⚡️2023-QO'SHIMCHA DAM OLISH KUNLARI BELGILANDI!!!

23.12.2022

⚡️2023-QO'SHIMCHA DAM OLISH KUNLARI BELGILANDI!!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

✅2023-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
          barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar – dushanba, 30 iyun – juma;
      ✅olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3 yanvar – seshanba, 20 mart – dushanba, 22 mart – chorshanba, 24 aprel – dushanba, 1 iyul – shanba, 2 sentyabr – shanba, 30 dekabr – shanba.

✅2023-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirildi:
7 yanvar – shanba kunidan 3 yanvar – seshanba kuniga;
11 mart – shanba kunidan 20 mart – dushanba kuniga;
25 mart – shanba kunidan 22 mart – chorshanba kuniga;
29 aprel – shanba kunidan 24 aprel – dushanba kuniga.

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktyabrdagi O‘RQ–798-son Qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:
ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “1 oktyabr – O‘qituvchi
va murabbiylar kuni” 2023-yilda yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktyabr – dushanba kuniga ko‘chirildi.

‼️2023-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari uchun xodimlarning mehnat ta’tili qisqartirilmaydi.

🗓 2023-yil uchun ishlab chiqarish TAQVIMI