"Yangi O‘zbekistonda Yangi neft-gaz. “Farzandimga muzqaymoq olib bera olmayman”. Koson neft-gaz qidiruv ekspedisiyasidagi holat yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda "Yangi O‘zbekistonda Yangi neft-gaz. “Farzandimga muzqaymoq olib bera olmayman” - Koson neft-gaz qidiruv ekspedisiyasi ishchilari nega besh oy muddatdan buyon oylik olisholmayapti!?" sarlavhali xabar https://t.me/tentakminds/3691 tarqaldi.
Ushbu vaziyat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida “Koson neft gaz qidiruv ekspedisiyasi” MChJning ayrim xodimlaridan 2021-yil 1-avgust kuniga qadar bajargan ishiga nisbatan to‘lanmay qolgan oylik ish haqi va boshqa to‘lovlardan qarzdorligi mavjudligi aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan “Koson neft gaz qidiruv ekspedisiyasi” MChJ rahbariga ish beruvchining bajarishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma berildi. Shuningdek, ish haqlarini undirish yuzasidan 2021-yil 6-sentyabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi.