Yangiqo‘rg‘on tumanidagi holat yuzasidan rasmiy munosabat

08.07.2021

Ijtimoiy tarmoqda “Prezidentimiz majburiy mehnatni taqiqlagan bir paytda, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tuman hokimining og‘zaki topshirig‘i bilan 74-maktab o‘qituvchilari g‘o‘zalarga dori qo‘yishga majburlanmoqda. O‘qituvchilar ta’til payti dam olish o‘rniga issiqda dalada ishlamoqda...” mazmunida murojaat https://t.me/acchikhakikat/3077?single yo‘llangan bo‘lib, mazkur murojaat yuzasidan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Namangan viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining ma’lum qilishicha, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 2008 yildan buyon texnik ekin hisoblangan paxta ekilmaydi. Yangiqo‘rg‘on tumani asosan qishloq xo‘jaligining yo‘nalishlarida faoliyat yuritib keladi.

Shuningdek, Yangiqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi mudirining xatidan ma’lum bo‘lishicha, Yangiqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufida 74-sonli ta’lim muassasasi mavjud emas.

O‘rganishlar natijasida internet tarmog‘ida tarqalgan xabar o‘z tasdig‘ini topmadi.