Gender tengligi
24-avgust kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda. Yig‘ilishda Kambag'allikni qizqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva ishtirok etdi.
25.08.2023 y.
|
|
Buyuk Britaniya parlamenti vakillari bilan uchrashuv
Kuni kecha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi binosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri O‘rinbosari R.Turdiboyeva, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari D.G‘ulomova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi О.Parpiboyeva Buyuk Britaniya parlamenti vakillari - “Yevrosiyoning konservativ do‘stlari” tashkilotining asoschisi va raisi Bota Xopkinson hamda Lordlar palatasi aʼzosi Manzili Uodini bilan uchrashdi. Mehmonlar kuni kecha bo‘lib o‘tgan siyosiy jarayonlarda ko‘plab saylov uchastkalarini kuzatishgani, hamma joyda xotin-qizlarning o‘z fuqarolik pozitsiyasini namoyon qilishda faol ekanliklarini ayollarning mamlakat taqdiriga befarq emasligidan dalolat deb baholadilar. Uchrashuvda xotin-qizlar va oila bilan ishlashga qaratilgan bir qator masalalarda o‘zaro hamkorlik qilish haqida kelishib olindi.
10.07.2023 y.
|
|
#Xalqaro_standartlar
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 11-yanvardagi chora-tadbirlar rejasiga asosan “ISO 9001 (https://www.iso.org/ru/iso-9001-quality-management.html) sifat menejmenti tizimi” hamda ”ISO 45001 (https://www.iso.org/ru/news/ref2271.html) kasbiy xavfsizlik va sog‘lomlikni boshqarish tizimi”ni vazirlikda bosqichma-bosqich joriy etib borish maqsadida o'quv kurslari tashkillashtirilgan edi.
Mazkur o‘quv kursda ISO 9001 va ISO 45001- xalqaro standartlar talablariga asoslangan tizim qanday maqsadga egaligi, ISO 9001 standarti bo‘yicha "Yuqori raxbariyat"dan quyiladigan talablar, tashkilotning sifat sohasidagi siyosatini belgilash, ISO 45001 standarti talablariga muvofiq tashkilot ehtimoliy favqulodda vaziyatlar (avariyalar) to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqishi, tadbiq qilishi va ularga tayyor bo‘lishi, (ISO 45001 va ISO 9001) xalqaro standartlarini tadbiq qilishda tashkilot uchun qanday amaliy foydalar bo‘lishi mumkinligi bo‘yicha mavzular o‘zlashtirildi.
“Smart Management” MChJ tomonidan imtihon natijalariga ko‘ra vazirlikda faoliyat olib borayotgan jami 18 xodimga (ISO 45001 va ISO 9001 integrallashtirilgan boshqaruv tizimi) o‘quv kursini to‘liq o‘zlashtirib, muvaffaqiyatli tamomlaganligi bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.
10.07.2023 y.
|
|
#Xalqaro_Forum “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro ayollar forumining (https://t.me/mehnatvazirligi/14121) “Xotin-qizlarning ijtimoiy muammolarini o‘rganish va ularni hal etish mexanizmlari” nomli IV plenar sessiyasini Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra'no Turdiboyeva ochib berdi va moderatorlik qildi. Sessiyaning mahalliy va xorijiy ishtirokchilari quyidagi mavzularda ma'ruzalar qildi: Xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy muammolarni hal etilishida mahalla faollarining o‘rni va roli; O‘zbekistonda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik; Xotin-qizlar va oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Ozarbayjon tajribasi. Ayni damda “Yangi O‘zbekistonda taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusida Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro ayollar Forumi natijalari bo‘yicha Matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
05.07.2023 y.
|
|
#Mehnat_huquqi 30-31-may kunlari Toshkent viloyatida Ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama hamkorlar - Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi va O‘zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
31.05.2023 y. |
|
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Raʼno Turdiboyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi yakunida Chimboy erkaklar “Muruvvat” uyida bo‘lib, muassasada bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar va uni yana-da takomillashtirish yuzasidan masʼullar takliflari bilan tanishdi. 1974-yilda tashkil etilgan “Muruvvat” uyi atiga 50 o‘rinlik quvvatga ega bo‘lgan. 2014-2015-yillarda muassasada yangi binolar qurildi, mavjudlari taʼmirlandi va uning quvvati 255 o‘ringa yetkazildi. Uchrashuvda R.Turdiboyeva mahalliy masʼullarning “Muruvvat” uyi faoliyatini yana-da takomillashtirish borasidagi takliflarini tingladi. O‘z navbatida Vazir o‘rinbosari mazkur takliflarni qo‘llab-quvvatlashini maʼlum qildi. Binolarni ko‘zdan kechirib, unda bemorlarning madaniy-maʼnaviy hordiq chiqarishi va o‘z ijodiy qo‘l mehnati namunalarini namoyish etish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi, bemorlar bilan chin dildan suhbatlashdi.
27.05.2023 y.
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida bemorlarga yaratilgan sharoitlar va markaz faoliyatini yanada takomillashtirish borasidagi ishlar bilan tanishdi. 8,2 gektar maydonda tashkil etilgan mazkur markaz bugungi kunda 80 kishini qabul qilish quvvatiga ega. Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan muassasada 2022-yil 1 503 nafar, 2023-yilning joriy kunigacha esa 378 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar reabilitatsiya kursini olishgan. Vazir o‘rinbosari binoning qurilish loyihasi bilan tanishdi. Binoda bemorlar bilan tibbiy xodimlarga zamanoviy sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratish zarurligi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Davolash xonalarini ko‘zdan kechirib, bemorlar bilan chin dildan suxbat qurdi.
\ \\ 27.05.2023 y. |
|
#Xalqaro_konferensiya Joriy yilning 2023-yil 23-may kuni Toshkentdagi "Trilliant" mehmonxonasida "O'zbekistonda gender tengligi va munosib mehnatga erishish yo'llari" mavzusida konferensiya bo'lib o'tdi. Unda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va boshqa tashkilot mutasaddilari ishtirok etdilar. Konferensiya quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi:
23.05.2023 y.
|
|
“MAHALLA” gazetasining 2023-yil 20-sonida Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshlig'i Dilshoda Mirzadjonovaning maqolasi e'lon qilindi
Xotin-qizlarga imtiyoz qay tartibda beriladi?
22.05.2023 y.
|
|
Fuqarolar murojaatlari manzilli o'rganilmoqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Turdiboyeva Ra’no Eshovna Toshkent shahar Yashnobod tumani “O‘qchi Olmazor” mahallasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Turdiboyeva Ra’no Eshovna tomonidan fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari asosida ularning muammolari aniqlandi va mas’ul idoralar bilan birgalikda hal etish choralari ko‘rildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi va yordamlar ko‘rsatildi.
19.05.2023 y.
|
|
II Xalqaro forum II Xalqaro forumning 3-panel sessiyasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva nutq so‘zlamoqda. U o'z nutqida "O‘zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi" qabul qilingani, ushbu hujjatda 2030-yilgacha barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qaror qabul qilish bilan bog‘liq barcha darajalarda ayollar to‘liq va samarali ishtirok etishi va yetakchilik qilishi uchun teng imkoniyat yaratilganini ta'kidlab o'tdi.
18.05.2023 y. |
|
II Xalqaro forum "Kambag'allikni qisqartirish bo'yicha ilg'or tajribalarni hayotga tatbiq etish" II Xalqaro forumi doirasida “Gender tengligini ta’minlash va ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirish” mavzusidagi 3-panel sessiyasida Malika Qodirxonova o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar. 18.05.2023 y. |
|
Fuqarolar murojaatlari manzilli o'rganilmoqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Turdiboyeva Ra’no Eshovna rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan Toshkent shahar Yashnobod tumani “Katta qo‘yliq” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari, muammolari va takliflarini o‘rganish ishlari boshlandi. Mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlashda mahalladagi “beshlik” — mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorining hamjihatligi muhim ahamiyatga ega. Oila instituti va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i D.Mirzajonova, Tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i R.Nabiyeva tomonidan Toshkent shahar Yashnobod tumani “Katta qo‘yliq” mahallasida mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi bilan birgalikda mahalladagi aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan masalalar bo‘yicha fikr almashildi. “Katta qo‘yliq” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyojlari aniqlandi, aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.
17.05.2023 y.
|
|
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya “15-may – Xalqaro oila kuni” munosabati bilan 2023-yil 16-may kuni “Oila institutini rivojlantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda olimlar, ilmiy izlanuvchilar, soha mutaxassislari, xalqaro ekspertlar, davlat idoralari hamda nodavlat va notijorat tashkiloti vakillari ishtirok etdilar.
16.05.2023 y.
|
|
#Seminar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas'ullari boshchiligida seminar bo'lib o'tdi. Unda, "Ayollar daftari", "Temir daftari"dagi fuqarolarga ko'rsatilgan amaliy yordamlar, viloyatda ishsiz xotin-qizlar bandligini ta'minlash ularni kasb-hunarga yo'naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish maqsadida ishchi guruh tuzilib, hududlarga biriktirildi.
