Xorazm viloyatida kasbga o‘qitish soatlari tashkil etildi
06.02.2020
Mehnat bozoriga endigina kirib kelayotgan maktab bitiruvchilarini kasbga tayyorlash va ularga o‘z yo‘lini topishida har tomonlama ko‘mak berish maqsadida respublikamiz bo‘ylab kasbga yo‘naltirish soatlari tashkil etilmoqda.
Shunday tadbirlar Xorazm viloyatining Urganch shahri va tumani maktablarida ham o‘tkazildi.
Bandlik Bosh boshqarmasi tomonidan olib borilgan mazkur darslarda o‘quvchilarga Vazirlik tasarrufidagi kasb-hunarga o‘qitish markazlari, to‘g‘ri kasb tanlashning ahamiyati, mehnat bozorining ayni holati va talab yuqori bo‘lgan kasblar haqida ma'lumotlar berildi.