Yaponiyaga yo’llar ochilishi kutilmoqda

02.11.2021

TOKIO - Yaponiya xorijliklarga koronavirus bilan bog'liq kirish qoidalarini yengillashtirish uchun qisqa muddatli xizmat safarlari, chet elda o'qish va texnik malaka oshirish uchun mamlakatga tashrif buyurishga ruxsat bermoqchi, deya ta'kidladi Nikkeihttps://asia.nikkei.com/Spotlight/Coronavirus/Japan-to-ease-entry-for-businesspeople-students-but-not-tourists.

Sayyohlar bu ro’yxatga kiritilmagan.Hukumat siyosatdagi bu oʻzgarishlarni shu haftaning boshida eʼlon qilishi kutilmoqda, amalga oshirish  ham shu oydan boshlananishi reja qilingan.

Yozda yangi COVID-19 holatlari sezilarli darajada pasayganligi sababli, Yaponiya xorijliklarning amalda kirishiga taqiqni bosqichma-bosqich yumshatishni maqsad qilgan. Qisqa muddatli biznes sayohatchilar uchun karantin talabi emlangan tashrifchilar uchun 10 kundan boshlab uch kungacha qisqartiriladi. Xorijiy fuqarolarni qabul qiluvchi kompaniya va tashkilotlar ularning faoliyatini nazorat qilishlari shart.

Qisqartirilgan karantin talabi xorijda xizmat safaridan qaytgan yapon fuqarolariga ham tegishli bo‘ladi. Ma’lumki, joriy yilning yanvar oyidan boshlab Yaponiya immigratsiya nazoratini kuchaytirib, koronavirusning yanada yuqimli variantlari paydo bo'lishiga qarshi chora-tadbirlarni amalga tadbiq etgan edi.

Hozirga qadar mamlakatga faqat "alohida holatlar" bo'lgan xorijliklar, masalan, qayta kirish ruxsatnomasi bo'lganlar, yapon fuqarolarining turmush o'rtoqlari va bolalari kiritilib kelinmoqda.

1-oktabr holatiga ko‘ra, qattiq chegara nazorati tufayli 370 mingga yaqin xorijlik Yaponiyaga kela olmadi, ularning qariyb 70 foizi texnik stajyorlar va chet ellik talabalardir. Ishchi kuchi tanqisligi bilan kurashayotgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik tarmoqlari va hozirda chet ellik talabalarni qabul qila olmaydigan maktablar yangi kelganlarga ruxsat berishga chaqirishdi.

Yengillashtirilgan qoidalar yangi tashrif buyuruvchilarga nisbatan qo‘llaniladi. Kompaniyalar, maktablar yoki boshqa qabul qiluvchi tashkilotlar infeksiyani nazorat qilish choralari haqida tegishli davlat organiga hisobot berishlari kerak.

Agar xorijda yangi variantlar paydo bo'lsa, Tokio yana kuchliroq nazoratni tiklashga tayyorligini ma’lum qilgan.

Shu o’rinda ma’lumot:

2020-2021 yillarda O’zbekistonlik 150 dan ortiq texnik stajyorlarga Yaponiyada ishlash ruxsati berilgan bo’lsa-da, Yaponiyadagi immigratsion nazoratni kuchaytirganligi bois ular ham Yaponiyaga kirish imkoniyatini kutib turishibdi.

Yaponiyadagi karantin qoidalarini yumshatilishi shaksiz, ikki mamlakat o’rtasidagi mehnat mumosabatlaridagi sayi-harakatlarni jadallashtirib, yanada rivojlanishiga zamin yaratadi.