10.05.2023 y. |
|
3-may kuni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdibayeva Toshkent viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash markaziga tashrif buyurib markaz faoliyati hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
03.05.2023 y.
|
|
Xotin-qizlarni himoyalash mexanizmi kuchaytirilmoqda
Joriy yil 4-aprel kuni Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda yalpi majlisga kiritilgan masalalar, shu jumladan, “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Majlis davomida kiritilayotgan yangi normalarning mazmun-mohiyati, uning ahamiyati bo‘yicha maʼlumot berildi. Taʼkidlanganidek, so‘nggi vaqtlarda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan turli ko‘rinishdagi zo‘ravonliklar ortishi mazkur sohada qonunchilikni yana-da takomillashtirish, xususan, jinoiy va maʼmuriy javobgarlikning maxsus turlarini kiritish, bunday turdagi jinoyatlarga nisbatan yengillashtiruvchi meʼyorlarni bekor qilish hamda javobgarlikni yana-da kuchaytirish kabi choralarni qo‘llashni taqozo etdi. Shu munosabat bilan Jinoyat kodeksida “Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik” holatlari uchun alohida javobgarlik choralari belgilanmoqda. Endilikda, oilaviy munosabatdagi shaxslarga nisbatan yengil tan jarohati yetkazish oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik sifatida baholanadi. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga aliment to‘lash majburiyatlarini belgilovchi bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, alimentdan qarzdorligi bor shaxsga nisbatan maʼmuriy qamoq yoki jarima jazosining tayinlanishi aliment oluvchining (voyaga yetmagan shaxs) ahvolini yaxshilamasligi sababli ushbu toifadagi qarzdorlarga haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilish tarzidagi maʼmuriy jazo tayinlanmoqda. Bu o‘z navbatida, aliment undiruvi bilan bog‘liq qarzdorliklarni kamaytirish imkonini beradi. Shuningdek, aliment bo‘yicha majburiyatlarga ega chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborilmasligi belgilanmoqda. Zero, chet el fuqarolari chiqarib yuborilishi bolalarning ijtimoiy-iqtisodiy himoyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga “shahvoniy shilqimlik qilish” tushunchasi va javobgarlik choralari kiritilmoqda. Xotin-qizlarga haqoratomuz va ularning nafsoniyatiga tegishi mumkin bo‘lgan gaplarning aytilishi ularning qo‘rquv va hadiksirashiga sabab bo‘ladi. Bundan xavfsiragan xotin-qizlar ko‘chaga, jamoat joylariga chiqishdan tiyiladi, chiqqanda esa bu qilmish oqibatida og‘ir maʼnaviy zarar olib, ruhiyati buzilar edi. Bu norma xotin-qizlarning erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qiladi. “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga “taʼqib etish” (stalking) tushunchasi kiritilib, taʼqib etganlik uchun ham himoya orderi berilishi mumkin. Mazkur normalarning kiritilishi xotin-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashining oldini olish choralarining samaradorligini oshiradi. Majlis yakuni bo‘yicha Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
04.04.2023 y.
|
|
“Jamiyatda xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini o‘rganish” mavzusida tadqiqot olib borildi
Tadqiqot obyekti sifatida 18–50 yosh oralig‘idagi xotin-qizlar va ularning huquqiy madaniyati darajasi olindi. O'rganishning asosiy yo'nalishlari quyidagilar: xotin-qizlarning huquqiy savodxonlik darajasi;
15.03.2023 y.
|
|
Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi, unda senatorlar, Qo‘mita huzuridagi ekspertlar guruhi a’zolari, ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirok etdi. manbaa: https://senat.uz/
09.03.2023 y. |
|
Saylov jarayonida teng ishtirokchilik masalalari tashkilotchilarining diqqat markazida Bugun, 2023-yil 21-fevral kuni Toshkent shahrida Markaziy saylov komissiyasi va Saylov tizimlari xalqaro jamg‘armasi (IFES) hamkorligi doirasida saylov qonunchiligi bo‘yicha tarmoq analitik bilimlar bazasi (ACYe saylov bilimlari tarmog‘i) resurslariga tayanadigan BRIDGE dasturi ishtirokida saylov tashkilotchilari vakillari uchun “Gender tengligi va saylovlar” mavzusida o‘quv seminari o‘z ishini boshladi.http://www.saylov.uz
22.02.2023 y. |
|
Joriy yilning 16-fevral kuni Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama etilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Senatorlar, Qo‘mita ekspertlari, tegishli vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari va OAV vakillari jalb etilgan tadbirda dastavval Qo‘mitaning 2023-yilning I-yarim yilligi uchun mo‘ljallangan ish rejasi muhokama qilindi. 17.02.2023 y.
|
|
Davlat dasturi loyihasi muhokama qilindi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasida 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini 2023-yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
14.02.2023 y. |
|
01.02.2023 y. |
|
2022-yilda xotin-qizlar va gender tenglik borasida qilingan ishlar natijalari qizg‘in muhokama qilindiJoriy yil 20-yanvar kuni Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mitaning 2022-yildagi faoliyati hamda 2023-yil birinchi yarim yilligida amalga oshiradigan ustuvor vazifalari haqida axborot berildi. Majlisda Qo‘mita a’zolari, doimiy asosda ishlovchi senatorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Nazorat-tahlil faoliyati doirasida 7 ta hududda (Farg‘ona, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Toshkent, Navoiy va Xorazm viloyatlari) xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, muammolarini tizimli ravishda hal etish borasida o‘rganish ishlari olib borildi va ushbu masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Ularda asosiy e’tibor xotin-qizlarni kasbga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish va ish bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratildi. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq 44 vazirlik va idoralarda Qo‘mita ekspertlari ishtirokida gender tenglik masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari faoliyati tashkil etilishi holati o‘rganildi. Shuningdek, 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi va uni 2021–2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi bo‘yicha har chorakda tegishli vazirlik va idoralar axborotlari eshitib borildi hamda ortda qolayotgan bandlar ijrosi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib borildi. Xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini oshirish, rahbar ayollar safini yanada kengaytirish, yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Etakchi ayollari muloqoti” platformasi tashkil etilishi ta’minlandi. Jamiyat muammolariga befarq bo‘lmagan va o‘z tajribasidan kelib chiqib, masalalarga yangicha yondasha oladigan eng faol yetakchi ayollarni saralash masalalari ko‘rib chiqildi va mazkur platformaga 14 ta hududdan jami 182 nafar ayol biriktirildi. Qo‘mita tomonidan tomonidan vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida 23 marotaba fuqaro qabuli o‘tkazilib, 620dan ziyod murojaatlar eshitildi va katta qismi ijobiy hal etildi.
20.01.2023 y. |
|
«Gender tenglik faoli» milliy tanlovi bo‘lib o‘tadi
12.01.2023 y. |
|
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi jamoasi teatrda bo‘ldi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi jamoasi madaniy hordiq chiqarish maqsadida O‘zbek milliy akademik drama teatrida bo‘lib, "O‘zgalar dardi" spektaklini tomosha qildi.
12.12.2022 y. |
|
E'tirof 6-dekabr kuni monomarkaz faollar zalida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PF-243-son Farmoniga muvofiq, "O'zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi bir guruh faollar ham taqdirlandilar. Esdalik nishonlarni Toshkent shahar hokimi o'rinbosari N.Umarova va Yashnobod tumani hokimi B.Rahmonqulovlar o'z egalariga topshirdilar. Quvonarlisi, tadbirda Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi direktori A.Sattarova ham alohida e'tirof etildi hamda mazkur esdalik nishon Toshkent shahar hokimi o'rinbosari N.Umarova tomonidan topshirildi. Ushbu mukofot bilan Sizni chin yurakdan tabriklaymiz, hurmatli Aygul Yusupbayevna. Yutuqlaringiz bardavom bo'lsin!
07.12.2022 y. |
|
Mamlakatimizda 2022-yilning 25-noyabridan 10-dekabrgacha eʼlon qilingan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turkum tadbirlar tashkil etilmoqda. 2-dekabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida "Ayollar huquqlarini taʼqib va kamsitishlardan himoya qilishning huquqiy jihatlari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningni inson huquqlari bo‘yicha huquqshunos, xalqaro ekspert Dilfuza Kuralova olib bordi. Seminar jarayonida xalqaro va milliy huquq normalari, oilada va mehnat jamoalarida o‘zini himoya qilish usullari, tazyiq va zo‘ravonlik turlari bo‘yicha maʼlumot berildi. Seminar ishtirokchilari bilan amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi. 02.12.2022 y. |
|
Gender tenglikka erishish strategiyasi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar muhokama qilindi
Joriy yilning 30-noyabr kuni Toshkent shahrida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiyasi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi hamda BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ochiq muhokamasi: taklif va tavsiyalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Senati, BMT TD, vazirlik va idoralar, NNT hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova kirish so‘zida so‘nggi yillarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.
Suhbat davomida O‘zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi bo‘yicha 2023-yilgi kompleks chora-tadbirlarning muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilarning ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha taklif va tavsiyalari eshitildi. Mazkur davra suhbatining asosiy maqsadi mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda bu boradagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan iborat.
01.12.2022 y. |
|
#Davra_suhbati Zoʻravonliksiz – farovon hayot sari Bugun 30-noyabr 2022-yil Navoiy shahri "Ishga marhamat" Monomarkazida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zoʻravonliksiz oila – farovon hayot sari” shiori ostida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” turkum targʻibot kunlari munosabati bilan “Zoʻravonliksiz – farovon hayot sari” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida Navoiy viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik G.X.Oʻsarova, viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari boʻyicha Maslahat kengashi raisi S.I.Sadirova, viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻlimi boshligʻi N.Sh.Ermamatovalarning ma'ruzasi eshitildi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
01.12.2022y. |
|
#Taqdirlash Navoiy viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tasarrufida tashkil etilgan Navoiy shahri "Ishga marhamat" Monomarkazi «Gender tenglik faoli» milliy tanlovining viloyat bosqichida «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy davlat organi (tashkiloti)» nominatsiyasi bo‘yicha ishtirok etib faxrli 1-o‘rinni egalladi. Taqdirlash marosimi joriy yilning 22-noyabr kuni Navoiy viloyati "Ma'naviyat va ma'rifat" markazida bo'lib o'tdi.
