Yuristkadr telegram kanalida e'lon qilingan “Yangi Mehnat kodeksi rosa tagiga olyaptida lekin.” mazmunidagi xabar yuzasidan:

22.08.2022

Yuristkadr telegram kanalida e'lon qilingan “Yangi Mehnat kodeksi rosa tagiga olyaptida lekin.” mazmunidagi xabar yuzasidan:

 

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratligi va Davlat fuqarolik xizmatchilarining ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan mehnatga oid munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinishi belgilangan. Ushbu norma davlat xizmatchilari uchun boshqa toifadagi ishchilardan farq qiladigan mehnat munosabatlari shartlarini belgilash imkoniyatini nazarda tutadi. Masalan: “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 46 va 47-moddalariga muvofiq, amaldagi Mehnat kodeksiga nisbatan qo‘shimcha intizomiy jazo choralari (malaka darajasini pasaytirish va lavozimini pasaytirish) nazarda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasidan kelib chiqib, amaldagi Mehnat kodeksining 181 va 182-moddalari hamda yangi Mehnat kodeksining 312 va 313-moddalari davlat xizmatchisiga nisbatan qo‘llanilmaydi. Xuddi shunday, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 50-moddasida Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning qo‘shimcha shartlari, ya’ni davlat fuqarolik xizmatining nafaqat davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilishi, shuningdek, qo‘shimcha sabablarga ko‘ra amaldagi Mehnat kodeksining 100-moddasida va yangi Mehnat kodeksining 161-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha tugatilishi nazarda tutilgan.Shu bilan birga qayd etish kerakki, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 11-moddasida (“Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilish sohasi”), “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonundagi singari norma mavjud bo‘lib, bu huquqiy nizolar kelib chiqishining oldini oladi. Unga ko‘ra, mehnat qonunchiligi davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikka zid bo‘lmagan holda qo‘llaniladi. Shuningdek, qayd etish kerakki “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun mehnat huquqi elementlari mavjud bo‘lgan Ma’muriy huquq toifasiga kiradi, shuning uchun Qonun va Mehnat kodeksining “paket” prinsipi asosida qabul qilinishi zaruriyati mavjud emas.