Xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi

23.10.2019

Kuni-kecha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha Adliya vazirligi mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash va kelishish tartibi, shuningdek, mehnat qonunchiligi xususida huquqiy maslahatlar berildi.

Ад 1

Ад 2

Ад 3

Ад 3