Nizom

Toshkent shahar Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi

Toshkent shahar Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy koidalar

1. Mazkur Ustav O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentyabrdagi “Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini ta'minlashga doir ko‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 270-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.

2. Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazi (keyingi matnlarda - Markaz) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 13-avgustdagi “Toshkent shahrida Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Kasb- hunarga o‘qitish markazini tashkil etish choralari to‘grisida”gi 170-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (keyingi matnlarda - Ta'sischi) Markazning ta'sischisi hisoblanadi.

3. Markaz, davlat mulki negizida tashkil etilib, unga tezkor boshqaruv uchun berilgan va unga egalik qilishga asoslangan hamda o‘ziga biriktirilgan mulkka, qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda o‘z faoliyati maqsadlariga va Ta'sisichi tomonidan belgilangan vazifalarga muvofiq holda egalik qilish va foydalanish xuquqlariga ega davlat ta'lim muassasasi hisoblanadi.

4. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa me'yoriy-hukuqiy hujjatlarga hamda ushbu Ustav amal qiladi.

5. Markaz yuridik shaxs hisoblanib, o‘ziga xos mol-mulkka egalik qiladi, mustaqil balansiga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta va boshqa hisob raqamlariga, belgisiga, shtamp va blankalariga, tovar belgilariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida nomi yozilgan muhriga hamda boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.

6. Markazning rasmiy nomi - davlat tilida:

TOSHKENT SHAHRIDAGI KASB-HUNARGA O‘QITISh MARKAZI,

koreys tilida: 타슈켄트에서의 직업 훈련 센터

rus tilida: ЦЕНТР ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ В г.ТАШКЕНТЕ,

ingliz tilida: CENTER FOR VOCATIONAL TRAINING IN TASHKENT

Markazning yuridik manzili: Toshkent shahri, Sergeli tumani

7. Markaz o‘z nomidan, O‘zbekiston Respublikasining amal, bilan o‘rnatilgan tartibda, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshiradi, sudda da'vogarlik qilish va javobgar bo‘lish, nizolarni hal etishda vakillik qilish majburiyatlarini oladi.

II. Markazning maqsadi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

8. Markaz faoliyatining maqsadi - o‘rnatilgan tartibda “ishsiz” deb e'tirof etilgan shaxslarni, shu jumladan umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni tamomlagan va doimiy ishga ega bo‘lmaganlarni kasb-hunarga o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlashdan hamda mazkur Ustavda ko‘zda tutilgan boshqa ishlar va xizmatlarni amalga oshirishdan iborat.

9. Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

ish bilan band bo‘lmagan aholini, shu jumladan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni tamomlagan hamda doimiy ishga ega bo‘lmagan shaxslarni, 11-sinf ma'lumotiga ega bo‘lgan fuqarolarni quyidagi asosiy yo‘nalishlar va mutaxassisliklar: avtomobillarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish (avtochilangarlar, motorchilar, avtomobillar diagnostikasi bo‘yicha mutaxassislar); mashinasozlik ishlab chiqarishi (tokarlar, frezerchilar, metallga ishlov berish mutaxassislari); elektr va elektronika (maishiy texnika, radio va teleapparatlarni ta'mirlash bo‘yicha mutaxassislar); axborot texnologiyalari (hisoblash mashinalari operatorlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash mutaxassislari) bo‘yicha 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda bepul o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

Koreya Respublikasiga ishga yuborilayotgan fuqarolarni ketishdan oldin pulli asosda tayyorlash va moslashtirish;

O‘zbekistonning mehnat bozorida talab katta bo‘lgan kasblar bo‘yicha ish izlayotgan shaxslarni hamda korxona (tashkilot)larning buyurtmasiga ko‘ra pulli asosda qisqa muddatda o‘qitish.

10. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:

o‘quv reja va dasturlariga muvofiq o‘quvchilarni umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha o‘qitadi, tayyorlaydi va qayta tayyorlaydi hamda markaz o‘quvchilarini korxona (tashkilot)larida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashlarini tashkil qiladi;

Markaz ishida qo‘llaniladigan zaruriy o‘quv-uslubiy dasturlarni va materiallarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

mehnat bozorining talablaridan kelib chiqqan holda kasb-hunarga o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlashning aniq yo‘nalishlari va hajmlarini aniqlaydi;

talab qilinayotgan kasblar (mutaxassisliklar) bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash yuzasidan o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi;

o‘rnatilgan tartibda “ishsiz” deb e'tirof etilgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitadi, tayyorlaydi va qayta tayyorlaydi;

korxonalar, institutlar, texnik va ta'lim muassasalari bilan tegishli kelishuvlar asosida, shu jumladan fan, ta'lim, texnik butlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha idoralararo kelishuvlari asosida hamkorlikni amalga oshiradi;

jismoniy va yuridik shaxslar bilan quyidagi yo‘nalishlarda qisqa muddatli pulli o‘kishlar tashkil etish yuzasidan shartnomalar imzolaydi: chet tillarga o‘qitish;

dasturlash, dizayn, kompyuter dasturlari ishlab chiqish va boshqa kompyuter malakalarini oshirish;

avtomatlashtirish, elektrlashtirish, elektromontaj qilish va/ uskunalar, binolar, qurilmalar, elektr sxemalari va boshqa elektron| maishiy uskunalarni ta'mirlash;

mashinasozlik ishlab chiqarishi (tokarlik, frezerchi, park metallarga qayta ishlov berish), payvandlash sanoati (elektrp! gazpayvandlash, yoysimon payvandlash, kempi, nuqtali payvandlash, chilangarlik payvandlash, sovuq payvandlash, issiq payvandlash, avtovakkumli payvandlash, kontaktli payvandlash va payvandlashning boshqa turlari);

avtotransport vositalarini ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ((avtotransport vositasini va dvigatelni ekspluatatsiya qilish va joriy ta'mirlash, avtotransport vositasini va agregatni kapital ta'mirlash, yig‘ish-sochish, payvandlash, kuzov ishlari, bo‘yash, elektrotexnik, slesar-mexanika ishlari, avtomobilni yuritish qismini ta'mirlash, nazorat- diagnostika, moylash, boshqarish, mahkamlash (qotirish), yoqilg‘i quyish qismlarini ta'mirlash, texnik va servis ko‘rigidan o‘tkazish va boshqalar);

jismoniy va yuridik shaxslarga, amaldagi qonunchilik doirasida, pulli asoslarda quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

dasturlash, dizayn, kompyuter dasturlari ishlab chiqish va boshqa kompyuter malakalarini oshirish;

avtomatlashtirish, elektrlashtirish, elektromontaj qilish va mexanizmlar, uskunatar, binolar, qurilmalar, elektr sxemalari va boshqa elektron, video, audio, maishiy uskunalarni ta'mirlash;

mashinasozlik va payvandlash sanoatining barcha turlari bo‘yicha mahsulotlar tayyorlash va buyurtmalarni bajarish;

avtotransport vositalarini ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, avtotransport vositasini va dvigatelni ekspluatatsiya qilish va joriy ta'mirlash, avtotransport vositasini va agregatni kapital ta'mirlash, yig‘ish-sochish, payvandlash, kuzov ishlari, bo‘yash, elektrotexnik, slesar-mexanika ishlari, avtomobilni yuritish qismini ta'mirlash, nazorat- diagnostika, moylash, boshqarish, mahkamlash (qotirish), yoqilg‘i quyish qismlarini ta'mirlash, texnik va servis ko‘rigidan o‘tkazish va boshqalar);

jismoniy va yuridik shaxslarga, amaldagi qonunchilik doirasida, pulli asosda, avtotransport vositalarini barcha toifalar bo‘yicha boshqarish xuquqini beruvchi (haydovchilik) guvohonamaga o‘qitish va qayta o‘qitish;

Markazning o‘quvchilariga, shuningdek aholiga umumovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatadi.

Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa faollyat turlarini yuritishi mumkin.

III. Markaz faoliyatini boshqarish

11. Markaz Ta'sischiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.

12. Ta'sischi quyidagi huquqlarga ega:

Markazning Ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qaror kabul kilish;

Markazga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida da'vo taqdim qilish; Markazni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tutatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;

Markazning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini, mehnat koeunchixigi bilan o‘rnatilgan tartibda, to‘xtatish;

Markazning har yillik moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini o‘rganishni tashkil etish;

Markaz faoliyati haqida har choraklik hisobotini eshitish;

Markazning shtatlar jadvalini, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limr uchun o‘rnatilgan o‘quv-ishlab chiqarish yuklamalaridan kelib chiqqan holda kelishib berish;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa hukuqlarga ega bo‘ladi.

