Davlat dasturi ijrosi

 

1

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid” Davlat dasturida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan

MA’LUMOT

Yuklab olish
2 Nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligiga ko‘maklashish dasturi
2022 yilda 12 146 nafar imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish milliy dasturi tasdiqlangan. Dastur ijrosi yuzasidan joriy yilning yanvar-may oylari davomida 2 384 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashildi. Jumladan:
931 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga joylashtirildi, 859 nafari kasb-hunarga o‘qitish kurslariga jalb etildi, 582 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 12 nafari subsidiya mablag‘lari ajratish orqali bandligiga ko‘maklashildi.
Yuklab olish
3

Xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish dasturi

2022 yilning yanvar-may oylari davomida 188,4 ming xotin-qizlarga bandlik xizmatlari ko‘rsatildi. Jumladan: 78,2 ming nafari ishga joylashtirildi; 48,9 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi; 40,9 ming nafari kasb-hunarga o‘qitish kurslariga jalb etildi; 11,3 ming nafariga subsidiya mablag‘lari ajratildi; 9 ming nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

Yoshlar bandligiga ko‘maklashish dasturi

2022 yilning yanvar-may oylari davomida 118,5 ming xotin-qizlarga bandlik xizmatlari ko‘rsatildi. Jumladan: 50,9 ming nafari ishga joylashtirildi; 25,0 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi; 29,6 ming nafari kasb-hunarga o‘qitish kurslariga jalb etildi; 5,3 ming nafariga subsidiya mablag‘lari ajratildi; 7,7 ming nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

Yuklab olish
4

Xavfsiz va tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasi dasturi

2022 yil yanvar-may oylari davomida 6 009 nafar, shundan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan 5 913 nafar, xususiy bandlik agentliklari tomonidan 96 nafar fuqarolar chet elga ishga joylashtirildi.

Jumladan:

Rossiya Federasiyasiga 3 403 nafar, Janubiy Koreyaga 2 416 nafar, Birlashgan Arab Amirligiga 48 nafar, Qozog‘iston Respublikasiga 53 nafar, Germaniyaga
31 nafar, Latviyaga 24 nafar, Qatarga 18 nafar, Yaponiya 5 nafar, Turkiya 5 nafar, Polshaga 3 nafar, Saudiya Arabistoni 3 nafar.

Migrantlarni kasb-hunarga o‘qitish dasturi

2022 yilning yanvar-may oylari davomida xorijda ishlash istagida bo‘lgan 22 014 nafar fuqarolarning 18 848 nafari kasb-hunarga va 3 166 nafari rus, koreys, ingliz va boshqa tillarga o‘qitildi.

Migrantlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi

Xorijga ishlash uchun ketayotgan 525 nafar fuqarolarga 1 050 mln.so‘m mikroqarz ajratildi, 13 757 nafar fuqarolarning hayoti va sog‘ligi hamda mikroqarz qaytarilmaslik tavakkalchiligi sug‘urtalandi, 1 835 nafar fuqarolarning malakasini baholash uchun sarflagan xarajatlarini kompensasiya qilish maqsadida 898,7 mln.so‘m (1 737 nafar fuqarolar uchun), yo‘l chiptasi xarajatlarini qoplash uchun 52,9 mln.so‘m (98 nafar fuqarolar uchun) ajratildi.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayogan migrantlarga ko‘rsatilgan xizmatlar

2022 yilning yanvar-may oylari davomida 76 848 nafar migrantlarga xizmatlar ko‘rsatildi. Shundan, 67 148 nafar fuqarolarga axborot-maslahat xizmati, 1 412 nafar mehnat migrantiga moddiy yordam, 3 657 nafariga huquqiy yordam, 4 631 nafariga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.

