Nizom
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘laridan
samarali va maqsadli foydalanish boshqarmasi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish boshkarmasining Nizomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 24 maydagi PF-5052-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 24 maydagi PQ-3001-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘grisida»gi 2018 yil Miyuldagi PQ-3856-son karori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 10 iyuldagi 482-sonli qarorlariga muvofik ishlab chikilgan.
2. Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablaglaridan samarali va maqsadli foydalanish boshqarmasi (bundan buyon "boshsarma" deb yuritiladi) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy devonining tarkibiy tuzilmasidir;
3. Boshqarmaning asosiy vazifasi Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish ustidan nazorat olib borish va uni yanada takomillashtirish;
4. Boshqarma boshligi vazirning o‘rinbosarlari tavsiyasiga asosan vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod kilinadi.
5. Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Uzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, Qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining karor va farmoyishlariga, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyruklari va Hayat qarorlariga hamda boshqa me'yoriy hujjatlarga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qilgan xolda faoliyatini olib boradi.
6. Boshqarma o‘z faoliyatini Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
II. Boshqarmaning vazifalari
Boshqarmaning vazifalari quyidagilardan iborat:
Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda - Jamgarma) vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Jamg‘armaga majburiy ajratmalar o‘tkazilishdan vujudga kelgan boqimanda qarzlarni undirish choralarini ko‘rib chiqish va hududiy boshqarmalarda bajarilishini nazorat qilish;
Respublika tijorat banklari bilan qo‘shimcha va yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ish o‘rinlarini saqlab qolish uchun jamgarma mablag‘lari hisobidan kredit linyalari ochish maqsadida bosh kelishuvlar loyixalarini tayyorlash va tasdiqlash;
Tijorat banklari bilan Jamgarma mablag‘lari hisobidan berilgan imtiyozli kreditlar hamda ajratilgan kreditlarga hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida qaytarilishi, shuningdek ajratilgan kredit resurslarini maqsadli va samarali ishlatilishi va shu hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratilishini doimiy nazorat qilish;
Joylarda yangi ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha qabul qilingan Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq (jumladan, chorvachilikni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarida) Ish bilan ta'minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamgarmasi xisobidan rejalashtirilgan mablaglarni tijorat banklari bilan tuzilgan bosh kelishuvlarga asosan o‘z vaqtida moliyalashtirilishi va maqsadli ishlatilishini nazorat qilish;
Jamg‘armaning Qorakalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari tomonidan ishlab chiqilgan:
- mahalliy darajadagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasini shakillantirish va sarflash bo‘yicha smetalari;
-Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarini saqlash bo‘yicha tuzilgan choraklik, yarim yillik va yillik smeta xarajatlarini ro‘yxatdan o‘tkazilishini va ijrosi bo‘yicha doimiy monitoring olib borish;
Jamg‘arma mablag‘lari maqsadli va samarali foydalanishni o‘rganish bo‘yicha hududiy boshqarmalardan tegishli ma'lumotlarni olish hamda bu masalada joylarga chiqqan xolda o‘rganishlar o‘tkazish;
Jamgarma mablag‘larining yig‘ilishi va samarali ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida joylarda hududiy boshqarmalar rahbarlari, tuman (shauar) bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar rahbarlari ishtirokida amaliy-tahliliy mashgulotlar tashkil etish;
Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Jamgarmaga ta'luqli masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan belgilangan tartibda xamkorlik qilish;
Jamg‘arma mablag‘larini qonun xujjatlariga muvofiq qat'iy maqsadli sarflanishini ta'minlash va bu borada monitoring olib borish;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan hamkorlikda tashkil etilgan korxonalar faoliyatini doimiy nazorat qilish;
Ishsizlarni ijtimoiy muxofaza qilish tizimining barqarorligini ta'minlash va uni yanada takomillashtirish uchun oldini oluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida Ish bilan ta'minlash jamg‘armasining moliyaviy ahvolini prognozlash bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda majburiy ajratmalar miqdorlarini belgilash va Ish bilan ta'minlash jamg‘armasining moliyaviy ahvolini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ish bilan ta'minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamgarmasining kelgusi yil uchun daromadlari manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari prognozi loyixasini ishlab chiqish va O‘zbekistan Respublikasi Moliya vazirligiga takdim etish;
Davlat soliq qo‘mitasi bilan Ish bilan ta'minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamgarmaga majburiy ajratmalar o‘tkazilishidan vujudga kelgan boqimanda qarzlarning undirilishini ta'minlash maqsadida taqqoslama dalolatnomalar tuzish;
Ish bilan ta'minlash jamgarmasining tushum va xarajatlar rejasining ijrosi to‘g‘risidagi har choraklik va yillik yig‘ma hisobotlarni tayyorlash va O‘zbekistan Respublikasi Moliya vazirligiga takdim etish;
Vazirlik Xay'ati yig‘ilishlariga masalalar tayyorlash;
Vazirlik rahbariyatining boshqarma faoliyati bilan bog‘liq hamda boshka ta'luqli topshiriqlarni ijro etish.
III. Boshqarmaning huquqlari
Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
Ish bilan ta'minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi mablaglaridan foydalanish, hisobotlarni tayyorlash masalalarga oid yo‘riqnomalar, qo‘llanma xatlar ishlab chiqish va buyruq loyihalarini tayyorlash;
Fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish, xat va arizalarga javob berish;
Boshqarma tegishli ma'lumotlarni, vazirlik rahbariyatining topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini hamda hisobotlarni hududiy boshqarmalardan belgilangan muddatda bajarilishini ta'minlash;
Bo‘limning ish sifati samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish, ish uslublarini takomillashtirish maqsadida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining tajribalarini ommaviylashtirish;
Tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish Markazlari xodimlarining malakasini oshirishga doir o‘quv rejalari va.dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, malaka oshirish kurslarida qatnashish;
Boshqarma vakolati doirasida xizmat faoliyatiga doir masalalarda vazirliklar va idoralar bilan aloqa qilish.
IV. Boshqarmaning majburiyatlari
Boshqarmaning o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi majburiyatlari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalarining “Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish” bo‘limlaridan choraklik va yillik hisobotlar qabul qilish.
Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va samarali foydalanishini, jumladan joylarda yangi ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha qabul qilingan Uzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan (jumladan, chorvachipikni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish va servis soxalarida) Ish bilan ta'minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi hisobidan rejalashtirilgan mablag‘larini o‘z vaqtida ajratilishi va maqsadli ishlatilishi ustidan doimiy nazorat olib boradi.
Ish bilan ta'minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish, su'istemollik holatlari aniqlanganda hukukni muhofaza qiluvchi organlarni ogohlantirish.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning jamg‘arma faoliyatiga doir masalalariga oid savollar, xat hamda arizalariga belgilangan muddatlarda javob beradi.
Vazirlik Xay'ati qarorlari, rahbariyat topshiriqlarini o‘z muddatida ijro etadi.
V. Nizomning amalda bo‘lish muddati
Ushbu Nizom belgilangan tartibda tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.
Nizomga boshqarma qayta tuzilgan hollarda va vazifalari o‘zgarganda hamda vazirlik rahbariyatining ko‘rsatmalariga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
VI. Boshqarma xodimlarining javobgarligi
Boshqarma hodimlari Uzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalarni bajarmaganligi uchun intizomiy va moddiy javobgardir.