"Zero Risk" dasturi doirasida aholi yuqori daromadli ish o‘rinlari va zamonaviy kasblarga o'qitiladi

28.02.2024

 “Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (https://uza.uz/uz/posts/raqamlashtirish-sohasidagi-xizmatlar-yangi-bosqichga-olib-chiqiladi_572089) qabul qilindi.


Unga ko‘ra:
➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda IT-sanoatni rivojlantirish, aholini yuqori daromadli ish o‘rinlari va zamonaviy kasblar bilan ta’minlash, hududlarga IT-xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan "Zero Risk" dasturi amaliyotga joriy etiladi;

Loyiha doirasida IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarga:
— xodimlar malakasini oshirish maqsadida "Bir million dasturchi" loyihasi doirasidagi nufuzli xalqaro ta’lim platformalarining eksport yo‘nalishida talab yuqori bo‘lgan onlayn o‘quv kurslarida bepul o‘qitish imkoniyati ta’minlanadi.