 207 nafar yurtdoshimiz esa ham savobli, ham daromadli ish - yakka-yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj aholini parvarishlash bilan mashg‘ul.

photo_2020-04-24_13-27-08

835 nafar fuqaro tumanlarda Ichki ishlar va Milliy gvardiya xizmatlari tomonidan tashkil etilgan blok-postlarda posbon, 12 nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘chma savdo shoxobchalariga jalb qilingan.

Yana 72 nafar fuqaro Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Yoshlar ittifoqi” bilan hamkorlikda joylarda tashkil etilgan “Xayriya markazlari”da ishlayapti.

photo_2020-04-24_13-27-10

Eng muhimi, jamoat ishlariga jalb etilganlarning maoshi har besh kunda to‘lab berilyapti.