Xorazm viloyati Hazorasp tumanida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi

14.12.2020

Xorazm viloyati Hazorasp tumanida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, tuman hokimligi va sektor rahbarlari hamkorligida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, shuningdek, harbiy xizmatdan qaytgan, aliment to‘lovchi va undiruvchilarning bandligini ta'minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda 30 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud 191 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Yarmarka doirasida 281 nafar ishsiz fuqarolar qatnashgan bo‘lsa, ularning 69 nafari doimiy ishga, 25 nafar "Temir daftar" ro‘yxatida turgan aholi qiziqishiga qarab kasb-hunarga o‘qish uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, tadbirkorlik ishtiyoqidagi 2 nafar fuqaroga subsidiyalar ajratildi.

Bundan tashqari xorijda ishlash istagini bildirgan 20 nafar ishsiz fuqaroga kasb va til o‘rganishi uchun o‘quv markazlariga yo‘llanmalar berildi. Yarmarka ishtirokchilarining 165 nafariga mehnat sohasiga oid huquqiy maslahatlar berildi.