«Yagona milliy mehnat tizimi» yuzasidan navbatdagi o‘quv seminar

10.02.2020

2020-yil 7-fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktyabrdagi «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4502-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishi va uning ishlashini ta'minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 971–son Qarori ijrosi yuzasidan Navoiy viloyati Yoshlar markazining katta zalida viloyat (tuman,shahar)dagi jami 440 dan ziyod tashkilotning 480 dan ortiq mas'ul xodimlariga ko‘nikma va tushunchalar berish borasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida tashkil etilgan «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi rahbari X.Yarkulov, direksiya xodimlari O.Yunusov, Sh.Yusupov xamda Navoiy viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari J.Umarovlar ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.

photo_2020-02-07_17-50-55

Shuningdek, mehnat shartnomalari va daftarchalarini yuritishda elektron tizimni shaffofligini ta'minlash haqidagi mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

photo_2020-02-07_17-51-32

Mazkur tizimga o‘tishda asosiy vazifa korxona va tashkilotlarning kadrlar bilan ishlovchi mutaxassislari zimmasiga yuklanadi. Aynan ularga yengillik yaratish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida tashkil etilgan “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKni boshqarish Direksiyasi tomonidan Respublika bo‘ylab seminar treninglar davom etadi.