Yangi hayot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

31.03.2021

Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi hamda tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan Yangi hayot tumani "Yangi turmush" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda 20 nafardan ortiq “Ayollar” va “Yoshlar” daftariga kiritilgan ishsiz fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, shu joyning o‘zida 4 nafar fuqaroning bandligiga ko‘maklashishga erishildi. Bundan tashqari, fuqarolarni kasbga o‘qitish, ishga joylashtirish va mehnat qoununchiligi yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.