“Xorazmda Prezident farmoniga qarshi chiqilmoqdami? Majburiy mehnatga qachon chek qo‘yiladi?” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

06.09.2021

Ijtimoiy tarmoq orqali “Xorazmda Prezident farmoniga qarshi chiqilmoqdami? Majburiy mehnatga qachon chek qo‘yiladi?” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar bo‘yicha Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish natijasida Xorazm viloyati Urganch shahar soliq inspeksiyasi xodimlari respublikamiz mustaqilligi bayrami munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlarida grafik asosida ishga chiqirilganligi haqidagi xabarlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan inspeksiya rahbari hamda xodimlaridan olingan tushuntirish xatlariga muvofiq, xodimlar bayram kunlarida ishga jalb qilinmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, o‘rganish davomida Xorazm viloyati Urganch shahar soliq inspeksiyasi rahbariyatiga mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Yuqoridagilarga asosan, mazkur maqolada bayon qilingan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.