Xorijdan vataniga qaytgan mehnat migrantlarini bandligini ta’minlash dasturi

2022 yilning yanvar-may oylari davomida 36,9 ming xorijda ishlab qaytib kelgan mehnat migrantlari doimiy va vaqtinchalik ish bilan ta’minlandi. Jumladan, 7,0 ming nafar migrantlar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 5,9 ming nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 2,4 ming nafari jamoat ishlariga jalb etildi, 2,5 ming nafariga tadbirkorlikka jalb qilish va kredit ajratishda, 18,2 ming nafariga o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashildi, 833 nafariga subsidiya mablag‘lari ajratildi.

 

Yuklab olish

Urganch shahar «Ishga marhamat» Monomarkazida nogironligi bo‘lgan shaxslar inklyuziv ta’lim asosida bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-hunar o'rganib kelishmoqda.

Bugun O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi Xorazm viloyati vakillari monomarkazda bilim olayotgan fuqarolar bilan uchrashishdi. Unda ishga joylashish va subsidiya berish masalasi muhokama qilindi.

 



Ahmed To‘raqulov- "2021 - yili qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan paytimda o‘ng oyog‘imdan jiddiy jarohat oldim. Mehnat vazirligining yordami bilan moddiy zararlarlarim qoplab berildi va ishga qayta tiklandim."



ISHSIZLAR NIMA DEYDI?



Abdusamad Abdukarimov - "Konstitutsiyamizga kiritilayotgan muhim o‘zgarishlardan biri bu ayollar mehnati bilan bog‘liq. Ya’ni ayolning homiladorligini vaj qilgan holda uni ishga qabul qilishni rad etish va oylik ish haqqini kamroq belgilash holatlarni oldini olish normalari kiritilmoqda".





Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida o‘tkaziilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi "O‘zbekiston24"da



Erkin Muxitdinov-"Prezident tomonidan samarasiz ishlayotgan texnik kollejlarni monomarkazga aylantirish topshirig‘i berildi. Monomarkazlar nafaqat kasbga balki, xorijiy tillarga, tadbirkorlikka o'rgatadi va fuqarolarning kasb-hunarini baholab sertifikat beriladi."




Hakimjon Abdullayev- "Bugungi kunda ko‘plab xotin-qizlar ish malakasiga ega bo‘la turib uni tasdiqlovchi xujjatiga ega emas. Endilikda malakani baholash markazi tomonidan ularning ma'lum bir sohadagi ish bilish darajasi o‘rganiladi va malaka pasporti beriladi."


Nozim Xusanov -"Biz fuqarolarimizni Yaponiya davlatiga borib, ishlash bo'yicha sharoitlarni kelishib oldik"



Erkin Muhitdinov:
-"Ishsizlarni kasbga o‘qitayotgan nodavlat muassasalarni qo‘llab quvatlashni davom ettiramiz, shuningdek xorijga ishga ketayotganlarga boradigan mamlakatini tilini o‘rgatamiz, buning uchun subsidiyalar yetarlicha ajratilgan"

Tafsilotlar "Intervyu 24" dasturida

-----------------------------------------------------------------------------------------------------

Vazir o'rinbosari Baxodir Umurzakov xalqaro Press klubda

 

-----------------------------------------------------------------------------------------------------

Yoshlarni qiziqtirgan savollarga vazirlik vakillaridan batafsil javoblar

 

-----------------------------------------------------------------------------------------------------

Matbuot anjumani jonli efirda

 

-----------------------------------------------------------------------------------------------------

Hakimjon Abdullayev - vazirlik boshqarma boshlig'i:
“Ishga marhamat” monomarkazi va kasb-hunarga o‘qitish markazlariga 23 nafar chet ellik mutaxassislar jalb etilgan"

-----------------------------------------------------------------------------------------------------

Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi bo'lim boshlig'i Shohruh Nuraliyev :
"Markazdagi kasb-hunar yo'nalishlari bilan tanishtirish maqsadida 9-11 sinf o'quvchilari uchun 15 ga yaqin ekskursiya tashkil qilindi"

➡️ Batafsil "Zamon" informatsion dasturida

2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясида Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлигига юклатилган вазифалар ижроси юзасидан маълумот

Қарорда белгиланган бандлар бўйича

fikr almashish: