Vazifalar
Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish va mehnat migratsiyasidan qaytgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarni ishga joylashtirish masalalarida ko‘maklashish;
Mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda bevosita ishtirok etish;
Migratsiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, ma'muriy tuzilmalar, mahapliy davlat hokimiyati organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro aloqa o‘rnatadi;
Migratsiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi targibot va tashviqot ishlarini amalga oshiradi;
Migratsiya sohasiga oid davlat siyosatini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro, respublika, mintaqaviy va mahalliy tadbirlarni belgilangan tartibda tashkil etadi va o‘tkazadi.
Chet elda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro shartnomalar, milliy va davlat dasturlari, shuningdek, odam savdosining oldini olish sohasini va O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining monitoringini amalga oshiradi;
migratsiya sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda davlat organlariga, mahalliy hokimiyat organlariga yordam ko‘rsatadi;
diasporalar va xorijiy yurtdoshlarimizning milliy-madaniy birlashmalari bilan aloqa o‘rnatadi;
O‘zbekiston Respublikasn fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bilan imzolangan hamkorlik to‘grisidagi shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar va boshka hujjatlardan kelib chiqadigan tegishli qarorlar va majburiyatlarning bajarilishini muvofiqlashtirish va ularni O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida yuritilishini monitoring qilish;
O‘zbekiston Respublikasn fuqarolarini uyushgan holda tanlash bo‘yicha xorijiy ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzalishini hamda ularni mehnat me'yorlariga amal qilgan holda tizimli yo‘lga qo‘yilishini monitoring qilish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash, tayyorlash, moslashtirish tadbirlarini va xorijda ishga joylapggirish jarayonlarini to‘gri tashkil etilishini nazorat qilish;
Tashqi mehnat migratsiyasi faoliyatiga doir masalalarni kompleks taxdil qilish, shu asosda normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chikish;
O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor davlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va ularning vakolatxonalari bilan birgalikda odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari tarmoqlarini rivojlantirish va qochoqlar, boshpana izlovchilar uchun vaqtincha yashash joylarini tashkil etish ishlarini amalga oshirish.
Xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mehnat huquklari va ijtimoiy huquqlari himoyasini ta'minlash jarayonlarini tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar, institutlar hamda fondlar bilan hamkorlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijda mehnat qilaman deb ogir ahvolga tushib qolmasliklarini oldini olish uchun chora-tadbirlar, qo‘llanmalar, bukletlar va videoroliklar ishlab chiqish. Xorijda mehnat faoliyatini yuritaman deb og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini O‘zbekistonga qaytarish choralarini ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasn fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Respublika hududidan transportda ketayotganda ularning xavfsizligini ta'minlanish choralari hamda avia va temir yo‘l transportida imtiyozli yo‘l chiptalarini sotish bo‘yicha tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan kassalar ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishini, faoliyatini nazorat qilish;
mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida chet elga chiqayotgan shaxslarni kasbga o‘qitish va qayta o‘qitishga ko‘maklashadi;
Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish va mehnat migratsiyasidan qaytgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarni ishga joylashtirish masalalarida ko‘maklashish sohasida:
Yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga ruxsatnomalarni va xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni belgilangan tartibda berish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida mehnat qilayotgan xorijiy fuqarolar hisobini yuritilishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasn fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasn fuqarolarini shartnomalar asosida xorijga ishga jo‘natayotgan rekruting tashkilotlar mehnat faoliyatni qonuniy amalga oshirilishi yuzasidan nazorat olib borish;
Ishchi organiga taqdim etilgan litsenziyalarni berish, qayta rasmiylashtirish, to‘xtatish, tugatish va bekor kilish to‘g‘risidagi arizalar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini nazorat qilish;
Ishchi organ xulosasini olgan kundan boshlab o‘n ish kun mobaynida litsenziya berish yoki uni berishni rad etish to‘grisida qaror qabul qilish. Ishchi organ litsenziya talabgorini tegishli qaror kabul qilingandan keyin uch kun davomida kabul qilingan qaror haqida xabardor qilishi shart;
Litsenziya cheklanmagan muddatga berilib, litsenziyalarni olish, hisobga olish va saqpash bo‘yicha ishchi organ faoliyatini monitoring qilish;
Litsenziya talablari va shartlariga rioya etish yuzasidan nazorat qilish hamda litsenziat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va mudsatlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini rejali tekshirish;
Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilishi, shuningdek, tushgan shikoyat va arizalarga muvofiq zarur choralarni ko‘rish va amalga oshirish;
Zarurat bo‘lsa, migrantning mehnat qilish sharoitlari va ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida axborot olish maqsadida uning ish va yashash joyini borib ko‘rish;
Litsenziyaning amal qilishi litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi aniqlangan, shuningdek, aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari bajarilmagan hollarda to‘xtatilishi choralarini ko‘rish hamda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatishga sabab bo‘lgan holatlarni bartaraf etish uchun muddat belgilash.
Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilishiga olib kelgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilsa, mazkur holatlar bartaraf etilgani to‘grisida yozma tasdiknoma olingan vaktdan boshlab, uch kun mudsatda litsenziyaning amal qilishini tiklash choralarini ko‘rish.
Boshqarma o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi fukarolarini xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyait va sharoitlarini takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning mehnat bozorini o‘rganish;
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasn fuqarolarining mavjud ma'lumotlar bazasi va xorijiy ish beruvchilar reestrini tashkil etilishini nazorat qilish. Vazirlik tizimida chet elda ishlashni xoxlovchilar va xorijiy ish beruvchilar uchun yagona ma'lumotlar bazasini tashkil etish;
Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasn fuqarolarnni ketishdan oldin moslapggirish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularga chet tillarni, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarishda mehnat huquqlarini himoya qilish qoidalarini o‘rgatish jarayonlarini amalga oshirilishini doimiy nazorat qilib borish;
Xorijiy ish beruvchilar talablarini hisobga olgan holda, ishga joylashgirish uchun xorijga yuborilayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini me'yoriy talablarga asosan hujjatlarni rasmiylashtirilishi va vakolatli tibbiyot muassasalarini kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini monitoring qilish;
Xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun yuridik shaxslarga ruxsatnomalar va chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berilishi hamda O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchidan foydalanishni tartibga soluvchi qonun xujjatlari va normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin o‘quv-moslashtirish markazlari, o‘qitish, qayta o‘qitish va malaka oshirish markazlari, til o‘rgatish markazlari faoliyatini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali migratsiya sohasini samarali va to‘g‘ri tashkil etilishi bo‘yicha xorij vakolatxonalariga xamkorlik qilish;
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni, shu jumladan Vazirlik tizimi orkali xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik muassasalari bilan hamkorlikda huquqiy va ijtimoiy himoya kilish, moddiy qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshirish;
Mehnat migrantlarini kayta integratsiyalashtirish bo‘yicha dasturlar va loyihalarni amalga oshirish, xorijda vaqtincha mehnat faoliyati nihoyasiga yetgach, vataniga qaytib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasi xududida keyinchalik ishga joylashtirish uchun ularning ro‘yxatlarini aholini ishga joylashtirishga ko‘maklapguvchi hududiy organlarga taqdim etilishini ta'minlash.