22.11.2022 y. |
|
Joriy yilning 31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hamda AQSH Taraqqiyot agentligining O‘zbekistondagi “Huquqiy islohotlar” dasturi bilan hamkorlikda Gender-huquqiy ekspertiza bo‘yicha amaliy qo‘llanma taqdimotiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
31.10.2022 y. |
|
Xalqaro indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini mustahkamlash masalasi muhokama qilindi
Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari Qo‘mitasi tomonidan Jaxon bankining “Ayollar, biznes va konun (Women, Business and the Law) indeksida O‘zbekistonning o‘rnini yana-da yaxshilash”ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi Farmoniga asosan Jahon bankining «Ayollar, biznes va qonun» indeksi O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar ro‘yxatiga kiritildi va unga masʼul davlat organi etib Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi belgilandi.
Bugungi kunda «Ayollar, biznes va huquq» indeksi 190 mamlakatni qamrab olgan bo‘lib, 8 ta (Harakatlanish erkinligi, mehnat qilish, mehnat sharoitlari, nikoh, ota-onalik qilish, tadbirkorlik, mulkka egalik qilish, pensiya) ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatda erkaklar va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanish salohiyatlari o‘rtasidagi huquqiy tafovutlarni baholaydi.
Har bir ko‘rsatkich ayolning karyerasidagi alohida bosqichni ifodalaydi. Metodika tadbirkorlar va xodimlar sifatida ayollar uchun huquqiy muhitning oson takrorlanadigan o‘lchovi sifatida ishlab chiqilgan. Indeks maʼlumotlarni oila, mehnat va jinoyat qonunchiligi bo‘yicha malakali respondentlarning fikr-mulohazalari asosida yangilab boradi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz Jahon bankining «Ayollar, biznes va qonun» indeksida 100 balldan 70,6 ball to‘plab, 120-o‘rinni egallab turibdi.
Mamlakatimiz Prezidentining 2020- yil 2- iyundagi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston “Ayollar, biznes va qonun” indeksida 2022- yilda 88,1 ball to‘plashi kerak bo‘lsada, biroq mamlakatimizning ayni vaqtdagi ko‘rsatkichi 2020- yildan buyon o‘zgarmay kelmoqda.
Qo‘mita tomonidan yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish, mamlakatimizning qator reyting va indekslarda, shuningdek, Jahon Bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerakligi taʼkidlab o‘tildi.
Xususan, Jahon Bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida 2022-yilgi maʼlumotlar va baholash metodologiyasini manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda tahlil qilish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha 2021-2022-yillar davomida qabul qilingan NXXni inventarizatsiyadan o‘tkazish, maʼlumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish masalalari muhimligiga eʼtibor qaratildi.
03.10.2022 y.
|
|
Xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan ximoya qilish hamisha eʼtiborda
Kuni kecha Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Qodirxonova Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etdi.
Unda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish masalalari, himoya orderlari bilan ishlash, jabrlangan ayollarning salomatligini muhofaza qilish, ularning ruhiy ahvolini o‘rganish va nazoratga olinishini taʼminlash, ularni mexnat bozoridagi yuqori talabga ega kasb-hunarga o‘rgatish, “Ijtimoiy maslahatxona”lar samarali ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama qilindi.
Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, shu bilan birga qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini ham bildirdi.
18.10.2022 y.
|
|
Probatsiya hisobida turgan va migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar muammolari hal etildi
Kuni kecha Toshkent shahar Uchtepa tumani “Sharq Yulduzi” mahallasida Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Qodirxonova xorijdan qaytgan mehnat migrantlarini va probatsiya hisobida turgan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Jarayonga Ichki ishlar, Bandlik va mehnat munosabatlari, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Xalq banki masʼullari, tegishli tashkilot va muassasa xodimlari ham jalb etildi. Unda probatsiya hisobida turgan va migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar qatnashib, o‘zlarini tashvishga solayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilishdi.
Ularga ish bilan taʼminlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish, sud qarori ijrosi, uy-joy masalasi va boshqa masalalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. Bir necha murojaatlar Qo‘mita raisi tomonidan joyida hal etildi. Jumladan, fuqaro M.Yo‘ldasheva Zo‘riqish stenokardiyasi III-funksional sinfi, gipertoniya kasalligi II-darajasi tashxisi bilan davolanishga yordam so‘radi. Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi masʼulligida fuqaro shahar klinik kasalxonasida davolanishi uchun order olishda amaliy yordam berildi.
Shuningdek, ish so‘rab murojaat qilgan G.Vahobova maʼlumoti o‘rta-maxsus, kasbi haydovchilik bo‘lganligi sababli tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga yo‘naltirildi va ish bilan taʼminlanishi nazoratga olindi. Yolg‘iz ayol D.Xalikova doimiy ro‘yxati va uy-joyi yuqligi inobatga olinib, oilaviy yotoqxonaga joylashtirildi va doimiy ro‘yxatga qo‘yish choralari ko‘rildi.
Sudlanganlik holatini tugatish yuzasidan murojaat qilgan N.Komilova va M.Yuldashevaga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘mita raisi tomonidan murojaatlarni to‘liq o‘rganib chiqish hamda tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar, hududdagi masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, suhbat davomida ko‘rib chiqilgan murojaatlardagi masalalar ijrosi ustidan Qo‘mita nazorati o‘rnatildi.
15.09.2022 y. |
|
Ayol baxtli bo‘lsa, oila va jamiyat ham albatta baxtli bo‘ladiBir haqiqat ayonki, har qanday xalqning maʼnaviy darajasini avvalo shu yurt ayollarining maʼnaviy saviyasi belgilaydi.
Shavkat Mirziyoyev
Keyingi yillarda mamlakatimizda kechayotgan yangilanish jarayonlari va ularning natijalaridan barchamiz yaxshi xabardormiz.O‘zbekiston dunyoga keng ochilmoqda, barcha yo‘nalishda xalqaro aloqalarimiz mustahkamlanib, shunga mos ravishda iqtisodiyotimiz yuksalmoqda, maʼnaviy qadriyatlarimiz tiklanmoqda. Bugungi zamon taqozosidan kelib chiqib,O‘zbekistonda jamiyat hayotining barcha jabhasida islohotlar izchillik bilan davom ettirilmoqda, taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yildi. Milliy parlamentning mana shu jarayonlarda bevosita ishtirokini taʼminlash, uning roli va nufuzini izchil oshirib borish maqsadida eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy vazifalarni hal etishdagi vakolatlari sezilarli darajada kengaydi. Mamlakatimiz Prezidentining siyosiy irodasi tufayli amalga oshirilayotgan bunday islohotlar o‘z o‘rnida milliy parlamentimizning nafaqat davlat va jamiyat hayotidagi faolligi, balki dunyo miqyosidagi obro‘sining oshishiga ham xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda parlamentimiz ko‘plab xalqaro tashkilotlar, jumladan, Parlamentlararo Ittifoqning faol aʼzosi sifatida o‘z vakolati doirasida eng dolzarb masalalarga doir taklif va tavsiyalarni ilgari surib kelmoqda. Xabaringiz bor, o‘tgan yili Vena shahrida bo‘lgan Parlamentlararo Ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlari sammitida mazkur formatdagi navbatdagi 14-sammitni O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qilingan edi. Yuqori nufuzga ega bo‘lgan ushbu anjumanning MDH hududida ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani mamlakatimizda parlamentarizmni rivojlantirish, inson huquq va manfaatlarini taʼminlash hamda jamiyatni demokratlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va ularning amaliy natijalari jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganiga yana bir yorqin misoldir. Joriy yilning 8-9-sentyabr kunlari poytaxtimizda “Parlamentning yetakchi roli: yana-da samarali barqarorlik va farovonlikni taʼminlashda xavf-xatarni baholash” degan mavzuda bo‘lib o‘tadigan sammitda dunyoda yuzaga kelgan bugungi vaziyatdan kelib chiqib, eng dolzarb masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, nufuzli anjuman doirasida COVID-19 pandemiyasi va u keltirib chiqargan inqirozlar jarayonida gender tenglikni kafolatlash, barqaror rivojlanish va farovonlikni taʼminlash, iqtisodiyotni tiklashda xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish borasida parlamentlar uchun ustuvor bo‘lgan vazifalar hamda aniq saʼy-harakatlar yo‘nalishlari belgilab olinadi. Toshkent sammitida BMT, Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi, MDO‘ Parlamentlararo Assambleyasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, 22 ta davlatdan 140 dan ortiq parlament vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Albatta, mana shunday yuqori nufuzga ega bo‘lgan shaxslardan tarkib topgan delegatsiya ayni anjumanning muvaffaqiyatini taʼminlashga xizmat qiladi. Nima uchun mazkur xalqaro sammitga mezbonlik qilish O‘zbekistonga berildi? Yuqorida aytib o‘tilganidek, avvalo, yurtimizda so‘nggi yillarda jadal olib borilayotgan tub islohotlar, ularning hayotdagi amaliy natijalari xalqaro hamjamiyat tomonidan qiziqish bilan qabul qilinmoqda, qisqa muddatda to‘plangan tajribalar o‘rganishga munosib deb topilmoqda. Jumladan, gender tenglikni taʼminlash, jamiyatda xotin-qizlarning qadrini, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jabhalardagi faolligini oshirish bo‘yicha misli ko‘rilmagan ishlar bajarildi. Aslida o‘zbek xalqi azaldan ayolga, onaga va qizlarga hamisha eng ezgu insoniy tuyg‘ular, orzu-niyatlar bilan, ularga hayotimiz davomchilari sifatida munosabatda bo‘lib kelgan. Ayni chog‘da ushbu qadriyatlar asosida xotin-qizlarga hurmat, ularni eʼzozlash, qizlar tarbiyasi hamda opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va ishtirokini mustahkamlash kabi ishlar yangicha mazmunda, keng miqyosda davom etmoqda. Muhimi, bu borada belgilanayotgan chora-tadbirlar qog‘ozda qolib ketmasdan, tez orada xotin-qizlar hayotida o‘z amaliy natijalarini namoyon etmoqda. Ayniqsa, pandemiya kutilmagan inqirozni keltirib chiqargan, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga putur yetkazayotgan hamda butun dunyoda kambag‘allik, tengsizlik va nochorlikni kuchaytirayotgan bir paytda bunday choralar nihoyatda zarur. Qolaversa, pandemiyadan so‘ng jahon iqtisodiyotining tiklanish jarayoni hali-hanuz beqarorligicha qolmoqda, bunga dunyoda ro‘y berayotgan turli nizolar, urushlar ham jiddiy to‘sqinlik qilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, kelgusi yillarda ko‘pchilik mamlakatlar katta byudjet taqchilligiga ham duch kelishlari mumkin. Modomiki shunday ekan, barcha davlatlarning hukumatlari bilan bir qatorda, parlamentlari ham ushbu muammolarni hal qilishga tayyor bo‘lishi talab etiladi. Shu maʼnoda, bugun parlamentlar, agar ular inqirozlardan olingan saboqlarga tayangan, kelajakdagi xavflarni oldindan taxmin qilgani holda, barcha uchun barqarorlik va farovonlikni taʼminlashga qodir eng samarali institutlarga aylanishni istar ekan, kuchli, inklyuziv bo‘lishi va gender jihatlarni hisobga olishi suv va havoday zarur. Mana shunday xulosalardan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda gender tenglikka erishish, xotin-qizlar huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, jamiyat va davlat hayotidagi rolini kuchaytirishga ham katta eʼtibor berilmoqda. Bu O‘zbekistonning xotin-qizlarni har qanday kamsitishdan huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy himoya qilishni taʼminlaydigan asosiy xalqaro hujjatlarga qo‘shilganida va boshqa ko‘plab ezgu saʼy-harakatlar misolida ham yaqqol ko‘rinib turibdi. So‘nggi yillarda xalqaro meʼyorlar va standartlarga asosan, mazkur sohaga doir 40 ta qonun hujjati, jumladan, 2 ta qonun, Prezident va Hukumatning 36 ta Farmon va qarorlari qabul qilindi. Maʼlumki, har qanday mamlakatda gender tenglik qanchalik taʼminlanganligi xotin-qizlarning davlat boshqaruvida eng yuqori pog‘onalarni egallagan o‘rni bilan ham belgilanadi. Nega deganda, ularning mamlakat taqdiri bilan bog‘liq muhim qarorlar qabul qilinadigan davlat idoralarida yetarlicha vakillikka ega bo‘lishi, xotin-qizlarning manfaatlari shunchalik samarali ilgari surilishi va mazkur hujjatlarda amalda o‘z aksini topishida katta rol o‘ynaydi. Parlamentlararo Ittifoq maʼlumotiga ko‘ra, unga aʼzo 130 davlat ichida O‘zbekiston mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha 45-o‘rinni egallagan. Davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, xorijiy davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash masalalari hamisha dolzarb vazifa sifatida kun tartibidan joy olmoqda. Prezidentimizning 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari bo‘yicha komissiya tuzilganidan keyin bu boradagi ishlar yangicha surʼat oldi. O‘tgan qisqa vaqt mobaynida komissiya tomonidan hamkor tuzilmalar ko‘magida mamlakatda gender tenglikni taʼminlash va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilash, oila institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ayollar huquqlari kamsitilishining barcha shakliga barham berish bo‘yicha umumeʼtirof etilgan xalqaro normalarni milliy qonunchilik hujjatlariga implementatsiya qilish va ayollar huquqiy madaniyatini oshirish yo‘nalishlarida qator ezgu ishlar ro‘yobga chiqarildi. Xususan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qonunlarga muvofiqlashtirildi. Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi. Qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda xalqaro forum va anjumanlar, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida aksiyalar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda. Shuningdek, ayollar bandligini taʼminlashga yangi yondashuv doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda yurtimizning 14 ta hududida Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etildi. Muhimi, hozirgi kunga qadar bu markazlar tomonidan yuzlab opa-singillarimiz o‘zlarining tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib, katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Komissiyaning xotin-qizlarning boshqaruv, biznes va tadbirkorlik sohalaridagi ishtirokini kengaytirish, oilaviy biznes va kasanachilikni rivojlantirish orqali ish bilan taʼminlash yo‘nalishlaridagi faoliyati ham eʼtiborga molik. Bundan tashqari, komissiya tomonidan milliy va xalqaro standartlar asosida 2030 yilga qadarO‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi loyihasi ishlab chiqilib, qabul qilingani va unda mamlakatimizda ayollar va erkaklar uchun ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohada teng huquq va imkoniyatlar yaratish maqsadlari qamrab olingani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq kutib olindi. Albatta, bularning barchasi so‘nggi yillarda mamlakatimizda aholimizning qariyb yarmini tashkil etadigan ayollarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, isteʼdodi va qobiliyatini yuzaga chiqarish, onalik va bolalikni himoya qilish davlat siyosatida amalda ustuvor ahamiyat kasb etayotganidan darak beradi. Hozirgi kunda “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya asosida mamlakatimizda izchil davom etayotgan yangi islohotlar jarayonida ham xotin-qizlarga eʼtibor masalasi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Eng muhimi, olib borilayotgan ishlar nafaqat bugun dolzarb bo‘lib turgan masalalarni hal etishga, balki istiqbolda bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Bunga bir misol sifatida hozirda hayotimizga chuqur singib borayotgan “Ayollarga ilm berish — jamiyatni ilmli, maʼrifatli va salohiyatli qilish” degan mezon asosida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijasini keltirish mumkin. Tasavvur qiling, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan birgina 2021 yilda 190 ming nafar ayol kasb-hunarga o‘qitildi, 2 ming nafar qiz alohida grant asosida oliy o‘quv yurtlariga qabul qilindi, 1,8 ming talaba qizga shartnoma mablag‘lari to‘lab berildi. Natijada o‘tgan yili xotin-qiz talabalar 2016 yildagi 38 foizdan 60 foizga yetdi. Bu, albatta, bizning ortimizdan zamonaviy bilim va kasblarni egallagan, yangicha dunyoqarash va o‘zining mustahkam hayotiy pozitsiyasiga ega bo‘lgan xotin-qizlarning katta armiyasi kelayotganidan darak beradi. Ular ertaga jamiyatimizga yangi nafas, mamlakatimiz taraqqiyotiga yangi to‘lqin baxsh etadi. Bizning vazifamiz ularni mana shunday ulug‘vor ishlarga ruhlantirish, salohiyat va imkoniyatlarini to‘liq ishga solishida yaqindan ko‘mak berishdan iborat. Shu o‘rinda davlatimiz rahbarining “Ayol baxtli bo‘lsa, oila va jamiyat ham albatta baxtli bo‘ladi. Shuning uchun ham barchamiz — Prezidentdan tortib eng quyi bo‘g‘indagi rahbar va mutasaddilar ana shu oliy mezonga amal qilib ishlashimiz zarur. Shundagina xalqimiz ham, Yaratgan ham bizdan rozi bo‘ladi”, degan so‘zlari bizning bu boradagi saʼy-harakatlarimizda dasturilamal bo‘lib kelayotganini alohida taʼkidlash o‘rinlidir. Ishonamizki, Parlamentlararo Ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining Toshkent sammiti ham bizning mana shu yo‘nalishlarda olib borayotgan ishlarimizni yana-da keng ko‘lamda davom ettirish, bu boradagi ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashish hamda mamlakatlarimiz barqaror taraqqiyoti, xalqlarimiz farovonligini taʼminlashga ayollarni yana-da kengroq safarbar etish yo‘lidagi saʼy-harakatlarimizni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.
Tanzila NORBOYEVA, Oliy Majlis Senati Raisi
06.09.2022 y.
|
|
Aholi bandligini taʼminlash oila farovonligiga xizmat qiladi
Joriy yilning 27-avgust kuni Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi senator Gulnora Marufova Toshkent shahar, Yashnobod tumanida joylashgan Kunlik mehnat markazi faoliyati bilan tanishdi. Senatorlar o‘rganishlar davomida markazda yaratilgan shart-sharoitlarga eʼtibor qaratdi.
Taʼkidlanganidek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tegishli shartlar asosida markaz faoliyatini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etish bo‘yicha tanlov eʼlon qilingan. Unga ko‘ra, tanlovda g‘olib bo‘lgan xususiy korxona tomonidan Toshkent shahri, Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 106-uyda Kunlik mehnat markazi tashkil etildi.
Senatorlar markaz ochilishi marosimida ish beruvchi va ish izlovchilarga buyurtmalar qabul qilish uchun “Call markaz”, ish izlovchilarni ish joyiga transportda yetkazish uchun 2 ta “Damas” avtomobili, ishchilar uchun 30 kishilik yotoqxona, mehnat qurollari, ish beruvchi va fuqarolarga maʼlumot olish uchun “Arbait.uz” veb-portali, shaxsiy himoya vositalari, ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari mavjud ekanligiga guvoh bo‘ldilar.
Shuningdek, senatorlar markazda fuqarolar bilan uchrashib, ularning tashabbus va loyihalarini qo‘llab-quvvatladi.
30.08.2022 y. |
|
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi haqida
Oliy Majlis Senati hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi birgalikda har bir tashkilotda gender tenglikni taʼminlashga karatilgan siyosatni shakllantirish, tashkilotlar faoliyatiga gender yondashuvlarni joriy etish, gender tenglikka erishish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini keng jalb etish maqsadida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovning asosiy nominatsiyalari: “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman (shahar) davlat organi (tashkiloti)”; “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy davlat organi (tashkiloti)”; “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi (tashkiloti)”; “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman (shahar) hokimligi”; “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy hokimlik”; “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol NNT”; “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkorlik subyekti”.
Tanlovning qo‘shimcha nominatsiyalari: “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi TV-dastur”; “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan “Internetdagi eng yaxshi veb-sayt yoki portal”; “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi nashr”.
Tanlov uchun ariza va zarur hujjatlar to‘plami gendertenglikfaoli2022@mail.ru elektron manzili orqali joriy yilning 7-sentyabrdan – 15-noyabriga qadar qabul qilinadi.
Batafsil maʼlumot uchun telefon: (0371) 202 10 76
26.08.2022 y. |
|
Forum o‘z ishini beshta sessiya doirasida davom ettirdi
Joriy yilning 19-avgust kuni Toshkent shahrida o‘tgan SHHTning navbatdagi Xotin-qizlar forumi beshta sessiya doirasida o‘z ishini davom ettirdi.
Jumladan, forumning birinchi sessiyasida ijtimoiy va siyosiy hayotda muhim rol o‘ynaydigan qarorlar qabul qilishda xotin-qizlarning ishtiroki muhokama qilindi.
Mazkur sessiya ishini Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova olib bordi.
Unda SHHTga aʼzo mamlakatlar parlamentlarining ayol aʼzolari, siyosiy va jamoat arboblari, fuqarolik jamiyati vakillari gender siyosati, tajriba va istiqbollar, SHHTga aʼzo davlatlarning Xotin-qizlar forumi real holatini muhokama qildilar.
Ikkinchi sessiya “Ayollar tadbirkorligining SHHT mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasi”ga bag‘ishlandi. Ushbu sessiyani Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sardana Avksentyeva olib bordi.
Sessiyada xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatidagi ishtiroki, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, forumning uchinchi sessiyasi “Innovatsiyalar va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish: SHHT mamlakatlari jamiyatlarining barqaror rivojlanishini taʼminlashning muhim omili” mavzusiga bag‘ishlandi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahloxon Turdiqulova moderatorlik qilgan ushbu sessiyada iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari, bu borada ayollarning tutgan o‘rni, savdoni raqamlashtirish, innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalari ishtirokchilar diqqat markazida bo‘ldi. To‘rtinchi sessiyada esa SHHT mamlakatlarining barqaror va inklyuziv rivojlanishida xotin-qizlarning roli ko‘rib chiqildi. Unda Qirg‘iziston Respublikasi mehnat, ijtimoiy taʼminot va migratsiya vaziri o‘rinbosari Janil Alibayeva moderatorlik qildi. Forumning so‘nggi, beshinchi sessiyasida esa pandemiya tahdidlarini yengib o‘tishda gender omilining hissasi muhokama qilindi. Uni Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati deputati Lyazzat Suleymen olib bordi. Ushbu sessiya davomida pandemiya davrida vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengishda ayollar jamoat tashkilotlari hissasi, koronavirusga qarshi kurashishda Qozog‘iston olima-ayollari qo‘shgan hissasi, pandemiyaga qarshi kurashishda yuzaga kelayotgan yangi muammolarni bartaraf etishda tojik ayollarining roli qizg‘in muhokama qilindi. Sessiyalar yakunida o‘zaro fikrlar almashinib, muhokama qilingan masalalar yuzasidan doimiy hamkorlik ishlarini olib borishga kelishib olindi.
19.08.2022 y. |
|
Bugun 19-avgust kuni Toshkent shahrida SHHTning navbatdagi Xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Pokiston davlatlaridan yetakchi xotin-qizlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri poytaxtimizdan, Xitoy va Hindiston vakillari esa onlayn tarzda ishtirok etmoqda.
19.08.2022 y. |
|
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 12- avgust kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Milliy komissiya aʼzolari, mutasaddi vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva olib borgan majlisda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida 2022- yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, soha bo‘yicha xalqaro hamkorlik doirasida erishilgan natijalar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Qayd etilganidek, sohaga doir qonunchilik asoslarini mustahkamlash hamda qonunchilik bazasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish ishlari izchil davom ettirildi. Xususan, 8 ta normativ-huquqiy hujjat, yaʼni 3 ta qonun, 1 ta Prezident farmoni va 4 ta qarori qabul qilindi va amaliyotga tatbiq etildi.
Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining “Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risida”gi 167-sonli Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Mazkur konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi qurilish sohasiga mehnat xavfsizligi va gigiyenasi bo‘yicha xalqaro standartlarni samarali joriy etishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Bu yo‘nalishdagi ishlarni yana-da takomillashtirish maqsadida Xalqaro mehnat tashkilotining sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida mehnat munosabatlarini tartibga solishni nazarda tutadigan tegishli konvensiyalarini ratifikatsiya qilish masalalari Milliy komissiya aʼzolari tomonidan o‘rganilayotgani qayd etildi.
Taʼkidlanganidek, Milliy komissiya tomonidan mamlakatimizda soha bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlarni xalqaro hamjamiyat diqqat eʼtiboriga yetkazish hamda mamlakat imijini ko‘tarish maqsadida qator xalqaro tadbirlar va davra suhbatlari tashkil etildi va aniq natijalarga erishildi.
Taʼkidlanganidek, AQSH Davlat departamenti tomonidan 2018- yilda eʼlon qilingan “Odam savdosi bo‘yicha yillik hisobot”da O‘zbekiston quyi 3-daraja davlatlari qatoridan 2-darajadagi davlatlarning “nazorat ro‘yxatiga” o‘tkazilgan edi. Yaqinda eʼlon qilingan navbatdagi hisobotda esa 2021- yildagi kabi xalqaro standartlarni to‘liq bajarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirayotgan davlatlar (2- toifa) ro‘yxatida o‘zgarishsiz qoldirildi.
Hisobotda O‘zbekistonda pandemiya sharoitida odam savdosiga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuqori baholangan. Xususan, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, shu jumladan, fuqarolarni majburiy mehnatga jalb qilgan rasmiylarni aniqlash va ularni jazoga tortish, paxta terimiga fuqarolarni majburiy jalb qilish holatlarining keskin qisqarganligi, odam savdosi qurbonlari uchun boshpanalar tashkil qilishga mablag‘ ajratish masalasiga katta eʼtibor berilganligi alohida qayd etilgan.
Tadbirda AQSH Davlat departamenti tomonidan eʼlon qilingan Jahonda odam savdosi to‘g‘risidagi yillik maʼruza hamda unda O‘zbekiston eʼtibor qaratishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan bildirilgan tavsiyalar muhokama etilib, mazkur tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.
Maʼlumki mamlakatimizda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida o‘zbek paxtasiga qo‘yilgan boykot bekor qilindi. Bu o‘z navbatida o‘zbek paxtasining jahon bozoriga chiqish imkoniyatini yana-da kengaytirdi.
Bugungi kunda paxta-to‘qimachilik sohasidagi ko‘plab yirik brend korxonalarning vakillari yurtimizga tashrif buyurib, ushbu sohaga investitsiya kiritish istagini bildirmoqda. Shu bilan birga to‘qimachilik korxonalarida texnik va ishlab chiqarish standartlarini xalqaro darajaga moslashtirish nuqtai nazaridan takliflarini ham bermoqda.
Shu munosabat bilan, Milliy komissiyasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga xalqaro texnik standartlarni va ishlab chiqarish talablarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasi muhokama etildi. Taʼkidlanganidek, mazkur “Yo‘l xaritasi”da to‘qimachilik korxonalarida texnik va ishlab chiqarish standartlarini xalqaro darajaga moslashtirish, xalqaro brend va yirik kompaniyalarning mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilishga, paxta-to‘qimachilik sanoatidagi korxonalarimiz faoliyatiga xalqaro tan olingan mehnat, ishlab chiqarish, texnik va boshqa standartlarni keng tatbiq qilishga qaratilgan 20 ga yaqin tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Majlisda Milliy komissiya tarkibidagi Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyaga rahbarlik qilayotgan Ichki ishlar vazirligi hamda Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyaga rahbarlik qilayotgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining axborotlari ham eshitildi. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan Milliy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. 12.08.2022 y.
|
|
Oliy Majlis Senati, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi hamda Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamkorligida “O‘zbek xotin-qizlarining davlatchilik tariximizdagi o‘rni va xizmatlari” mavzusida ilmiy yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda senator va deputatlar, hukumat vakillari, vazirlik va idoralar rahbar ayollari, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, “O‘zarxiv” agentligi, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi faol xotin-qizlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Anjumanni Oliy Majlis Senati Raisi – Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Bugungi kunda xotin-qizlarning davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda faolligini oshirish har qachongidanda ko‘proq eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, 2022 – 2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash” deb belgilangan.
