Xorazm viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o'rganish o'tkazildi.

30.07.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmda fuqarolarning konstitutsion huquqi buzilishi tabiiy xolmi deymanda?” nomli tarqalgan xabar yuzasidan Xorazm viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o'rganish o'tkazildi.

Unga ko'ra Xorazm viloyat Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'ining joriy yil 8-iyuldagi 01-262-sonli xatida, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar, ayollar hamda yoshlarning farzandlarini ro’yxatini shakllantirish bo’yicha berilgan topshirig’i shu kuni tuman (shahar) bo’limlari tomonidan bajarilib yakunlanganligi, 09-12 iyul kunlari xodimlar ishga jalb qilinmaganligi aniqlandi.