XALQCHIL MEHNAT KODEKSI MA'QULLANDI! Yangi Mehnat kodeksining qanday afzalliklari bor?

17.03.2022

 Nozim Xusanov: "O'zingizga ma'lum oldinlari ishga kirish uchun bir nechta idoralardan hujjatlar so'ralar edi, endi bunday bo'lmaydi, ortiqcha qog'ozbozlik yo'q bo'ldi!"

#Yangi_Mehnat_kodeksi_Savol_javoblar

Senator Dilorom Toshmuhamedova : "Kodeksda sinov muddati bilan bog'liq ishdan bo'shatish jarayonlari ham o'rin olganmi?"

Nozim Xusanov: "Ish beruvchi tomonidan ma'lum bir hujjat rasmiylashtirilishi belgilab o'tildi"

#Yangi_Mehnat_kodeksi_Savol_javoblar

Senator Dilbar Azizova: - "Intizomiy jazo turlari - "xayfsan", "jarima" "mehnat shartnomasini bekor qilish" belgilangan edi. Bu esa ish beruvchiga cheklanmagan huquqlarni berardi natijada xodimga nohaq jazo qo'llanilar edi. Yangi kodeksda bu masalalar qanday yechim topdi".

Nozim Xusanov: - "Yangi normada ilk bor xizmat tekshiruvi belgilandi, ya'ni ish beruvchi tomonidan e'tiroz bildirilsa, buyruq bilan xizmat tekshiruvi o'tkaziladi".