Albatta, ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarda o‘z aksini topgan ushbu ezgu maqsadlarni amalga oshirish, eng avvalo, uch ming yillik o‘zbek davlatchiligi tarixida ayollarimizga bo‘lgan munosabat, turli davrlar oshib saqlanib qolgan xotin-qizlarni qadrlash va eʼzozlash bilan bog‘liq bo‘lgan milliy tarbiya, urf-odat hamda anʼanalarimizni chukur o‘rganish, xotin-kizlarning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi o‘rni va xizmatlarini xalqimiz orasida keng targ‘ib etishni taqozo etadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev milliy ongni tarbiyalash, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishda tarix fanining alohida o‘rni borligini doim taʼkidlab keladilar.
G‘urur bilan taʼkidlash mumkinki, o‘tmishda davlat boshqaruvi, harb ishi, yurt himoyasi, mulkchilik, qurilish, ishbilarmonlik, homiylik, taʼlim-tarbiya, adabiyot, diniy sohalarda o‘zbek ayollari ko‘rsatgan faoliyat uncha-muncha xalq va davlat tajribasida uchramaydi. Buni so‘nggi besh-olti yil ichida jadal rivojlanishni boshdan kechirayotgan tarix fanida qo‘lga kiritilayotgan ilmiy natijalar isbotlamoqda.
Tashkil etilgan ko‘rgazmada O‘zbekiston Milliy arxivda saqlanayotgan noyob vaqf hujjatlari namoyishi tashkil etildi. Mazkur vaqf hujjatlari Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonligi davrida yashagan turli toifa ayollar tomonidan madrasa, maktablar faoliyati va boshqa ezgu maʼrifiy amallarga atab o‘z boyliklarini xayr-ehson qilinganini tasdiqlaydi. Shuningdek, O‘zbekiston kino, foto va ovozli hujjatlar Milliy arxivida saqlanayotgan suratlar ko‘rgazmasida o‘zbek milliy libos va taqinchoqlari, hunarmand, sanʼatkor, ijodkor va boshqa soha ayollarining ish jarayondagi tasvirlaridan iborat fotoko‘rgazma, arxiv manbalari ayollarimizning davlatchilik tarixida tutgan o‘rni va mavqeini hujjatli asosda ifodalab beradi.
Tadbirda o‘zbek ayolining qadr-qimmati, qadimgi ashyoviy manbalarda aks etgan ayol timsoli, xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni, kiyinish madaniyati, zeb-ziynatlar va ularning falsafasi, Qo‘qon malikasi, Ming oyim va uning kelini Nodira-begimning maʼrifat, iqtisodiy hayot va davlat boshqaruvdagi faoliyati, turli manbalarda xotin-kizlar tomonidan ijtimoiy hayot, maorifni taraqqiy etishida amalga oshirgan homiylik, bunyodkorlik ishlari, yangicha fikrlovchi jadid ayollarining matbuotdagi chiqishlariga oid maʼlumotlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha tavsiyalar qabul qilindi.
09.08.2022 y.
|
|
30-iyul Butunjahon Odam savdosiga qarshi kurash kuni munosabati bilan, Navoiy shahri "Ishga marhamat" Monomarkazida "Biz - odam savdosiga qarshimiz" shiori ostida tashkil etilgan tadbirdan videorolik...
01.08.2022 y. |
|
#Odam_savdosiga_qarshi_kurash_kuni
30-iyul Butunjahon Odam savdosiga qarshi kurash kuni munosabati bilan, Navoiy shahri "Ishga marhamat" Monomarkazida "Biz - odam savdosiga qarshimiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida mavzuga oid videorolik namoyish etildi hamda tinglovchilar tomonidan she'rlar o`qib berildi. Tadbirda Monomarkaz xodimlari va tinglovchilari faol ishtirok etdilar.
01.08.2022 y. |
|
Vazirlikda mehnat faoliyatida xodimlar salomatligiga xavf soluvchi holatlarni oldini olish, COVID-19 virusining yangi turidan himoya qilish maqsadida polimeraz zanjir reaksiyasi (PZR) testi o‘tkazildi.
27.06.2022 y.
|
|
|
|
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilayotgani munosabati bilan 2022-yil 8-iyun kuni soat 8:30da “Mahalla” telekanalining “Mahalla tongi” ko‘rsatuvida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari professori, yuridik fanlar doktori Boboqul Toshev va TDYuU Ixtisoslashtirilgan Filiali Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, yu.f.n. Gulnora Xudayberdievalar Konstitutsiya moddalariga kiritilishi lozim bo‘lgan takliflari bilan jonli efida ishtirok etishdi. |
|
Sportni sev, sport bilan yasha! Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yana-da rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 2022-yilning 4-iyun kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan "Sportni sev, sport bilan yasha!" shiori ostida Toshkent shahridagi ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markazida katta sport musobaqalari o‘tkazildi. Sport musobaqalarida vazirlik markaziy apparati va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari faol ishtirok etdilar. Musobaqa ishtirokchilari sportning voleybol, basketbol, stol tennisi, shaxmat, shashka, badminton, futbol, velosport turlarida o‘z mahoratlarini kõrsatdilar. Tadbirning faol ishtirokchilari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
|
|
Parlament so‘rovi natijalari ekspertlar ishtirokida dastlabki tarzda muhokama qilindi
2022-yil 23-may kuni Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senat a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Majlisda Senatning yigirma oltinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalar dastlabki tarzda muhokama etildi. Xususan, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Yer uchastkalarini kompensasiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir. Dastlab majlis ishtirokchilariga “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning ahamiyati, xususan, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, davlat xizmatchilarining kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini ob’yektiv hamda adolatli tanlov asosida xizmat pog‘onalari bo‘yicha o‘sish kafolatlarini o‘rnatish, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, o‘tash va tugatish jarayonlarini tartibga solish haqida keng tushuntirishlar berildi. Majlisda senatorlar tomonidan yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini kuchaytirish borasida qonun darajasida hal etish muhim ahamiyat kasb etishi aytilib, hududlarda yer uchastkalarini olib qo‘yish bilan bog‘liq muammoli holatlardan misollar keltirildi. Shuningdek, yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilishning holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari dastlabki tarzda muhokama qilindi. Hukumatning taqdim etgan ma’lumotnomasida bu borada bir qator ishlar amalga oshirilgani qayd etilgan. Jumladan, sohada ishchi-xodimlar, xususan, xotin-qizlar uchun zarur mehnat sharoitlarini yaratish masalalarida respublikadagi 1 300 ta yengil va charm-poyabzal sanoati korxonalarida xalqaro standatlar joriy etilgan.
To‘qimachilik sanoati tashkilotlari 8 va 10 xavflilik sinfi va charm sanoat tashkilotlari 5, 6, 8, 10 va 13 xavflilik sinflariga mosligi aniqlangan. Shuningdek, munosib mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida mehnat sharoitlarini baholash bo‘yicha jami 105 ta tashkilotning 2 485 ta, shu jumladan, charm sanoatining 3 ta tashkilotida 65 ta ish o‘rinlari attestasiyasi o‘tkazilgan. Shu bilan birga, senatorlar tomonidan parlament so‘rovida ayrim bandlar yuzasidan yetarli darajada tushuntirish yoki munosabat bildirilmaganligi qayd etildi. Majlisda mehnat jamoalarida gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha dastlabki natijalar muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga asosan barcha vazirlik va idoralarda gender tenglik masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari faoliyati tashkil etilishi belgilangan. Majlisda mehnat jamoalarida maslahat kengashi faoliyatini yanada kuchaytirish, ish beruvchilarning ayollar hamda erkaklarga teng imkoniyatlar va sharoitlar yaratish borasidagi mas’uliyatini oshirish, rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish, ishiga munosib xaq to‘lash, rag‘batlantirish va ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish muhimligi haqida to‘xtalib o‘tildi. Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi. https://senat.uz/oz |
|
13-may kuni 1-Ishchi guruh a’zolari tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tashkil etilgan Maslahat kengashi faoliyatini o‘rganildi. Ishchi guruh a’zolari tegishli hujjatlarni o‘rganish bilan bir qatorda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Vazirlikda faoliyat yuritayotgan texnik xodimlar bilan suhbatlashdilar. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalarni berdilar.
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari Qo‘mitasi tomonidan shakllantirilgan Ishchi guruh a’zolari davlat idoralarida tuzilgan Maslahat kengashi faoliyatini o‘rganishni davom etmoqda. 12-may kuni 1-Ishchi guruh a’zolari Xalq ta’limi vazirligida tashkil etilgan Maslahat kengashi faoliyatini o‘rgandi. Ishchi guruh a’zolari tegishli hujjatlarni o‘rganish bilan bir qatorda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Vazirlikda faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan suhbatlashdilar va tegishli tavsiyalar berdilar.
|
|
Senat Ishchi guruhi tomonidan davlat idoralarida Maslahat kengashi faoliyati o‘rganilmoqda. 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida ma’qullandi.
|
|
15-may - Xalqaro oila kuni Oila jamiyatimizning boshlang‘ich bo‘g‘ini, elimizning go‘zal urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida asrovchi muqaddas moʻjaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko‘chadi, jamiyatga kirib boradi. BMT Bosh Assanbleyasining 1993-yil 15-may kunidagi rezolyutsiyasiga asosan ushbu kun butunjahon oila kuni (International Day of Families) deb eʼtirof etilgan. Oilangiz hamisha farovon bo‘lsin!
