“Yotoqxona ta’miri boshlangandan buyon changga belanib ishlayapmiz” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

17.12.2021

Ijtimoiy tarmoqdagi O‘qituvchilar: “Yotoqxona ta’miri boshlangandan buyon changga belanib ishlayapmiz” “Andijon pedagogika institutidan yozmoqdamiz. 8 dekabr bayram va dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, institut rektori o‘qituvchilarni talabalar yotoqxonasida obodonlashtirish ishlariga jalb qildi. Konstitusiya kunida o‘z konstision huquqimizdan foydalana olmaymizmi? Yotoqxona ta’miri boshlangandan buyon deyarli har kuni shu ahvol: chang-tuproqda ishlaymiz. Yurtboshimiz majburiy mehnatga chek qo‘ydilar. Bizda ham bu hol zudlik bilan to‘xtatiladi degan umiddamiz”. sarlavhasi ostida chiqarilgan xabarhttps://t.me/VODIY_SADOSI_2021/4612?single bo‘yicha Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida, Andijon Pedagogika institutida talabalar yotoqxonasi atrofida qurilish ishlarini bajarganliklarini yuzasidan o‘rganish o‘tkazilganda, o‘qituvchi va talablardan tushuntirish xatlari olindi. Murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan fotosuratdagi xodimlar o‘qituvchi va talabalar emas balki pudrat tashkilot xodimlari ekanligi aniqlandi

Shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Andijon pedagogika instituti rektori va ma’sul xodimlariga majburiy mehnat, uning ko‘rsatkichlari va belgilari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasida “Majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.