Nizom
Farg‘ona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli, “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmonlari va “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001–son qarori, “Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish hamda mehnatini muhofaza qilish tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Farg‘ona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda – Bosh boshqarma deb ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
2. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyruqlari va normativ-huquqiy hujjatlariga, Farg‘ona viloyati hokimligining farmoyishi, qarorlari va normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik deb ataladi) tashkiliy tizimi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hamda tegishliligi bo‘yicha Farg‘ona viloyati hokimligiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
4. Bosh boshqarma tizimiga quyidagilar kiradi:
Bosh boshqarma apparati;
tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari;
ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish hududiy markazlari hamda kasb-hunar kollejlari kiritilishi mumkin.
5. Bosh boshqarma o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari hududiy tuzilmalari, tuman (shahar) hokimliklari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
6. Bosh boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
II. Bosh boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar Bosh boshqarmaning vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish;
Farg‘ona viloyati hokimi, tuman (shahar) hokimlari, hududiy prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmati rahbarlari tomonidan rahbarlik qilinadigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi o‘rinlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlikni amalga oshirish;
aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi sohasidagi va bosh boshqarma vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
ishga joylashtirish, o‘qitish va malaka oshirish, malakani baholash xizmatlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;
kovorking-markazlar tashkil etish va ularni saqlab turish moliyalashtirilishini tashkil qilish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda moliya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish.
8. Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Farg‘ona viloyati bandlik bosh boshqarmasi faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta'minlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi buyruqlarining, Farg‘ona viloyati hokimligi qaror va farmoyishlarining va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini tizimli nazorat qiladi;
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
aholini ishga joylashtirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
aholini ish bilan ta'minlash hududiy dasturlari bajarilishi monitoringini olib borish, band bo‘lmagan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;
ishga joylashtirish, o‘qitish va malakani baholash xizmatlariga bo‘lgan davlat buyurtmasini shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirish, keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik agentliklari, ishsizlar va band bo‘lmagan aholini o‘qitish markazlari hamda malakani baholash markazlariga haq to‘lash bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;
kovorking-markazlarni tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari takliflarini umumlashtiradi, shuningdek ularni saqlab turishning moliyalashtirilishini tashkil etadi;
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik ta'minotini tashkil etadi;
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar binolari va inshootlaridan joriy foydalanish bo‘yicha ishlar monitoringini o‘tkazadi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;
operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish va o‘z vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qaror (buyruq)lar qabul qiladi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bevosita o‘zi tomonidan, shuningdek hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va boshqa idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajarilishini ta'minlaydi.
III. Bosh boshqarmaning huquqlari va majburiyatlari
9. Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek boshqa hujjatlarni Farg‘ona viloyati hokimligiga belgilangan tartibda kiritish;
mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalarida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda axborot so‘rash va olish;
davlat statistika organlaridan Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarga doir zarur statistik axborotni bepul olish;
tashkilotlarda mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitlari va standartlari masalalari bo‘yicha qonunchilikka, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro konvensiyalar qoidalari va talablariga rioya etilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirishlar o‘tkazish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlarni hamda fuqaro-huquqiy shartnomalar asosida ish bajarayotgan (xizmatlar ko‘rsatayotgan) shaxslarni mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq ravishda ularning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar yuzasidan belgilangan tartibda maxsus tekshirishlarni o‘tkazish va tekshirishlarda qatnashish;
mehnat, bandlik, mehnatni muhofaza qilish va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma'muriy jazolar berish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan va xodimlar sog‘lig‘i yoki hayotiga xavf tug‘diradigan tashkilotlar faoliyatini yoki korxonalar mablag‘laridan foydalanishni o‘z vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatish;
Bosh boshqarma va uning idoraviy bo‘ysunuvidagi tuzilmalar davlat mulkini bir bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga bepul foydalanish huquqlari asosida o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida belgilangan tartibda o‘tkazish;
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini belgilangan tartibda tasarruf etish hamda ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazoratni ta'minlash ishlarini tashkil etish;
Bosh boshqarma va uning idora bo‘ysunuvidagi tuzilmalari davlat mol-mulkini beg‘araz foydalanish huquqi asosida bir bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga, o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida balansdan balansga belgilangan tartibda o‘tkazish, shtat jadvallarini muvofiqlashtirish, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar moliya-xo‘jalik faoliyati balanslari va hisobotlarini ko‘rib chiqish;
idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish;
idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan markazlashgan kapital mablag‘lardan samarali foydalanish yuzasidan nazoratni ta'minlash, Bosh boshqarma tizimidagi ob'ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha istiqbolli dasturlar ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
idora bo‘ysunuvidagi xo‘jalik tashkilotlari tuzilmasini, shtatlar sonini, shu jumladan boshqaruv xodimlarini, mehnatga haq to‘lash fondini, xarajatlar smetasini, avtotransport vositalari limitini belgilash;
Bosh boshqarma, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va idoraviy tashkilotlar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular tomonidan parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi, hajmi va shartlarini belgilash;
binolarga xizmat ko‘rsatish, inventar va xo‘jalik asboblarini, avtotransportni, aloqa vositalarini, hisoblash, kompyuter va ofis texnikasini ta'minlab turish va ulardan foydalanish, dasturiy ta'minot xarid qilish, shu jumladan autsorsing shartlari asosida xarid qilish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish, shu jumladan: «Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi» idora bo‘ysunuvidagi davlat muassasasida ilmiy ishlar bajarish, Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tadqiqotlar va so‘rovlar o‘tkazish; «Mehnat.uz» axborot-kompyuter markazi» MChJda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llab-quvvatlash; Farg‘ona shahrida ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish markazida, «Ishga marhamat» band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatish monomarkazi» MChJda hamda ishsiz fuqarolar va band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish markazlarida o‘qitish, malaka oshirish va qayta o‘qitish; malaka oshirish markazlarida malakani baholash; Respublika mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish kurslarida mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish; Respublika mehnat organlari tizimi xodimlari malakasini oshirish kurslarida mehnat organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
ish beruvchilar o‘rtasida ijtimoiy javobgarlikni oshirishga hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ishga joylashtirish bo‘yicha samarali faoliyatni kengaytirishga rag‘batlantirishni kuchaytirishga qaratilgan tanlovlarni belgilangan tartibda o‘tkazish;
mehnat, bandlik, ishga joylashtirish va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ijtimoiy reklama mahsulotlarini buyurtirish, shuningdek ularni davlat ommaviy axborot vositalarida, stendlarda, bannerlarda va aholi keng tanishishi mumkin bo‘lgan boshqa usullarda bepul joylashtirish;
mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hamda boshqa tashkilotlarning buyruqlari va boshqa hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda ko‘rsatmalar kiritish;
Internet jahon axborot tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda belgilangan tartibda rasmiy veb-saytlar yaratish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat soliq xizmati organlarining yozma murojaatlari asosida maxsus vakolatli organlar bilan dastlabki kelishuvsiz tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat'i nazar tashkilotlarning bandlik, mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishini rejadan tashqari qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkazish;
korrupsiya va boshqa suiiste'molliklarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik, xodimning shaxsiy va ishchanlik xususiyatlarini, uning faoliyati samaradorligini muntazam o‘rganish, shuningdek malakaga va Inspeksiya faoliyatining turli yo‘nalishlarida ishlash tajribasiga ega kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida xodimlar rotatsiyasini amalga oshirish;
kam foydalanilayotgan yoki rekonstruksiya yoxud kapital ta'mirlashni (qayta jihozlashni) talab qiluvchi mavjud binolar, xonalarni ijaraga berish;
mehnat organlari reytingini tuzish maqsadida ular faoliyatining samaradorligini oshirish mezonlarini tasdiqlash;
o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish;
Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bajarish bo‘yicha Bosh boshqarma hududiy bo‘linmalari va uning idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlari faoliyatini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish;
Bosh boshqarma hududiy bo‘linmalari va uning idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirokida kengashlar o‘tkazish;
Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamda tezkor hal etishni talab qiladigan masalalar yuzasidan Bosh boshqarma hududiy bo‘linmalari va uning idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan konferensiya, forum, seminar va treninglar o‘tkazish, shu jumladan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga o‘tkazish;
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
10. Bosh boshqarma Vazirlik bilan kelishgan holda davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qo‘shma buyruq va boshqa hujjatlar chiqarish huquqiga ega.
11. Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
IV. Bosh boshqarma rahbarlarining javobgarligi
12. Bandlik Bosh boshqarma boshlig‘i Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
13. Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari:
Bandlik bosh boshqarmasi nazoratidagi tarkibiy bo‘linmalarda Boshqarmada yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
14. Markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun;
o‘z funksional majburiyatlari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
15. Bosh boshqarmaning tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari rahbarlari:
bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
V. Bosh boshqarmaning faoliyatini tashkil etish
16. Bosh boshqarmani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Farg‘ona viloyati hokimi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Bosh boshqarma boshlig‘i boshqaradi.
Bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari – ishga joylashtirish va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i viloyat hokimligi bilan kelishgan holda boshqarma boshlig‘i tavsiyanomasi asosida vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Oliy yuridik yoki iqtisodiy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslar, shuningdek oliy ma'lumotli iqtisodiy-ijtimoiy sohada kamida 5 yillik ish staji bo‘lgan shaxslar Bosh boshqarma boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarlari lavozimida ishlashlari mumkin.
17. Bosh boshqarma boshlig‘i:
Bosh boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;
Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlarining, boshqarma apparati xodimlarining, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va bosh boshqarma tasarrufiga kiruvchi tashkilotlarning mansabdor shaxslari vakolatlarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi va bosh boshqarma tizimi xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
Bosh boshqarmaning xarajatlari smetasini va shtatlar jadvalini xodimlarning belgilangan soni doirasida tasdiqlaydi, bosh boshqarmaning byudjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlari va daromadlari smetasini, shtatlar jadvallarini hisobga oladi;
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
18. Quyidagilar:
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish – tegishli tuman (shahar)lar hokimlari va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bilan kelishgan holda Bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan;
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari direktorlari o‘rinbosarlari – ishga joylashtirish va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish – tegishli tuman (shahar) aholi bandlikka ko‘maklashish markazlari direktorlari tavsiyanomasi asosida Bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan;
Bosh boshqarma inspeksiya, bo‘lim (sho‘ba) boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish – vazirlik bilan kelishgan holda Bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
19. Bosh boshqarma inspeksiya, bo‘lim (sho‘ba) boshliqlarini, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari direktorlarini lavozimga tayinlash va ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga yetgunga qadar ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini ta'minlash maqsadida Bosh boshqarma boshlig‘i tarkibiy bo‘linma rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlaydi.
20. Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari to‘g‘risidagi nizomlar tegishli tuman (shahar)lar hokimlari bilan kelishgan holda tegishli ravishda Bosh boshqarmaning buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
21. Bosh boshqarma va uning tizimidagi tashkilotlarning xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish mehnat organlari tizimi xodimlarining Respublika kurslarida shartnoma asosida amalga oshiradi.
22. Oliy yuridik ma'lumotga ega Davlat mehnat Inspeksiyasining Davlat mehnat inspektorlari davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga tenglashtiriladi, ularga adliya organlari xodimlariga beriladigan mansab darajalari tatbiq etiladi.
23. Bosh boshqarmada 5 kishidan iborat – Bosh boshqarma boshlig‘i (Kengash raisi), uning o‘rinbosarlari, shuningdek Bosh boshqarma markaziy tarkibiy bo‘limlari rahbar xodimlaridan iborat tarkibda, o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq Kengash tashkil etiladi.
Kengashning shaxsiy tarkibi viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
bandlik va mehnat munosabatlari sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqqan holda Bosh boshqarma faoliyatining qonunchilikda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tanqidiy ko‘rib chiqish;
mehnat va bandlikni ta'minlash borasida qonunchilikda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha Bosh boshqarma va uning tuzilmaviy bo‘linmalari xodimlarining shaxsiy mas'uliyatini oshirishga doir aniq choralar ko‘rgan holda, quyi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitib borishni tashkil qilish;
aholini ish bilan ta'minlashning hududiy dasturlari hamda qabul qilingan Harakatlar strategiyasining 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha beshta ustuvor yo‘nalishlarining – mehnat bozorini tartibga solish va ijtimoiy sohani rivojlantirish qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishini ko‘rib borish.
ijro intizomi darajasini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va xalq qabulxonalaridan tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida hamda sifatli ko‘rib chiqish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari bajarilishi yuzasidan samarali nazoratni ta'minlash, bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi eng zarur muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Bosh boshqarma nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joylashtirish, tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini ko‘rib chiqish.
Kengash Bosh boshqarma vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Kengash majlislariga Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Kengash uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Kengash qarorlari Bosh boshqarma boshlig‘ining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh boshqarma boshlig‘i va kengash a'zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda Bosh boshqarma boshlig‘i paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida vazirlikka axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Kengash a'zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga xabar qilishlari mumkin.
Kengash faoliyati tartibi uning kengash tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
VI. Bosh boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish
24. Bosh boshqarma xodimlarini rag‘batlantirish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
25. Bosh boshqarma va tegishliligi bo‘yicha uning tizimidagi muassasalar xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rag‘batlantirish to‘lovlaridan iborat bo‘ladi.
Belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq to‘lash fondi mablag‘lari, shuningdek, mehnat organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasi mablag‘lari ish xaqi to‘lash va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish manbai hisoblanadi.
26. Bosh boshqarma boshlig‘i byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan o‘z faoliyatida samaradorlikning eng yuqori ko‘rsatkichlarini ta'minlayotgan xodimlariga ularning lavozim maoshining bir baravari miqdorida shaxsiy ustamalar belgilashga haqli. Shaxsiy ustamalar miqdorini belgilashda mehnatga haq to‘lashga oid Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsientlari bilan bir qatorda byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasidan shaxsiy ustamalar, shuningdek byudjetdan moliyalashtiriladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga 40 foizlik qo‘shimcha (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsienti) lavozim maoshi hisob-kitobiga kiritiladi.
27. Bosh boshqarma xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan davlat boshqaruvi organlarida ko‘p yillik mehnati uchun quyidagi hajmlarda (rag‘batlantirish koeffitsientini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsientlarda) har oyda mukofot puli to‘lanadi: 3 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan yuqori — 0,4.
- Vazirlik
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
- Mehnat va mehnatga haq to'lash
- Xalqaro hamkorlik
- Faoliyat yo'nalishlari
- Bandlik
- Investorlarga
- Mehnat muhofazasi
- Davlat xizmatlari
- Mehnat inspeksiyasi
- Ochiq ma'lumotlar
- Mehnat migratsiyasi
- Kasbiy ta'lim va qayta tayyorlov
- Davlat tomonidan tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash
- Vazirlik haqida
- O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari
- O'zbekistonda ish topish
- Xususiy bandlik agentliklari reestri
- Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari yagona reestri
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
- O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi me'yoriy hujjatlari
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tgan me'yoriy-huquqiy xujjatlar
- Меҳнат шартномасини онлайн расмийлаштириш
- Ishchi topish
- Mehnat daftarchadan ko'chirma olish
- Vazirlik tuzilmasi
- Matbuot markazi
- Rahbariyat
- "Mehnat bozori, bandlik va ishsizlik" axborot byulleteni
- OAV vakillariga
- OAV biz haqimizda
- Malaka oshirishga grant olish
- XBAni xususiy bandlik agentliklari reestriga kiritish
- Ягона миллий меҳнат тизими. Электрон меҳнат дафтарчаларини юритиш тартиби
- Hududiy boshqarmalar
- Lavozim maoshlar hisob-kitobi
- O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish uchun litsenziya olish
- Bandlikka ko‘maklashish markazlarining yuridik manzillari haqida ma'lumot
- Koreyada ishlash
- Tizimdagi tashkilotlar
- Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori XALIKK-2020
- Ish o‘rinlari attestatsiyasi materiallari ekspertizasi
- Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatiga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Vazirlik tarixi
- Korxona va tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish xodimlarining malaka oshirganligi to‘g‘risidagi ma'lumot
- Hamkorlik
- Xususiy tadbirkorlikka
- Notijorat tashkilotlarga
- Qabulxona
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Jismoniy shaxslarga
- Yuridik shaxslarga
- Axborot xizmatlari
- Onlayn qabulga yozilish
- Qabul jadvali
- Telefon raqamlar ma'lumotnomasi
- Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat
- Kasb standartlari
- "O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash" loyihasi
- Brifing va matbuot anjumanlari
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Paxta yigʼim-terimi vaqtida majburiy mehnatga jalb qilganligi uchun jarimaga tortilgan mansabdor shaxslar roʼyxati
- Muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari
- Jamoatchilik kengashi
- Меҳнат соҳасидаги меъёрий-ҳуқуқий база
- Билимни баҳолаш марказлари Реестри
- Byudjet muassasa va tashkilotlari xodimlarining lavozim tarif stavkalari miqdorlari
- Xodimlarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining tarmoqlararo tarif-malaka ma'lumotnomasi
- Video darsliklar
- Kasb-hunarga o'qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun yo'llanmalar asosida o'qitilgan fuqarolarning reestri
- “Zamonaviy iqtisodiyot uchun malakalarni rivojlantirish” loyihasi
- Bog'lanish
- Akkreditatsiyalangan OAVlar
- Davlat xizmatlari ochiq reyestri
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tez tez beriladigan savollar va javoblar
- Ochiq ma'lumotlaar
- Subsidiya
- Baxolash
- Barcha yangiliklar