Xorijliklarga O‘zbekistonda ishlash huquqini beruvchi hujjat uchun to‘lov kamaytiriladi
06.09.2023
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Hujjat yo'l xaritasida, ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida zargarlik sanoati uchun mutaxassis sifatida jalb qilingan chet el fuqarolariga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani berishda undiriladigan yig‘im miqdorini kamaytirishni ko‘zda tutuvchi qaror loyihasi ishlab chiqish belgilangan.