“Yana majburiy mehnat” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqda “Yana majburiy mehnat” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabarhttps://t.me/Otabek/4257 bo‘yicha Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida, Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan 131-IDUM xodimlarini o‘z xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga majburiy jalb qilinishi bo‘yicha tushuntirish xatlari olindi.
O‘rganilgan hujjatlarga muvofiq, xodimlar xizmat majburiyatlariga kirmaydigan ishlarga majburiy jalb qilinish holatlari aniqlanmadi.
Yuqoridagilarga asosan, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchiga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-moddasida majburiy mehnatning taqiqlanishi, mazkur modda talablariga rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.