Xususiy o‘quv markazlari diqqatiga!

08.02.2024

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijiy hamkorlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan barcha o‘quv markazlarni hamkorlikka chaqiradi!

− Germaniyada yuk avtomobili haydovchisi, yuk avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni boshqarish, hamshiralik, mehmonxona, restoran ishi kabi sohalarda ishlash istagidagi nomzodlarga nemis tilini B1 (dual taʼlim dasturi uchun), B2 (to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga) darajada o‘rgatish;

− Yaponiyada qurilish, ishloq xo‘jaligi, parvarishlash sohalarida ishlash istagidagi nomzodlarga yapon tilini N5, N4 yoki undan yuqori darajada o‘rgatish, sohalar bo‘yicha malaka imtihonlariga tayyorlash;

− Janubiy Koreyada ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, kemasozlik kabi sohalarda ishlash istagidagi nomzodlarga koreys tilini TOPIK 3 darajada o‘rgatish;

− Litvada qurilish va yuk avtomobili haydovchisi sohalarida ishlash istagidagi nomzodlarga rus tilini B2 darajada o‘rgatish;

− Bolgariya, Ruminiya, Turkiya, Xorvatiya davlatlarida qurilish, mehmonxona xo‘jaligi, ishlab chiqarish va servis sohalarida rus tilini B1, ingliz tilini B2 darajada o‘rgatish bo‘yicha o‘quv markazlari murojaat qilishi mumkin.

O‘quv markazlar uchun afzalliklar:

Xorijiy ish beruvchi talabnomalari doimiy yangilangan holatda taqdim etib boriladi;
O‘quv markazlarida chet tillarini talab darajasida o‘rgangan nomzodlarning xorijiy davlat ish beruvchilari tanlovlarida ishtiroki taʼminlanadi.

Hamkorlik qilish istagidagi o‘quv markazlaridan bog‘lanish uchun maʼlumotlarni quyidagi elektron pochtaga jo‘natishini so‘raymiz: info@migration.uz

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimi siz bilan bog‘lanadi.