Vazifalar

Tashkiliy va ijro intizomi nazorati boshqarmasi

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkasining qarorlari va farmoyishlari, vazirlikning buyruqlari va hay'at qarorlarining boshqarmalar, tarkibiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlari tomonidan o‘z vaqtida ijro etilishi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi ustidan nazoratni olib boradi, tahlil faoliyatini amalga oshiradi va ishlarni tashkil etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Hukumat qarorlari, Vazirlikning hujjatlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash ishlarini, Boshqarma, bo‘lim va sho‘ba rahbari, xodimlarning bu boradagi shaxsiy javobgarligini oshirishni ta'minlab boradi;

Vazir topshirig‘i va ko‘rsatmalarini vazirning birinchi o‘rinbosari, vazir o‘rinbosarlari va boshqarma boshliqlari tomonidan bajarilishini nazorat qilib boradi hamda ijro ahvoli haqida muddatidan oldin axborot kiritib boradi;

yozma, top-kontakt, ishonch telefoni va boshqa shu kabi manbalardan hamda rahbariyatning shaxsiy va sayyor qabullari orqali Vazirlikka kelib tushgan murojaatlarni ro‘yxatga oladi, ularni rahbariyatga taqdim etadi va ijrochilar belgilangach tegishliligi bo‘yicha ijrochilarga yetkazadi, ular ijrosining nazoratini ta'minlaydi. Shuningdek, mazkur murojaatlar natijasi haqida vazirga axborot kiritib boradi;

Vazirlikka kelib tushayotgan barcha xat va hujjatlarni devonxona orqali kirim qilinishini ta'minlaydi, qonunchilikda belgilangan tartibda ularni vazir va vazir o‘rinbosarlariga taqdim etadi, ijrochilar belgilangach tegishliligi bo‘yicha ijrochilarga yetkazadi va ijrosini nazorat qiladi;

ish yuritish, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlarni muvofiqlashtirib, yangi dasturiy elektron hujjat aylanishini ta'minlaydi va yangicha ishlash tizimini takomillashtirishda takliflar kiritib boradi;

Vazirlikda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda yagona elektron hujjat aylanish tizimini yaratib, ular orqali ijro intizomini, ish yuritish faoliyatini nazorat qiladi;

jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabulini tashkil etadi va murojatlar bilan ishlashni doimiy nazorat qilib boradi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali Vazirlikka ijro uchun kelib tushgan murojaatlarni qabul qiladi, ijrochilarni belgilaydi va ijro uchun yuboradi, ular ijrosini tashkillashtiradi va nazorat qilib boradi, natijasi haqida Virtual qabulxonaga axborot va ma'lumotlarni yetkazib, murojaatlarni ijro nazoratidan chiqarilishini ta'minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali Vazirlikka ijro uchun kelib tushgan murojaatlarni qabul qiladi, ijrochilarni belgilaydi va ijro uchun yuboradi, ular ijrosini tashkillashtiradi va nazorat qilib boradi. Shuningdek, mazkur murojaatlar ijro natijasi haqidagi axborot va ma'lumotlarni Bosh prokuraturaga yetkazib, murojaatlarni ijro nazoratidan chiqarilishini ta'minlaydi;

ijrosi ta'minlanib bo‘lingan va nazoratdan chiqarilgan hujjatlarni yagona namunadagi nazorat kartochkasini to‘ldirib, hujjatlar yig‘ma jildiga tikilgan holda saqlanishini ta'minlaydi;

vazir o‘rinbosarlari, boshqarma, bo‘lim va sho‘balar xodimlari bilan vazirlikka yuklatilgan topshiriqlarni birga bajarilishini ta'minlab, ijro intizomini mustahkamlashda ular bilan hamkorlikda ishlarni tashkil qiladi;

dasturlar, chora-tadbirlar, rejalar, nazorat rejalari, “yo‘l xaritalari” ishlab chiqishda ishtirok etadi va ular ijrosini nazorat qiladi;

ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni yagona tartib qoidasini joriy qilish maqsadida hududlarda va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatida tekshirishlar o‘tkazadi, xizmat tekshiruvlari va monitoringlar joriy qilgan holda joylarda tushuntirish
va profilaktika ishlarini olib boradi;

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashga hamda ijro intizomiga mas'ul xodimlar malakasini doimiy oshirib borish uchun o‘quv, seminar, konferensiya, video va audio selektor, anjumanlar tashkil etib boradi;

vazirlikning ichki odob-axloq qoidalariga qat'iy rioya etilishini ta'minlaydi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha xodimlar bilan birga faol ishtirok etadi.

Boshqarma yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarilishini ta'minlash bilan birga amaldagi qonunlar va qonunosti hujjatlar bilan, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘ridagi qonun hamda yo‘riqnomalar, ish yuritish va ijro intizomiga oid qoidalarda belgilangan vazifalarni og‘ishmay bajarilishini nazorat qiladi.

Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) Normativ huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida ijro etilishi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi ustidan nazoratni va ishlarni tashkil etish sohasida:

vazirlikka kelib tushgan barcha turdagi normativ huquqiy hujjatlar va ulardagi vazirlikka yuklatilgan vazifalar, topshiriqlar, ko‘rsatmalarni vazirlik boshqarmalari, bo‘limlari, sho‘balari, tizim va tasarrufiy tashkilotlariga yetkazish, ular ijrosini nazoratini olib borish;

Prezident hujjatlarida va joylarga tashriflar davomida berilgan topshiriqlar ijrosini vazirlik xodimlari tomonidan bajarilishini nazorat qilish, natijasini tekshirib borish, topshiriq ijrosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajaradigan ijrochilarning taqdim etgan ma'lumotlari va axborotlarini umumlashtirish va yuqori tashkilotlarga ular ijrosi ahvoli yuzasidan zaruratga qarab hisobotlar kiritib borish;

zarur hollarda berilgan topshiriqlarni ijro mexanizmini, ijro muddatlarini belgilagan holda ijrochilarga taqsimlab, chora-tadbirlar, nazorat rejalar, dasturlar, “yo‘l haritalari” ishlab chiqish va ijrosining nazoratini olib borish;

barcha hujjatlar ijrosini ta'minlanishi yuzasidan mas'ul xodimlardan ma'lumotlar, axborotlar va zarur hujjatlar talab qilish, ularni elektron dasturlarga kiritilishini va nazoratdan chiqarilishini amalga oshirish;

vazirlikning hujjatlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash ishlarini muvofiqlashtirish va boshqarma, bo‘lim, sho‘ba rahbarlari hamda xodimlarining bu boradagi shaxsiy javobgarligini oshirish;

Vazir topshirig‘i va ko‘rsatmalarini vazirning birinchi o‘rinbosari, vazir o‘rinbosarlari va boshqarma boshliqlari tomonidan bajarilishini nazorat qilish hamda ijro ahvoli haqida muddatidan oldin axborot kiritib borish;

belgilangan tartibda elektron hujjat aylanmasini joriy qilib ijro intizomi nazoratini olib borish va nazoratdan chiqarilmagan hujjatlarni ijrosini ta'minlatish choralarini ko‘rish.

b) Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sohasida:

yozma, top-kontakt, ishonch telefoni va boshqa shu kabi manbalardan hamda rahbariyatning shaxsiy va sayyor qabullari orqali Vazirlikka kelib tushgan murojaatlarni ro‘yxatga olish, ularni rahbariyatga taqdim etish va ijrochilar belgilangach, tegishliligi bo‘yicha ijrochilarga yetkazish, ular ijrosining nazoratini ta'minlash, ijrosi ta'minlangan murojaatlarni nazoratdan chiqarish va natijasi haqida har haftada vazirga axborot kiritib borish;

vazirlik binosida yoki rahbariyat bilan kelishgan holda keng ommani jalb qilgan holda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabulini tashkil etish;

belgilangan tartibda elektron dastur orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali Vazirlikka ijro uchun kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, tegishliligi bo‘yicha ijrochilarni belgilash va ijro uchun ularga elektron yuborish, ular ijrosini tashkillashtirish va nazoratini olib borish, natijasi haqida Virtual qabulxonaga axborot va ma'lumotlarni elektron yetkazib, murojaatlarni ijro nazoratidan chiqarilishini ta'minlash;

amaldagi elektron dastur orqali O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratrasidan Vazirlikka ijro uchun kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, ijrochilarga elektron yetkazish, ular ijrosini tashkillashtirish va nazoratini olib borish, natijasi haqida Bosh prokuraturaga axborot va ma'lumotlarni elektron yetkazish, murojaatlarni ijro nazoratidan chiqarilishini ta'minlash;

v) Ish yuritish va devonxona faoliyatini tashkillashtirish sohasida:

vazirlikka kelib tushayotgan barcha xat va hujjatlarni devonxona orqali kirim qilinishini ta'minlash, qonunchilikda belgilangan tartibda ularni vazir va vazir o‘rinbosarlariga taqdim etish, ijrochilar belgilangach tegishliligi bo‘yicha ijrochilarga yetkazish;

amaldagi normativ-huquqiy va idoraviy me'yoriy hujjatlar asosida vazirlik devonxonasida ish yuritish, hujjatlar, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni amalga oshirish;

vazirlik devonxonasiga yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, ye-XAT, vazirlik veb-sayti va elektron manzili, faks, pochta orqali, boshqa turda kelgan barcha hujjatlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tegishli jurnallarga (elektron jurnalga) rasmiylashtirish yoki nazorat kartochkalarga qayd etilishi, ularni vazirlikda ishlab chiqilgan lokal kompyuter tarmog‘ining elektron hujjat aylanish dasturining ma'lumotlar bazasiga kiritilishi va ijrochilarga yetkazilishini tashkil qilish;

