Vazifalar
Boshqarmaning vazifalari quyidagilardan iborat:
Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda - Jamgarma) vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Jamg‘armaga majburiy ajratmalar o‘tkazilishdan vujudga kelgan boqimanda qarzlarni undirish choralarini ko‘rib chiqish va hududiy boshqarmalarda bajarilishini nazorat qilish;
Respublika tijorat banklari bilan qo‘shimcha va yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ish o‘rinlarini saqlab qolish uchun jamgarma mablag‘lari hisobidan kredit linyalari ochish maqsadida bosh kelishuvlar loyixalarini tayyorlash va tasdiqlash;
Tijorat banklari bilan Jamgarma mablag‘lari hisobidan berilgan imtiyozli kreditlar hamda ajratilgan kreditlarga hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida qaytarilishi, shuningdek ajratilgan kredit resurslarini maqsadli va samarali ishlatilishi va shu hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratilishini doimiy nazorat qilish;
Joylarda yangi ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha qabul qilingan Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq (jumladan, chorvachilikni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarida) Ish bilan ta'minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamgarmasi xisobidan rejalashtirilgan mablaglarni tijorat banklari bilan tuzilgan bosh kelishuvlarga asosan o‘z vaqtida moliyalashtirilishi va maqsadli ishlatilishini nazorat qilish;
Jamg‘armaning Qorakalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari tomonidan ishlab chiqilgan:
- mahalliy darajadagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasini shakillantirish va sarflash bo‘yicha smetalari;
-Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarini saqlash bo‘yicha tuzilgan choraklik, yarim yillik va yillik smeta xarajatlarini ro‘yxatdan o‘tkazilishini va ijrosi bo‘yicha doimiy monitoring olib borish;
Jamg‘arma mablag‘lari maqsadli va samarali foydalanishni o‘rganish bo‘yicha hududiy boshqarmalardan tegishli ma'lumotlarni olish hamda bu masalada joylarga chiqqan xolda o‘rganishlar o‘tkazish;
Jamgarma mablag‘larining yig‘ilishi va samarali ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida joylarda hududiy boshqarmalar rahbarlari, tuman (shauar) bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar rahbarlari ishtirokida amaliy-tahliliy mashgulotlar tashkil etish;
Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Jamgarmaga ta'luqli masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan belgilangan tartibda xamkorlik qilish;
Jamg‘arma mablag‘larini qonun xujjatlariga muvofiq qat'iy maqsadli sarflanishini ta'minlash va bu borada monitoring olib borish;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan hamkorlikda tashkil etilgan korxonalar faoliyatini doimiy nazorat qilish;
Ishsizlarni ijtimoiy muxofaza qilish tizimining barqarorligini ta'minlash va uni yanada takomillashtirish uchun oldini oluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida Ish bilan ta'minlash jamg‘armasining moliyaviy ahvolini prognozlash bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda majburiy ajratmalar miqdorlarini belgilash va Ish bilan ta'minlash jamg‘armasining moliyaviy ahvolini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ish bilan ta'minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamgarmasining kelgusi yil uchun daromadlari manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari prognozi loyixasini ishlab chiqish va O‘zbekistan Respublikasi Moliya vazirligiga takdim etish;
Davlat soliq qo‘mitasi bilan Ish bilan ta'minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamgarmaga majburiy ajratmalar o‘tkazilishidan vujudga kelgan boqimanda qarzlarning undirilishini ta'minlash maqsadida taqqoslama dalolatnomalar tuzish;
Ish bilan ta'minlash jamgarmasining tushum va xarajatlar rejasining ijrosi to‘g‘risidagi har choraklik va yillik yig‘ma hisobotlarni tayyorlash va O‘zbekistan Respublikasi Moliya vazirligiga takdim etish;
Vazirlik Xay'ati yig‘ilishlariga masalalar tayyorlash;
Vazirlik rahbariyatining boshqarma faoliyati bilan bog‘liq hamda boshka ta'luqli topshiriqlarni ijro etish.