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Xotin-qizlar uchun ulkan imkoniyatlar belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1-mart kuni xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yana-da mustahkamlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Xalqimiz tarixida buyuk allomalar, jahongir bobolarimiz qatorida, bunday insonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan, ulug‘vor ishlarga ruhlantirgan fozila ayollar ham ko‘p bo‘lgan. Bugun ham xotin-qizlarimiz farzand tarbiyasida, turli sohalarda, mahallalarda fidoyilik ko‘rsatmoqda. Ularning og‘irini yengil qilish, huquq va manfaatlarini taʼminlash maqsadida so‘nggi yillarda bir qator qonunlar, farmon va qarorlar qabul qilindi. 2021-yilda ayollar tadbirkorligi dasturlari doirasida 200 mingdan ziyod loyihalarga 2 trillion so‘m kredit va subsidiyalar ajratilib, 320 ming xotin-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. 190 ming nafar ayol kasb-hunarga o‘qitildi. 4 mingdan ziyod xotin-qizlarga uy-joy to‘lovining boshlang‘ich badaliga mablag‘ ajratildi. 2 ming nafar qiz alohida grant asosida oliy taʼlimga qabul qilindi. Natijada, o‘tgan yili oliy o‘quv yurtlariga kirgan talabalarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Umuman, 2020-yildan boshlab, “Ayollar daftari” tizimi yo‘lga qo‘yilib, unga kiritilgan 900 mingga yaqin xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik ko‘mak berilgan. Yig‘ilishda bu boradagi navbatdagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Hozirgi kunda “Ayollar daftari”da 630 mingdan ziyod xotin-qiz ro‘yxatda turibdi, ulardan 200 ming nafari ishsiz. Ayollar o‘rtasida jinoyatchilik, oilada zo‘ravonlik va tazyiq holatlari, afsuski, hali ham bor. Davlatimiz rahbari bu muammolarni hal etishda mahalla faollari, jamoatchilik va nuroniylarning o‘rni va taʼsiri sezilmayotganini aytdi. – Bugungi farovon hayotimiz ham, yorug‘ kelajagimiz ham ayollarga bog‘liq. Agar Xalqimiz bizdan rozi bo‘lishini xohlasak, avvalo, moʻtabar onalarimiz, opa-singillarimiz uchun munosib turmush sharoitlari yaratishimiz kerak. Ona rozi bo‘lsa, oila rozi bo‘ladi, oila rozi bo‘lsa, jamiyat rozi bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Bu maqsad mamlakatimizning taraqqiyot strategiyasida eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Ularning ijrosini tizimli tarzda, har bir mahalla kesimida amalga oshirish uchun Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi. Qo‘mita raisi ayni paytda Bosh vazir o‘rinbosari va Senat aʼzosi sifatida faoliyat yuritadi. Qo‘mitaning viloyat, tuman va shahar boshqarmalari rahbarlari esa, hokim o‘rinbosari hisoblanadi. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda “Ayollar daftari” jamg‘armasi mazkur qo‘mita tomonidan boshqariladi. Yurtimizdagi 9 ming 309 ta mahalla raisining xotin-qizlar va oila bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari ham qo‘mita tizimiga o‘tkaziladi hamda har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi yangidan joriy qilinadi. – Endi har bir mahallada ayollarning dardi bilan yashaydigan tizim bo‘ladi. Qaysi ayolga nima kerakligi, o‘qishi, davolanishi, bolalari tarbiyasi bo‘yicha mening stolimda adolatli raqam bo‘ladi, – dedi davlatimiz rahbari. Maʼlumki, xotin-qizlar masalalari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tizimida edi. Alohida qo‘mita tuzilishi munosabati bilan, bu vazirlik ham Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Bu sohada ham yangi tizim yaratilishi belgilandi. Joylarda bu vazifa bevosita hokimlarning zimmasiga yuklatiladi, hokim o‘rinbosari lavozimi qisqartiriladi. Mahalla raisi o‘z hududida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faolining hamjihatlikda ishlashni taʼminlaydi. Shuningdek, Xalq qabulxonalarining vazifalari ham endi shahar va tumandan mahalla miqyosiga tushadi. Yig‘ilishda davlatimiz rahbari ayollarni ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. 2022-yil 1-sentyabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan to‘lash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu maqsadlar uchun joriy yilda byudjetdan 200 milliard so‘m, 2023-yilda esa 1 trillion 700 milliard so‘m yo‘naltirilishi qayd etildi. Ayollarning uy-joy sharoitini yaxshilash masalasiga to‘xtalar ekan, Prezidentimiz shunday dedi: – Bir vaqtlar ayollarga imtiyozli uy berishga imkon yo‘q edi, bunga qonuniy asos, mablag‘ yo‘q edi. Yig‘ilishda ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo‘naltirilishi belgilandi. Ularning salomatligini tiklash bo‘yicha ham aniq tadbirlar amalga oshiriladi. Xususan, joriy yilda 6 ming nafar ayolga yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Nogironligi bo‘lganlar reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanadi. 3 million nafar xotin-qiz onkologik skriningdan o‘tkaziladi. Shuningdek, qizlarni emlash, fertil yoshdagi ayollarni dori va vitaminlar bilan bepul taʼminlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Qizlarning yaxshi taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi Prezidentimizni hamisha o‘ylantiradigan masalalardan biri. Bu yig‘ilishda ham ular uchun taʼlim sharoitlarini kengaytirish bo‘yicha tarixiy qarorlar qabul qilindi. Jumladan, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar taʼlimini qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqiladi. Dastur doirasida, poytaxtimizda asosan xotin-qizlarni o‘qitish uchun davlat-xususiy sherikchilik asosida to‘qimachilik sohasida alohida universitet tashkil etiladi. Paxta-to‘qimachilik va pillachilik klasterlari ishtirokida joylarda universitetning texnikumlari ham ochiladi. Yangi o‘quv yilidan boshlab, taʼlim kontraktlarini to‘lash uchun qizlarga ilk marotaba 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi. Buning uchun, joriy yilda banklarga 1 trillion 800 milliard so‘m, kelgusi besh yilda 8 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi. Yana bir yangilik: kelgusi o‘quv yilidan boshlab, magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq byudjetdan qoplab beriladi. Shuningdek, ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan talaba qizlarning taʼlim kontrakti mahalliy byudjetdan to‘lanadi. Jamiyatimizda olima ayollar ulushini sezilarli oshirish uchun doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi. Monomarkazlar va oliygohlar qoshida Malakani baholash markazlari tashkil etish, ayollarni talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblarga o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 2022-2024-yillar uchun “Biznes ayollar” dasturi qabul qilinishi belgilandi. Uning ijrosiga jami 8 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Ayollar uchun tadbirkorlik kurslari tashkil etiladi, imtiyozli kreditlar beriladi. Davlatimiz rahbari ehtiyojmand xotin-qizlar bandligini taʼminlagan tadbirkorlarni ham qo‘llab-quvvatlash zarurligini taʼkidladi. Ular uchun ko‘plab soliq va savdo imtiyozlari belgilandi. Yig‘ilishda ayollarning huquqiy himoyasini kuchaytirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Bugungi kunda tazyiq va zo‘ravonlik uchragan ayollar 30 kun muddatga alohida himoyaga olinadi. Lekin, undan keyingi tizim bo‘shliq bo‘lib qolgan. Shu bois, endi ayollarning tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyasi sud tomonidan taʼminlanishi, alohida himoyaga olish bir yilgacha belgilanishi aytildi. Oilalarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyatini oshirish ham bugungi kundagi dolzarb masalalardan. Prezidentimiz bu borada obro‘-eʼtiborli, bilimli xotin-qizlardan iborat “Oqila ayollar” harakatini tashkil qilish taklifini bildirdi. – Bu harakat “mahallaning vijdoni”ga aylanishi kerak. Chunki maʼrifatli jamiyatni maʼrifatli onalarsiz qurib bo‘lmaydi, – deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev. Yig‘ilishda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. Faol ayollar, tarmoq va hudud rahbarlari so‘zga chiqib, o‘z fikrlarini bildirdi. |
|
2022-yil 9-mart kuni Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. |
|
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga xotin-qizlar uchun belgilanayotgan kafolatlar ko‘rib chiqildi
|
|
Navoiy shahar "Ishga marhamat" Monomarkazi tinglovchilari va xodimlari o'rtasida "SPORT HAFTALIGI" bo'lib o'tdi
|
|
“Gender tenglik faoli” gʼoliblari
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol huquqni muhofaza qiluvchi organ” - Аdliya hamda Ichki ishlar vazirliklari “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol davlat organi” - Mudofaa vazirligi “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hokimlik” - Samarqand viloyati hokimligi “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tashkilot” - Olmaliq togʼ-kon metallurgiya kombinati “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol NNT” - “Toʼmaris” ayollar va yoshlar markazi “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkorlik subʼekti” - “Shovot tekstil”MChJ “Gender tenglikni targʼib qilishga qaratilgan eng yaxshi radio dastur” - Qoraqalpogʼiston teleradiokanali Bosh muharriri “Gender tenglikni targʼib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt” - “Oʼzsanoatqurilishbanki” sayti “Gender tenglikni targʼib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi axborot portal” - Human.uz axborot portali jurnalisti Nargiza Yunusova
|
|
"Ayollar tinchlik va xavfsizligi rezolyusiyasi va uning inson huquqlari va barqaror rivojlanish bilan bog‘liqligi” mavzusida xalqaro konferensiya
2021-yilning 16-17-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi birinchi o‘rinbosari, inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov boshchiligida “O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimini barqaror rivojlantirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi doirasida “Ayollar tinchlik va xavfsizligi rezolyusiyasi va uning inson huquqlari va barqaror rivojlanish bilan bog‘liqligi” mavzusidagi konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyada xukumat a'zolari, YEXHT kotibiyati rahbarining o‘rinbosari Tuulya Yurelya, shuningdek, Gender komissiyasi ekspertlari, vazirlik va tashkilotlarning gender bo‘yicha mas'ullari ishtirok etdilar.