13. Markaz faoliyatiga joriy rahbarlik qilish, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va undan ozod etiladigan, Direktor tomonidan amalga oshiriladi.

14. Direktor:

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarining bajarilishini ta'minlashga, Markaz xodimlarining mehnati muhofazasi me'yorlari va qoidalariga rioya etish va ularning mehnat sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan chora- tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;

Markazning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqaruvning yangicha uslublarini joriy etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish choralarini ko‘radi;

Markazning nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar oldida Markaz manfaatlarini ifodalaydi;

xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzadi, o‘zgartiradi va to‘xtatadi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan o‘rnatilgan tartibda ishonchnomalar beradi;

xodimlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish bo‘yicha choralarni ko‘radi;

markazning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va ko‘rsatmalar qabul qiladi;

Markazning ichki mehnat tartibi va xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;

Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya etilishini tashkillashtiradi va nazorat qiladi;

Ta'sischi tomonidan boshqa shartlar belgilanmagan hollarda, Markazning o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlashga qabul, kirish imtihonlari va xodimlarning aggestatsiyasi hamda Markazning bitiruvchilariga malaka darajalarini belgilash komissiyalariga boshchilik qiladi;

Markazning maqsadlari va yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

15. Direktor Markaz faoliyati haqida Ta'sischi oldida o‘rnatilgan tartibda hisobot beradi.

16. Direktor o‘zining xuquq va majburiyatlarini amalga oshirishda Markazning manfaatlaridan kelib chiqqan holda harakat qilishi, hamda byudjetga va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlarni, ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnat- hukukiy munosabatlari va ularga tenglashtirilgan to‘lovlardan kelib chiqadigan barcha talablarning qondirilishi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq ehtiyojlar uchun mablag‘larni o‘z vaqtida o‘tkazib berilishi, o‘zining harakati (harakatsizligi) orqali, shu jumladan Markazga berilgan davlat mulkini yo‘qotgan hollarda Markazga yetkazilgan zararlar uchun qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda javobgar hisoblanadi.

17. Direktor Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi bi tartibda unga yuklatilgan vazifalar hamda Markazga berilgan saqlanishi va maqsadli ishlatilishi uchun javobgar hisoblanadi.

IV. Markazni moliyalashtirish

18. Markazning moliyaviy manbalari quyidagilar hisoblanadi:

Byudjetdan tashqari Ishga joylashishga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasining Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasidagi qismidan ajratiladigan va Markazni saqlab turish, “ishsiz” deb e'tirof etilgan shaxslarni 1 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash, import qilingan o‘quv-laboratoriya jihozlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlanishi, rasmiylashtirilishi va transportda tashilishi bilan bogliq sarf- harajatlarni qoplash va ushbu Ustavda ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar;

Markazni moddiy-texnik rivojlantirish va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;

Markazda o‘qish istagini bildirgan shaxslarni pulli asosda qisqa muddatli o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash, Koreya Respublikasiga ishga yuborilayotgan fukarolarni ketishdan oldin pulli asosda tayyorlash va moslashtirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga pulli xizmatlar ko‘rsatish hisobiga olinadigan daromadlar;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.

19. Markazning moliyaviy mablag‘lari uning tasarrufida bo‘ladi va ulardan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Markazning Ustavidagi vazifalarni bajarishda, Markazni moddiy-texnik rivojlantirishda, shuningdek xodimlarni moddiy ragbatlantirishda foydalaniladi.

V. Daromadlarni shakllantirish tartibi

20. Markazning daromadi quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:

xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar;

qisqa muddatli pulli o‘qitishlarni tashkil etishdan kelib tushadigan mablag‘lardan va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan daromadlar.

21. Markazning daromadlari, manbasidan qat'iy nazar, Ustavda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga, Markazni ko‘p yo‘nalishli moddiy-texnik rivojlantirishga, shu jumladan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan o‘rnatilgan tartibda moddiy rag‘batlantirishga ishlatilishi mumkin.

