Yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi ayollarga bo‘lgan munosabat va e’tibor bilan bog‘liq.
Yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, jamiyatda siyosiy, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi ayollarga bo‘lgan munosabat va e’tibor bilan bog‘liq.
Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir.
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Ayolga ehtirom” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir Behzod Musayev vazirlik tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ayollarni bayrami bilan tabriklab, xotin-qizlarimiz Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat, aniqrog‘i mahalla hayotida muhim o‘rin va mavqega ega ekanliklarini alohida ta'kidladi.
Tadbirga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Bobur Bobomurod, O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasi xonandasi, “Shuhrat” medali sohibi Alisher Ro‘zmetov, Shuhrat Daryo va bir qator xonandalarning ishtiroki yanada fayz kiritdi.
Mazkur bayram dasturi tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan fidoyi ayollarga yil davomida o‘ziga xos shijoat, mehr-muhabbat va faollik baxsh etib turishiga zamin bo‘ldi.