"Yakkabog‘ tumanida MFY raislari tungi vaqtga qaramay majlisga chaqirildi" mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

04.11.2021

Ijtimoiy tarmoqda "Yakkabog‘ tumanida MFY raislari tungi vaqtga qaramay majlisga chaqirildi. Raislarni vakolatiga kirmaydigan ish, soliq yig‘imi" mazmunidagi xabarhttps://t.me/elmurodblog/8718 bo'yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o'tkazildi.

O‘rganish davomida, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan holatga aloqador xodimlardan tushuntirish xatlari olinganda MFY raislariga rahbariyat tomonidan soliq yig‘ish bo‘yicha topshiriq bo‘lmaganligi hamda yig‘ilish 17:30 da tugaganligini bayon qilishdi.

Yuqoridagilarga muvofiq, maqolada ko‘rsatib o‘tilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Shuningdek, ish beruvchilarga Mehnat kodeksining 7,157-moddasi talablariga rioya etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar va tushuntirishlar berildi.