Vazifalar

Buxgalteriya

Quyidagilar buxgalteriyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Buxgalteriya hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini ta'minlash;

Byudjet mablag‘larining, shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘larning xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘gri sarflanishini ta'minlash;

Vazirlik markaziy apparatda mehnat organlari xodimlarining xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish (keyingi o‘rinlarda-Mehnatni rag‘batlantirish) jamg‘armasi mablag‘larining daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chikish;

Hududiy bosh boshqarmalar va tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobining qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini vazir tomonidan berilgan vakolat doirasida nazorat kilish;

Vazirlik markaziy apparati hamda Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan vazirlik tizimidagi vazirlik va muassasalarning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tayyorlash va Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazish;

Vazirlikda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqish;

Smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;

Pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;

Moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o‘tkazish;

Moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish;

Moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va Moliya vazirligiga taqdim etish;

Vazir yoki vazir tomonidan tayinlangan vazir o‘rinbosari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish;

Asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;

Buxgalteriya hujjatlarining, hisob registrlarining, shuningdek xarajatlar smetalarining (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini va qonunchilikda nazarda tutilgan boshka vazifalarning bajarilishini ta'minlash;

Fuqarolarning murojaatlari, taklif, ariza va shikoyatlarini belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqish;

Buxgalteriya qonun hujjatlari, ushbu nizom, vazirlik ish yuritish yo‘riqnomasi, vazir topshiriqlari hamda bo‘limning ish rejasi asosida tashkil etiladi.