“Yoshlar bandligi dasturlari” doirasida 759 734 nafar yoshlarni bandligiga ko'maklashish ko‘zda tutilmoqda

16.02.2024

Ma’lumki, 2023-yil 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida "Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan “Yoshlar bandligi dasturlari” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, mehnat bozoriga kirib kelayotgan:
➖ 99.9 ming nafar bitiruvchilarni korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;
➖ 80,3 ming nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;
➖ 25,5 ming nafarini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
➖ 18,8 ming nafarini har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor tadbirlari asosida tadbirkorlarga biriktirish;
➖ 14 ming nafarini “Usta shogird” asosida hunarmandlarga biriktirish;
➖ 16,2 ming nafarida YATT tashkil etishida ko‘maklash;
➖ 26 ming nafarini qishloq xo‘jaligidan yer ajratish orqali bandligini ta’minlash;
➖ 150,4 ming nafarini o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish;
➖ 40,6 ming nafariga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratish orqali bandligini ta’minlash;
➖ 32 ming nafariga subsidiya ajratish orqali bandligini ta’minlash;
➖ 220,3 ming nafari boshqa yo‘nalishlarda (OTMga o‘qishga kiradiganlar) bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan;
➖ 35,6 ming nafariga boshqalar (turmushga chiqadiganlar, ko‘chib ketadiganlar, chet elga ketadiganlar va h.k).