“Yangiyo‘ldagi DMTT xodimlarining noyabr oyi oylik maoshlari hali to‘lab berilmayapti” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

12.12.2021

Ijtimoiy tarmoq orqali “Yangiyo‘ldagi DMTT xodimlarining noyabr oyi oylik maoshlari hali to‘lab berilmayapti” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabarhttps://t.me/Yangiyolliklar/29562 bo‘yicha Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida, Yangiyo‘l tumani DMTT bo‘limida ishlovchi ishchi va xodimlariga joriy yilning 20 dekabr kuni oylik ish xaqlari to‘lab berilishi ta’minlandi hamda kelgusida bunday qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan Yozma ko‘rsatma kiritildi.

Shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchiga xodimlarga qo‘shimcha ish beruvchiga xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lashda Mehnat kodeksining 154,161-moddalari talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.