VI. Markaz Ta'sis jamg‘armasining miqdori

22. Markazning Ta'sis jamg‘armasi Ta'sischi tomonidan unga Markaz faoliyatini tezkor boshqarish uchun berilgan mablag‘lar, mol-mulk va boshqa aktivlarning umumiy (yalpi) ko‘rinishida bo‘ladi.

23. Markaz Ta'sis jamgarmasining miqdori, Markazga ko‘chmas mulk shaklida berilgan mol-mulk (binolar, inshootlar va h.k.), uskunalar, dastgohlar va vositalar, o‘quv-laboratoriya maketlari, avtotransport vositalari, kompyuterlar, o‘quv qo‘llanmalari, maishiy va orgtexnika, yumshoq va qattiq inventar va boshqalar ko‘rinishidagi 4 mln. AQSh dollariga yaqin grant mablag‘larini tashkil etadi.

VII. Markaz mol-mulkini taqsimlash

24. Markazning mol-mulki Ta'sischi tomonidan Markazga huquki asosida berilgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘larni

25. Markazning asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari bo‘linmas va ular xissalarga (ulushlarga, paylarga) taqsimlanishi mumkin emas.

26. Ta'sischi Markazga berilgan davlat mulkining maqsadli ishlatilishi va saqlanishi hamda begonalashtirilishi ustidan nazorat olib boradi.

27. Direktor, Ta'sischi bilan kelishgan holda, Markazning mol-mulkini kuyidagi hollarda taqsimlashi mumkin:

asosiy vositalarni sotishda, ularni ijaraga berishda yoki garovga qo‘yishda;

mol-mulkni ulush sifatida xo‘jalik jamiyatining ustav jamg‘armasiga kiritishda;

xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalarini (hissalarini) sotib olishda;

xo‘jalik jamiyatlaridagi davlat korxonasiga tegishli aksiyalarni (hissalarni) sotishda;

Markaz faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydigan mol-mulkni taqsimlashning boshqa holatlarida.

VIII. Zahira va boshqa jamg‘armalarni tashkil etish tartibi

28. Markaz o‘zining tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga, miqsori va tashkil etish tartibi qonunchilikka muvofiq Markaz direktori tomonidan tasdiqlangan holda, zahira jamg‘armasini hamda boshqa jamg‘armalarni tashkil etishi mumkin.

IX. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi

29. Barcha soliqlar va byudjetga va byudjetdan tashqari jamgarmalarga majburiy to‘lovlar hamda davlat korxonasining sof foydasidan byudjetga to‘lanadigan ajratmalar amalga oshirilgandan keyin Markazda qoladigan sof foyda Markazning tasarrufida bo‘ladi va Markazning Ustav vazifalarini bajarishga va Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga ishlatiladi.

30. Markazning xo‘jalik yuritish faoliyati natijasida yuzaga kelgan zararlarni qoplash, ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zahira jamg‘armasidan amalga oshirilishi mumkin.

X. Markazning javobgarligi

31. Markaz o‘zining majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulki bilan javobgarlik qiladi.

32. Markaz Ta'sischining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi.

XI. O‘qituvchilar, ishlab chiqarish ustalarini ishga qabul qilish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish

33. Markazda o‘qituvchilik va ishlab chiqarish ustasi faoliyatini yuritish xukukiga tegishli ma'lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuqori darajadagi ahloqqa ega bo‘lgan shaxslar ega bo‘ladi:

o‘kituvchilik faoliyatini yuritishga tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lgan fuqarolarga yo‘l qo‘yiladi;

ishlab chiqarish ustasi faoliyatini yuritishga tegishli yo‘nalish bo‘yicha o‘rta maxsus kasbiy yoki oliy ma'lumotga ega bo‘lgan fuqarolarga yo‘l qo‘yiladi.

34. O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ustalarini Markazga ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.

36. Markaz o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ustalarini (o‘quv fanlari va soatlari bo‘yicha) bir-birlarining o‘rnini_qoplash_tartibi me'yoriy hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan o‘rnatiladi.

37. Markaz vaqti-vaqti bilan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ustalarini o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tkazishni amalga oshiradi.

38. Markaz doimiy ravishda o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ustalarining malakasini oshirilishini ta'minlaydi.