Xorazm viloyatida yagona milliy mehnat tizimi bo‘yicha seminar tashkil etildi
07.02.2020
Xabaringiz bor, joriy yilning sentyabr oyiga qadar mehnat daftarchalari va shartnomalarini to‘liq elektron shaklda yuritish belgilangan. Mazkur masalani uzil-kesil, sifatli amalga oshirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan joylarda seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Shu kabi tadbir Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning barcha maktablarining kadrlar bilan ishlash bo‘limi mas'ullari ishtirok etishdi.
Unda mazkur tizimni yuritish yuzasidan tushuntirishlar berildi, shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.