ushbu hujjatlar yuzasidan vazirlik rahbariyatining ko‘rsatmalari va topshiriqlari imzolanib chiqqanidan so‘ng ular bo‘yicha nazorat kartochkalari ochilishi, nazoratga olinadigan topshiriq va ko‘rsatmalar, ularning bajarilish muddatlari qayd etilishi, hujjatlarning asl nusxalarini va nusxalarini ijro uchun vazirlik markaziy apparati tegishli bo‘linmalari va tizim tashkilotlariga kompyuter tarmog‘idagi elektron dastur orqali yoki vazirlik elektron pochtasi, rasmiy saytlari orqali elektron shaklda ijrochilarga yuborilishini ta'minlash;

vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, tizim tashkilotlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda tayyorlangan, vazirlik rahbariyati tomonidan imzolangan hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini ko‘rib chiqib, qabul qilish, ularni qayd etish va hujjatlarning toifasi (oddiy, XDFU, maxfiy)ga qarab o‘rnatilgan tartibda belgilangan manzillarga jo‘natish uchun tayyorlash va jo‘natilishini tashkil qilish;

davlat gerbi tushirilgan vazirlik blankalarini saqlash, ularning qat'iy tartib asosida raqamlab ro‘yxatga olinishi, ularni vazirlik markaziy apparati rahbar va mas'ul xodimlariga tegishli jurnallarda qayd etgan holda berilishi, vazirlik blankalarining Yo‘riqnoma asosida to‘g‘ri va maqsadli ishlatilishini nazorat qilish, ularning qat'iy hisobi va hisobotini yuritish, shuningdek, vazirlik devonxonasida mavjud dumaloq va to‘rtburchak shakldagi muhr va shtapmlardan to‘g‘ri foydalanilishi hamda saqlanishini ta'minlash;

“O‘zbekiston pochtasi” bo‘linmasi, maxsus aloqa, feldegerlik va kurerlik xizmati orqali xat-hujjatlarni jo‘natish, har bir yuboriladigan xat jild qiymatini aniqlash, jo‘natilgan xat-hujjat qiymatining kundalik hisobi hamda kelgan banderol, paket va  posilkalarning qabul qilib olinishi, ularni maxsus daftarga qayd etilishi va oluvchilarga topshirilishi, avans hisobotlari yuritilishini tashkil qilish;

ish yuritish, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlarni muvofiqlashtirish, yangi dasturiy elektron hujjat aylanishini ta'minlash va yangicha ishlash tizimini takomillashtirishda takliflar kiritib borish.

g) Ijro intizomini nazoratini tashkillashtirish sohasida:

vazirlikda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda yagona elektron hujjat aylanish tizimini yaratib, ular orqali ijro intizomini, ish yuritish faoliyatini nazorat qilish;

ijrosi ta'minlanib bo‘lingan va nazoratdan chiqarilgan hujjatlarni yagona namunadagi nazorat kartochkasini to‘ldirib, hujjatlar yig‘ma jildiga tikilgan holda devonxonada saqlanishini ta'minlash;

vazir o‘rinbosarlari, boshqarma, bo‘lim va sho‘balar xodimlari bilan vazirlikka yuklatilgan topshiriqlarni birga bajarilishini ta'minlab, ijro intizomini mustahkamlashda ular bilan hamkorlikda ishlarni tashkil qilish;

dasturlar, chora-tadbirlar, rejalar, nazorat rejalari, “yo‘l xaritalari” ishlab chiqishda ishtirok etish va ular ijrosini nazorat qilish;

ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni yagona tartib qoidasini joriy qilish maqsadida hududlarda va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatida tekshirishlar o‘tkazish, xizmat tekshiruvlari va monitoringlar joriy qilgan holda joylarda tushuntirish va profilaktika ishlarini olib borish;

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashga hamda ijro intizomiga mas'ul xodimlar malakasini doimiy oshirib borish uchun o‘quvlar, seminarlar, konferensiyalar, video va audio selektorlar, anjumanlar tashkil etib borish;

vazirlikning ichki odob-axloq qoidalariga qat'iy rioya etilishini ta'minlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha xodimlar bilan birga faol ishtirok etish;

soha bo‘yicha ijro intizomini nazoratini tashkillashtirishga mas'ullikni yuqori darajada olib borish va tartibbuzarliklarni o‘z vaqtida oldini olish choralarini ko‘rish;

ijro intizomi yuzasidan har haftada vazirga axborotlar kiritib borish va kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish, ijro intizomi buzilishi yuzasidan aybdor shaxslardan tushuntirishlar olish va ularni javobgarlikka toritish yuzasidan takliflar kiritib borish.

Boshqarma yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarilishini ta'minlash bilan birga amaldagi qonunlar va qonunosti hujjatlar bilan, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘ridagi qonun hamda yo‘riqnomalar, ish yuritish va ijro intizomiga oid qoidalarda belgilangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita o‘zi tomonidan amalga oshiradi yoki uning tizimiga kiruvchi quyi tizim va tasarufiy tashkilotlar orqali bajarilishini ta'minlaydi.