Xorijiy mutaxassislarni "ishga marhamat" Monomarkazlariga jalb etish bo‘yicha onlayn tanlov o‘tkazdi.
Vazirlik mutasaddilaridan iborat komissiya xorijiy mutaxassislarni "ishga marhamat" Monomarkazlariga jalb etish bo‘yicha onlayn tanlov o‘tkazdi. Tadbirda vazir Nozim Xusanov ishtirok etdi. Unda 33 nafar nomzodlardan 19 nafar malakali mutaxassislar tanlab olindi.
Qandolatchilik, sartaroshlik, modeler, mebelsozlik, qishloq xo‘jaligi mutaxassisi va dizayn yo‘nalishlarida tanlab olingan mutaxassislar tez fursatlarda O‘zbekistonda o‘z faoliyatlarini boshlashadi.
Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PQ-5140-son Qarorida kasb-hunarga o‘qitish markazlari, maskanlar va qisqa muddatli kurslarning ta‘lim jarayoniga Germaniya, Koreya, Rossiya, Turkiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning malakali mutaxassislarini jalb qilish belgilangan.