“Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat
28.02.2022
Ijtimoiy tarmoqda chiqqan “Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi” mazmunidagi xabarni https://t.me/elmurodblog/10848 Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi oʻrgandi.
Aniqlanishicha, bank xodimlari hokim yordamchilari tomonidan o‘zining xizmat vazifasiga kirmaydigan boshqa ishlarga jalb qilinmagan hamda ularga biriktirilmaganligi maʼlum bo‘ldi.
Shu sababli, postda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmadi.