Nizom

"Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi" MCHJ

"Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi" MChJ to‘g‘risida

NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Uzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Axborot-kompyuter markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat vazirligi tizimida Kompyuter markazi tashqil qilish to‘g‘risida”gi 1995-yil 25-apreldagi 147-son qarori acosida tashqil qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2001-yil 13-fevraldagi 75-son karoriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining "Axborot-kompyuter markaziga” aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki ob'ektlaridan samarali va ratsional foydalanish bo‘yicha ko‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 2015-yil 9-oktyabrdagi 289-son karoriga asosan O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Axborot-kompyuter markazi Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza kilish ilmiy markazi qoshida "Mehnat.uz" Axborot-kompyuter markazi" mas'uliyati cheklangan jamiyati ko‘rinishida qayta tashqil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Axborot-kompyuter markazi, oldingi joylashgan manzili Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 47-uy.

2. "Mehnat.uz" Axborot-kompyuter markazi" mas'uliyati cheklangan jamiyati keyingi o‘rinlarda “Jamiyat” deb ataluvchi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrdagi 310-sonli "Mas'uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to‘grisida"gi konuni boshqa me'yoriy hujjatlariga muvofiq tuzylgan.

3. Jamiyatning Ta'sischisi (yagona ta'sischi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki ob'ektlaridan samarali va ratsional foydalanish bo‘yicha ko‘shimcha chora-tadbirlar hakida”gi 2015-yil 9-oktyabrdagi 289-son karoriga asosan Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza kilish ilmiy markazi (bundan buyon matnda “Ta'sischi” deb yuritiladi) hisoblanadi.

Manzili: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, A.Avloniy ko‘chasi, 20-A uy.

4. Jamiyat Ta'sischilarining tarkibi Hukumat karori bilan kengaytirilishi mumkin.

5. Jamiyat O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi bo‘lib, mustaqil balansi, bank muassasasida hisob va boshqa raqamlarga egadir. Jamiyat o‘z faoliyatini to‘liq xo‘jalik hisobi, o‘z-o‘zini moliyaviy ta'minlash va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida olib boradi.

6. Jamiyat O‘zbekiston Respublikasining konunchiligida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huqukiga ega bo‘ladi.

7. Jamiyat to‘liq nomi davlat tilida ifodalangan dumaloq muhrga ega.

8. Jamiyat o‘z muassasa nomi yozilgan tamg‘alari va blankalariga, o‘z timsoliga, shuningdek, belgilangan tartibda ro‘yhatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga, hamda boshqa o‘z belgi - alomatlariga ega bo‘lishga haqlidir.

9. Jamiyat o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega, uz nomidan huquqlarga egalik qilishi, majburiyatlar olishi, sudda da'vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.

10. Jamiyat filialining tashkil etilishi, shuningdek, "Mehnat.uz" Axborot-kompyuter markazi" MChJning pochta manzili o‘zgarishi bilan bogliq o‘zgartishlar kiritilgan hollarda, bunday o‘zgartirishlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ xabardor qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.

11. Jamiyat to‘liq nomiga ega:

o‘zbek tilida - "MEHNAT.UZ" Axborot-kompyuter markazi" - mas'uliyati cheklangan jamiyati;

rus tilida - «Informatsionno-kompyuternыy sentr Obщestvo s ogranichennoy otvetstvennostyu «MEHNAT.UZ»;

ingliz tilida - "The Information-computer centre "MEHNAT.UZ" Limited Liability Company.

12. Jamiyat qisqacha firma nomiga ega:

o‘zbek tilida - "MEHNAT.UZ" Axborot-kompyuter markazi" - MChJ;

rus tilida - OOO «Informatsionno-kompyuternыy sentr «MEHNAT.UZ»;

ingliz tilida - "The Information-computer centre "MEHNAT.UZ" LLC.

13. Jamiyatning pochta manzili: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, A.Avloniy ko‘chasi, 20-a uy.

14. Jamiyatning faoliyat muddati cheklanmagan.

II. JAMIYATNING ASOSIY MAQSADI VA FAOLIYAT YO‘NALISHLARI

15. Jamiyatning asosiy maqsadi Mehnat vazirligi tizimida axborot texnologiyalari va yangi elektron dasturlarni joriy qilish, kompyuter va orgtexnikalarni qo‘llash, ularga sistemotexnik va profilaktik xizmatlari ko‘rsatish, ta'mirlash hamda dasturiy ta'minot bilan ta'minlash bo‘yicha o‘z faoliyatini xo‘jalik xisobidan ko‘rsatiladigan xizmatlar evaziga foyda olish hisoblanadi.

16. Quyidagilar jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

  • zamonaviy axborot texnologiyalarni vazirlik va boshqa tizimdagi korxona va muassasalarga qo‘llash;
  • vazirlik tizimi va boshka korxona va muassasalar uchun zarur bo‘lgan amaliy elektron dasturlarni loyihalashtirish, ishlab chiqish, moslashtirish, amalda qo‘llash hamda dasturlar bo‘yicha mualliflik nazoratini olib borish;
  • kompyuter va orgtexnik vositalarga texnik, sistemotexnik va ta'mirlash xizmatlarini ko‘rsatish;
  • xodimlarning kompyuter savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘kuv kurslarini tashkil etish;
  • kompyuter va orgtexnikalar hamda ularning butlovchi kismlarini sotish va sotib olish;
  • internet, informatika va kompyuter bo‘yicha maslahatlar berish, o‘qitish va qayta tayyorlash;
  • kompyuter va orgtexnika vositalarini yigish, sotish, moslashtirish, amalda ko‘llash, ularga xizmat ko‘rsatish, ta'mirlash;
  • yuridik va jismoniy shaxslarga kompyuter va orgtexnikaga oid qonun bilan takiklanmagan boshqa barcha xizmat turlarini ko‘rsatish;
  • axborot-nashriyot va poligrafiya faoliyati bilan shugullanish;
  • kitoblar yozish, audio-video mahsulotlarini tayyorlash va ularni realizatsiya qilish;
  • intellektual mehnat mahsulotlari yaratish, jumladan: patentlar, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqish;
    axborot, marketing va reklama xizmatlarini ko‘rsatish, ko‘rgazmalar, yarmarkalar, auksionlar tashkil etish va ularni o‘tkazish;
  • foyda olish maqsadida belgilangan tartibda tijorat ishlari bilan shug‘ullanish, shu jumladan ulgurji va chakana savdo bilan shugullanish;
  • kompyuter va orgtexnik vositalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish;
  • kompyuter va orgtexnik vositalarga texnik xulosalar berish bilan shugullanishi;
  • Jamiyat Uzbekiston Respublikasi va uning tashqarisida, qonunchilikda man etilmagan va amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma talab etiladigan faoliyat turlar bilan tegishli litsenziyalar asosida shugullanishni tashkil etish;

Jamiyat bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi konunchiligida taqiqlanmagan faoliyatlar bilan shugullanishi mumkin.

III. JAMIYATNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

17. O‘z faoliyatini amalga oshirish va o‘z oldida turgan vazifalarni hal etish maqsadida, Jamiyat quyidagi huquqlarga egadir:

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillaщtirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi 117-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘grisidagi ustavga muvofiq Mexnat vazirligi, uning barcha hududiy va tasarrufiy tashkilotlari bilan vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan sohaga oid axborot-kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va saklashni — idoraviy mansub “MEHNAT.UZ” Axborot-kompyuter markazi” MChJ tender (tanlov)lardan ozod etilgan holda, tender o‘tkazmasdan shartnomalar imzolash;
  • tuzilgan shartnomalarga muvofiq, moddiy-texnik va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishni ta'minlash;
  • MDH va xorijiy mamlakatlarning korxona va tashkilotlari bilan o‘zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish;
  • ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, xizmatlarni kelishilgan narx va tariflar bo‘yicha sotish;
  • boshqa yuridik shaxslar Ustavga asosan fondida ta'sischi sifatida yoki o‘zga yo‘l bilan qatnashish, Respublika va undan tashqarida filiallar tashkil etish;
  • birgalikdagi faoliyat to‘grisidagi shartnomalar asosida Jamiyat va uning filiallari ish faoliyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish (bu holda foydaning taqsimoti alohida shartnomada ko‘rsatib o‘tiladi);
  • texnik vositalarga xizmat ko‘rsatish va ularni ijaraga berish, asbob-uskunalar lizingi shaxobchalarini tashkil qilish;
    O‘zbekiston Respublikasi hamda undan tashqarida davlat, tijorat, yuridik va jismoniy shaxslar bilan turli bitimlar va boshka yuridik aktlarni amalga oshirish;
  • Jamiyat ishlariga chet el yuridik va jismoniy shaxslarini jalb qilish;
    Uzbekiston Respublikasi hududida ko‘char va ko‘chmas mulklarni, mulkchilik juklarini va intellektual mulkni sotib olish, ularni ijaraga berish va olish;
  • uyushma, ittifoq, konsorsium va birlashmalarga a'zo bo‘lish;
    belgilangan tartibda banklarda har qanday, shuningdek valyuta hisob rakamlarini ochish, bank kreditlari va ssudalarini olish, amaldagi qonunchilik asosida har qanday to‘lov shakllarini o‘tkazish va akseptlash, o‘z mablag‘larini o‘rnatilgan tartibda vakolatli banklar orqali ayirboshlash;
  • tender va tanlovlarda qatnashish;
  • o‘zining ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini hamda ijtimoiy rivojlantirish jamg‘armalarini mustaqil rejalashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq mustaqil ravishda o‘z karamog‘idan mol-mulk, qarz, kamomad va boshqa ziyonlarni belgilangan tartibda ilmiy markaz bilan qyelishgan holda chiqarish;
  • Jamiyatning Ustavida ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan texnik ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo, materiallar, transport vositalarini (eng kam oylik ish haqining yuz barobaridan oshgan xollarda) Ta'sischi bilan kelishgan holda sotib olish;
  • kim oshdi savdosi, savdo, tanlovlarda ishtirok etish, homiylik va xayriya faoliyatini amalga oshirish;
  • qonunchilik talablariga muvofik obligatsiyalar chiqarish yo‘li bilan zayom sarmoyasini shakllantirish;
  • tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshirish.

18. Quyidagilar Jamiyatning majburiyatlari xisoblanadi:

  • Belgilangan rejalar asosida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Ta'sischiga hisobot va bildirgilar taqdim etish va belgilangan tartibda kelishish;
  • ishlab chiqarish, xo‘jalik hamda ilmiy-uslubiy faoliyati tugrisida Ta'sischiga yillik hisobot berib borish.

Jamiyat belgilangan maksadlarga erishish va yuklangan vazifalarni bajarish uchun konun hujjatlarida belgilangan tartibda uz faoliyatini ushbu ustav va boshka normativ- huquqiy xujjatlarda nazarda tutilgan vazifalar doirasida rejalashtirish va amalga oshirishi kerak.

IV. JAMIYATNING MULKIY JAVOBGARLIGI

19. Jamiyat o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli barcha mol-mulki bilan javobgar bo'ladi.

  • Jamiyat uz Ta'sischisi majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi, o‘z navbatida Jamiyat Ta'sischisi uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi.
  • Davlat va uning organlari Jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi, shu tarika Jamiyat xam davlat va uning organlari majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi.
  • Jamiyat o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy hukuqlarni olishi va amalga oshirishi, shartnomalar asosida faoliyatini yuritishi, majburiyatlar olishi, sudda da'vogar yoki javobgar bo‘lishi mumkin.

V. TA'SISCHINING HUQUQ VA VAKOLATLARI

20. Ta'sischi quyidagi huquqlarga ega:

  • “MEHNAT.UZ” axborot kompyuter markazi” MChJ faoliyati bo‘yicha umumiy nazoratni olib boradi;
  • “MEHNAT.UZ” Axborot kompyuter markazi” MChJ direktorini urnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri bilan kelishgan holda, Ilmiy markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
  • Jamiyat rahbari bilan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jamiyat raxbari va ta'sischi o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzish;
  • har yili Jamiyatning biznes-rejasini tasdiklash, yil yakuni bo‘yicha ijro etuvchi organning hisobotini eshitish;
  • bozor qiymati eng kam oylik ish xaqining yuz baravari miqdoridan oshadigan mol- mulkini, ushbu mulkni tasarruf etish uchun davlat korxonasining ijro etuvchi organiga ruxsatnomalar berish to‘g‘risidagi qarorni tegishli ravishda Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishish;
  • Ta'sischi tasdiqlagan va tegishli davlat organlarida ro‘yxatga olingan mazkur Ustav, Jamiyatning ta'sis hujjati hisoblanadi.
  • Ta'sis hujjatlariga o‘zgartishlar ta'sischi qarori (buyrug‘i)ga binoan kiritiladi. Ta'sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va o‘tgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Jamiyatga berilgan davlat mulkidan maqsadli foydalanilishini va saqlanishini, shuningdek, uning begonalashtirilishini nazorat qilish.

21. Ta'sischi vakolatiga quyidagi masalalarni hal qilish kiradi:

  • Jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek tijorat tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish to‘grisida karor kabul qilish;
  • Jamiyat Ustavga asosan fondining miqdorini o‘zgartirish;
  • Jamiyat Ustavga asosan fondi miqdorini ko‘paytirish;
  • Ta'sis hujjatlariga o‘zgartish va ko‘shimchalar kiritish;
  • Jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
  • taftish hay'ati (taftishchi)ni tayinlash va uning vakolatlarini muddatdan ilgari to‘xtatish;
  • Jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (kabul qilish);
  • auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘grisida qaror qabul qilish, auditorlik tashkilotlari hamda ularning xizmatlariga to‘lanadigan ish haqining eng ko‘p miqdorini aniklash;
  • boshka yuridik shaxe, vakolatxona va filiallarni tuzish to‘grisida qaror qabul knlish;
  • Jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘grisida qaror qabul kilish;
  • tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash;
  • Jamiyat Ustavga asosan fondiga pulsiz shaklda kiritiladigan hissalarning pullik bahosini belgilash;
  • ushbu Ustav va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish.

22. Jamiyat faoliyatini ta'minlash uchun Ustavga asosan fond tashkil qilinadi.

Jamiyatning Ustavga asosan fondi 69 462 800 (oltmish to‘qqiz million to‘rt yuzoltmish ikki ming sakkiz yuz) so‘mni tashkil qiladi (asos: O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat ko‘mitasining Toshkent shaxar hududiy boshqarmasining 2016-yilning 5-apreldagi 68 K-PO sonli buyrug‘i).

23. Har bir Ta'sischi tomonidan kiritilayotgan mol-mulkning qiymati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ravishda baholanadi.

24. Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ta'sischi tomonidan hissa tariqasida foydalanish uchun berilgan mol-mulk, u kancha muddatga berilgan bo‘lsa, shuncha muddat davomida Jamiyat foydalanishida qoladi.

VI. JAMIYATNING USTAVGA ASOSAN FONDINI KO‘PAYTIRISH VA KAMAYTIRISH SHARTLARI

25. Jamiyatning Ustavga asosan fondini ko‘paytirishga, u to‘liq to‘langanidan keyingina yo‘l ko‘yiladi.

26. Jamiyatning Ustavga asosan fondini ko‘paytirish Jamiyat Ta'sischisi qaroriga binoan amalga oshiriladi.

27. Jamiyat Ustavga asosan fondining ko‘paytirilishi:

  • Jamiyatning mol-mulki;
  • Jamiyat Ta'sischisining qo‘shimcha hissalari;
  • Jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxsning hissasi hisobiga amalga oshirilishi mumkin.

28. Jamiyat Ustavga asosan uning fondini mol-mulki hisobiga ko‘paytirish to‘grisidagi qaror, bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun Jamiyatning buxgalteriya hisoboti ma'lumotlari asosidagina kabul kilinishi mumkin.

29. Jamiyat Ustavga asosan fondi Jamiyatning mol-mulki hisobiga ko‘paytiriladigan summa Jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan Ustavga asosan fondi hamda Zahira fondi summasi o‘rtasidagi farqdan ortiq bo‘lmasligi kerak.

30. Jamiyatning Ustavga asosan fondi kupaytirilganda Jamiyatning Ta'sischisi ulushining miqdorlari o‘zgarmagan holda uning nominal qiymati mutanosib ravishda ko‘payadi.

31. Qo‘shimcha hissani to‘lik qo‘shish muddati belgilanishi kerak.

32. Jamiyat Ta'sischisining umumiy yigilishi Jamiyat Ta'sischisining qo‘shimcha xissa qo‘shish to‘grisidagi arizasi asosida Jamiyatning Ustavga asosan fondini ko‘paytirish to‘grisida bir ovozdan qaror kabul kilishi mumkin.

33. Jamiyat o‘z Ustaviga asosan qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda fondini gamaytirishga haqlidir, o‘z Ta'sischisining Jamiyat Ustaviga asosan fondidagi ulushi nominal qiymatini kamaytirishi va (yoki) Jamiyatga tegishli ulushning shaklini to‘lash orqali Ustavga asosan fondini kamaytirishi shart.

34. Jamiyat, agar bunday kamaytirish natijasida Ustavga asosan fondining miqsori amaldagi konunchilikka muvofiq holda belgilangan mas'uliyati cheklangan jamiyatlar uchun belgilangan Ustavga asosan fondi miqdoridan kamayib ketsa, Ustavga asosan fondini kamaytirishga haqli emas.

35. Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan e'tiboran bir yil mobaynida uning Ustavga asosan fondi to‘liq to‘lanmagan taqdirda, Jamiyat uzining Ustavga asosan fondini amalda to‘langan miqdorgacha kamaytirishini e'lon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda ro‘yhatdan o‘tkazish to‘grisida qaror kabul qilishi lozim.

36. Moliya yili tugaganidan keyin Jamiyat sof aktivlarining qiymati uning Ustavga asosan fondidan kam bo‘lib qolsa, Jamiyat Ustavga asosan fondini o‘zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorgacha kamaytirilishini e'lon qilishi va bunday kamaytirishni belgilangan tartibda ro‘yhatdan o‘tkazishi shart.

37. Jamiyat sof aktivlarining kiymati amaldagi konunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.

38. Jamiyat o‘z Ustavga asosan fondini kamaytirish to‘grisida qaror kabul qilingan sanadan e'tiboran o‘ttiz kun ichida Jamiyatning Ustavga asosan fondi kamaytiry'lgani va uning yangi miqdori shaklida Jamiyatning o‘ziga ma'lum bo‘lgan barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi, shuningdek qabul kilingan karor to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar e'lon qilishi shart.

Bunda Jamiyat kreditorlari o‘zlariga xabarnoma yo‘llangan sanadan e'tiboran o‘ttiz kun ichida yoki kabul qilingan qaror to‘g‘risida xabar e'lon kilingan sanadan e'tiboran o‘ttiz kun ichida tegishli majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda ko‘rgan zararning o‘rnini koplashini yozma ravishda talab kilishga haqlidir.

VII. JAMIYATNING MOL-MULKI

39. Jamiyat o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo‘ladi. Egalik huquqida Jamiyatga uning Ta'sischisi tomonidan xissa sifatida berilgan mulk, shuningdek boshqa asoslar bo‘yicha sotib olingan mul k tegishli bo‘ladi.

40. Jamiyat mol-mulki Ustavga asosan fondi va Zahira fondlari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, shuningdek qonunda belgilangan tartibda va ishbilarmonlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan Jamiyat sotib oladigan mol-mulk, bank hisoblaridagi mablaglardan iborat.

VIII. TA'SISChINING JAMIYaT TARKIBIDAN ChIQIShI JAMIYaT USTAVGA ASOSAN FONDIDAGI ULUShNING (UNING BIR QISMINING) OLINIShI

41. Jamiyat Ta'sischisi Hukumat qaroriga yoki belgilangan konunchilikka asosan o‘zgaradi.

42. Jamiyat Ta'sischisining Jamiyat tarkibidan chikishida uning karor chiqqan, paytdan boshlab Jamiyat tasarrufiga o‘tadi. Bunda Jamiyat Ta'sischiga ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki chikkanning roziligi bilan ulushni xuddi shunday qiymatdagi natura holida berilishi lozim.

Ulushni haqiqiy qiymati chikish muddatidan oldingi hisobot davri uchun Jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma'lumotlari asosida aniklanadi.

IX. JAMIYATNING BOSHQARUVI

42. Quyidagilar:

Direktor jamiyatning boshqaruv organi hisoblanadi.

43. Jamiyatning kundalik faoliyati yuzasidan rahbarlik yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi - Direktor tomonidan amalga oshiriladi. Direktor Ta'sischi oldida hisobdordir.

X. JAMIYATNING DIREKTORI

44. Direktor Jamiyatning ijroiya organi hisoblanadi, Ta'sischi tomonidan tayinlanadi.

45. Direktor Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarligini amalga oshiradi va Mehnat vazirligi oldida uning qarorlari bajarilishi uchuy shaxsan javobgardir.

46. Jamiyatning Direktori:

  • Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi;
  • Banklarda hisob raqamlarini ochadi, Jamiyatning mol-mulki va moliyaviy mablaglarini o‘z vakolati doirasida boshqaradi;
  • Jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi;
  • Jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga nisbatan ragbatlantirish choralarini (Ta'sischi bilan kelishilgan “Xodimlarni moddiy ragbanlantirish Nizomi”ga asosan) va intizomiy jazolarni ko‘llaydi;
  • Ushbu Ustav bilan Jamiyat Ta'sischi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

47. Jamiyat Direktorining faoliyati va uning tomonidan karorlar kabul qilish tartibi Jamiyatning hujjatlari bilan, shuningdek Ta'sischi va Direktor o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi.

XI. JAMIYATNING MOLIYAVIY-XO‘JALIK FAOLIYATI

48. Moliyaviy yil tugagandan so‘ng Jamiyatning balansi, foydalar va ziyonlar hisobi tuziladi. Direktor moliyaviy yil tugagandan so‘ng 2 oydan kechiktirmay Jamiyat faoliyati to‘grisidagi hisobotni Ta'sischiga taqdim etadi.

49. Jamiyat uz faoliyati natijalarini hisobga olishni amalga oshiradi, buxgalterlik, statistik hisobotlarni olib boradi va uni belgilangan tartibda soliq inspeksiyasi va Uzbekistan Respublikasining boshka davlat hokimlik organlariga yuboradi.

50. Buxgalterlik hisoboti, Jamiyatning yillik hisobotlarini tuzish va tekshirish Uzbekistan Respublikasidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq olib boriladi.

XII. JAMIYAT HUJJATLARINI SAQLASH

51. Jamiyat, quyidagi xujjatlarni Jamiyat faoliyatining jami muddati mobaynida saklashi shart:

  • Jamiyatning ta'sis xujjatlari, shuningdek ta'sis hujjatlariga kiritilgan hamda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zgartishlar va ko‘shimchalar;
  • Ta'sischining Jamiyatni tashkil etish va uning Ustavga asosan fondiga ko‘shiladigan pulsiz hissalarning pul bahosini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni, shuningdek, Jamiyatni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa qarorlarni o‘z ichiga olgan bayonnomasi;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;
  • o‘z balansida turgan mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • filiallari va vakolatxonalarining Ustavlari;
  • auditorlik tashkilotlarining xulosalari;
  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.

XIII. JAMIYAT TA'SISCHIGA VA BOSHQA SHAXSLARGA JAMIYAT AXBOROTLARINING BERILISHI TARTIBI

52. Jamiyat Ta'sischi auditorining talabi bilan, ular tomonidan belgilangan muddatga Jamiyatning ta'sis va boshqa hujjatlari, shuningdek Jamiyat faoliyati bilan bogliq boshqa axborot bilan tanishish imkoniyatini berishi shart.

XIV. BOSHQA SHARTLAR

53. Ushbu Ustavga kiritiladigan barcha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar Jamiyat Ta'sischisi tomonidan ushbu Ustav va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha tasdiqlanishi, so‘ngra davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Ushbu Ustavga kiritiladigan barcha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar konun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradi.

54. Ushbu Ustav Uzbekistan Respublikasining konunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtidan boshlab kuchga kiradi.

55. Ushbu Ustav Jamiyatning barcha organlari, ishtirokchilari, Jamiyat personaliga taaluqli shaxslarga, majburiy kuchga ega.

56. Agar ushbu Ustavning biror bir qoidasi o‘z kuchini yo‘kotsa, qolgan qoidalar o‘z kuchini saqlab qoladi.

57. Agar Ushbu Ustav qoidalari Ta'sis shartnomasi qoidalariga zid bo‘lsa, bunday holda Jamiyat Ta'sischisi uchun ustun kuchga ega bo‘lgan ushbu Ustav qoidalariga amal qilinadi.

58. Ushbu Ustavda hal etilmagan masalalar Uzbekistan Respublikasi qonunchiligi va ta'sis shartnomasiga muvofiq hal etiladi.