|
|
“MАHАLLIY HАMJАMIYATLАR UCHUN GENDER BUDJETINI SHАKLLАNTIRISH” LOYIHАSI
“Mahalliy hamjamiyatlar uchun gender byudjetini shakllantirish” loyihasi natijalarini muhokama qilish, gender byudjetini tuzishda ayollar hamjamiyatlarining salohiyatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish va mahalliy darajada davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), mustaqil ekspertlar hamda Qozog‘iston Respublikasidan “EXO” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari ishtirok etdilar. Davra suhbatida vazir maslahatchisi G. Isakova xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini taʼminlash shu jumladan, uzoq muddatga xorijga ishlash uchun ketgan xotin-qizlarning mehnat huquqlarining himoya qilinishini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berdi.
|
|
XOTIN-QIZLARNING SAYLOV HUQUQLARI
Xotin-qizlar saylov huquqi – bu xotin-qizlarning xalq vakillarini saylash uchun saylovlarda ishtirok etish huquqidir. Bu o‘z ichiga saylovlarda qatnashish va vakillik organlariga saylanish huquqini o‘z ichiga oladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, xotin-qizlar har doim ham saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lishmagan. Hali XIX asrdayoq, ayollar erkaklar bilan teng, hatto ba’zan ulardan ko‘proq mehnat qilishganiga qaramay, ular saylovlarda ishtirok eta olishmagan, parlamentda so‘zga chiqib, o‘z fikrlarini bildirishlariga esa umuman ruxsat berilmagan.
|
|
11 oktyabr - xalqaro qizlar kuni
|
|
“Gender budjeti – asosiy tushunchalar” Buxoro shahrida Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Ombudsman idorasi huzuridagi konstitusiyaviy huquqlar va erkinliklar bo‘yicha komissiya, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Exo” jamoatchilik birlashmasi (Qozog‘iston Respublikasi) vakillari hamda NNTlar ishtirokida “Gender budjeti – asosiy tushunchalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
|
|
"O'zbekistonda ayollarni qo'llab-quvvatlash, himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish" loyihasi doirasida "Gender tengligi sohasida milliy qonunchilikni monitoring qilish va qo'llash" mavzusidagi ikki kunlik treningdan fotolar |
|
Buxoro shahrida Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Ombudsman idorasi huzuridagi konstitusiyaviy huquqlar va erkinliklar bo‘yicha komissiya, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Exo” jamoatchilik birlashmasi (Qozog‘iston Respublikasi) vakillari hamda NNTlar ishtirokida “Gender budjeti – asosiy tushunchalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. |
|
|
|
Navoiy shahar "Ishga marhamat" monomarkazida Navoiy viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun "Gender tenglikka erishish strategiyasi – mazmun va mohiyat” hamda “Gender faoli” milliy tanlovining targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Unda vazirlik mutasaddilari shtirok etib, xodimlarga O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilinganligi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning mohiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, boshqaruv lavozimlarda ishlayotgan xotin-qizlarning ulushi ortib borayotganligi, vazirlik va idoralarda ilg‘or va bilimli ayollarning kadrlar zaxirasi shakllantirilganligi takidlandi.
|
|
O‘z ongostingizni affirmasiyalar - o‘zini ishontirishning hayotiy formulalari bilan quvvatlantiring va har bir kuningizni betakror qiling! Hammaga “men istamayman, men qilmayman, baribir meniki o‘xshamaydi, men uddalay olmayman...” degan iboralar tanish, ammo haqiqatda esa bular buyruqlardir! Biz ongostimizda buyruq berib, ular orqali o‘zimizni dasturlaymiz, mag‘lubiyatga yetaklaymiz. Affirmasiyalar esa, o‘zimizni ishontiradigan formulalar bo‘lib, inson o‘z ongini ijobiy to‘lqinga sozlashga yordam beradi, kayfiyatni ko‘taradi, yaxshilikka undaydi.
|
|
O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ishtirokida “Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi mavqeini kuchaytirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati dasturiga asosan vazir maslahatchisi G.Isakova “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tashqi va ichki migrasiya ta’siridagi ayollarga zamonaviy-ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish borasidagi masalalarni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. |
|
|
|
Yagona milliy mehnat tizimiga kiritilgan ma'lumotlar tahlili raqamlarda
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnat organlari xodimlarini malakasini oshirish Respublika kurslarida malaka oshirgan Mehnat organlari rahbar va xodimlari to'g'risida ma'lumot
|
|
|
|
"Ayollar yetakchi lavozimlarda: Tenglikka erishish" mavzusidagi tadbir
|
|
“Ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi mavqeini kuchaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
|
|
“Ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi mavqeini kuchaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasining Xotin-qizlar gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha Komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi,YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida “Ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi mavqeini kuchaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri maslahatchisi G.Isakova "Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tashqi va ichki migratsiya ta’siridagi ayollarga zamonaviy-ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish borasidagi masalalarni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar" mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
|
|
Gender tenglik faoli» milliy tanlovi bo‘yicha o‘rganishlar |
|
«Xalqaro xotin-qizlar tadbirkorligi kuni»ga bag‘ishlab xalqaro seminar o‘tkazildi |
|
|
|
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovida ishtirok eting va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting!
📣 O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovning asosiy nominasiyalari: ✅ «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol vazirlik, davlat muassasasi tashkilot va idoralar»; ✅ «Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilgan eng yaxshi huquqni muhofaza qilish organi»; ✅ «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hokimlik»; ✅ «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol NNT»; ✅ «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tadbirkorlik sub’yekti».
Qo‘shimcha nominasiyalar: ✅ «Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi TV-dastur»; ✅ «Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt yoki portal»; ✅ «Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi nashr»; ✅ «Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi jurnalist».
✍️ Joriy yilning 1-noyabrning 20 sanasiga qadar tanlovda ishtirok etish niyatini bildirgan ishtirokchilardan arizalar namunaga muvofiq qabul qilinadi. (https://telegra.ph/Ariza-11-12)🔰 Noyabr oyining 21 sanasidan 1-dekabr kuniga qadar tanlov ishtirokchilari tomonidan yuborilgan arizalar va ularning ilovalaridagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqiladi. Joriy yilning 1-6 dekabr kunlari mobaynida tanlov uchun saralab olingan arizalar va materiallar joylarda chiqib o‘rganiladi. Dekabr oyining 3 dekadasida tanlov g‘oliblari e’lon qilinadi.
🏆 Gʻoliblarni ko‘plab qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.
❗️Unutmang, tanlovga arizalar 2020 yilning 1-noyabrdan 20-noyabriga qadar qabul qilinadi. Arizalar pochta orqali, genderfaoltanlovi@gmail.com elektron manzilga yuboriladi. |
|
Gender tenglikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi | |
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIXOTIN-QIZLAR VA ERKAKLAR UCHUN TENG HUQUQ HAMDA IMKONIYATLAR KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA |
|
Migrantlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda mehnat migrasiyasi global rivojlanishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, shu bilan birga xalqaro nuqtai nazaridan jiddiy masala hamdir. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 50 yil ichida o‘z mamlakatidan tashqarida yashovchi odamlar soni 3 barobar oshgan.
O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishlardagi munosabatlarni tartibga solish, mavjud muammolarni hal qilish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, chet elda bo‘lib turgan xotin-qizlarni, umuman mehnat migrantlarning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga muhim masala sifatida qaralmoqda.
Ushbu yo‘nalishda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tegishli tuzilmalar tomonidan ham faol ish olib borilyapti. Jumladan, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan COVID-19 tarqalishi sababli xorijda qiyin moliyaviy ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha Agentlikning birgamiz.com elektron platformasiga kelib tushgan mehnat migrantlarining murojaatlari o‘rganildi. Ularning 753 nafariga qonunda belgilangan tartibda xalqaro pul o‘tkazma tizimi orqali tegishli miqdorda moddiy yordam yo‘naltirildi. Vakolatxonalar aralashuvi bilan mehnat migrantlarining ish beruvchilardan undirilmagan 378,0 ming AQSH dollari miqdorida ish haqlari undirib berildi.
Shuningdek, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar asosida ayol migrantlarning muammolarini hal qilishda yaqindan yordam berilmoqda. Joylarda migrasiyadan qaytgan ayollar bilan alohida ishlash tizimi mahalliy Kengashlar bilan birgalikda monitoring qilinishi ta’minlangan. Ayniqsa “temir daftar” va “ayollar daftari”ga kiritilgan opa-singillarimiz bilan olib borilayotgan ishlar ustidan parlament nazorati o‘rnatilmoqda. Qolaversa, muammoga mutasaddilar va keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Davra suhbatida mazkur yo‘nalishda hamkorlikni kuchaytirishga oid muhim masalalar muhokama qilindi. Bu borada turli takliflar ilgari surildi. |
|
"Gender tenglik faoli" milliy tanlovi
Tanlov quyidagi asosiy nominasiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
Qo‘shimcha nominasiyalar:
|
|
“GENDER TENGLIK FAOLI” MILLIY TANLOVI ISHCHI GURUHINING YIGʻILISHI2020 yilning 29 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan tashkil etilayotgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, vazirlik va idoralar, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMT Taraqqiyot dasturi kabi xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari vakillari ishtirok etdilar. Milliy tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – mamlakatimizda gender tenglikka erishish masalasiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etish, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Tanlovda joriy yil yakunlari bo‘yicha gender tenglikni ta’minlash sohasida yuqori natijalarga erishgan, ushbu yo‘nalishda jamiyat rivoji uchun tashabbus ko‘rsatayotgan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, tegishli yo‘nalishlarda dolzarb vazifalarni amalga oshirayotgan vazirliklar, idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etadilar.
Infografika
|