Xorazm viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi
27.07.2021
Ijtimoiy tarmoqlarda https://www.instagram.com/p/CRYc5Hbs6ig/ "Yantex Invest" MChJdagi 400 nafarga yaqin ishchilarga 3 oydan buyon oylik maoshlari berilmayotganligi to‘g‘risida tarqalgan xabar yuzasidan Xorazm viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.
O‘rganish davomida ushbu muassasada 2021 yil 1 iyul sanasi holatiga ko‘ra, 279 nafar doimiy ishchilar faoliyat yuritishi va bugungi kunda korxonaning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan qarzi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.