“Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–366-son, 30.08.2022 y.) qabul qilindi

31.08.2022

✅“Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

✅Qarorda qayd etilishicha, joriy yilning 1 noyabrdan quyidagi 10 ta faoliyat turi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi. Xususan, uy hayvonlari (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati, avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati, rieltorlik xizmatini ko‘rsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga ko‘maklashish), uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati shular jumlasidan.