“Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligining ayrim ixtiyoriy majburiy o‘yinlaridan aziyat chekyapmiz” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

05.10.2021

Ijtimoiy tarmoqda “Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligining ayrim ixtiyoriy majburiy o‘yinlaridan aziyat chekyapmiz” mazmunidagi xabar https://t.me/XBUZ1/14854 bo‘yicha Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Mazkur holat yuzasidan tuman va shahar tibbiyot birlashmalari boshliqlari hamda xodimlaridan tushuntirish xatlari olinib, konsert uchun bilet sotish bo‘yicha topshiriq bo‘lmagani, hech bir xodimga bilet sotilmagani yoki bilet uchun xodimlarning oylik ish haqidan pul ushlab qolinmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, o‘rganish davomida viloyat, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari boshliqlariga mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Yuqoridagilarga asosan, mazkur maqolada bayon qilingan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.